1. munosabat shakllari qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A ismlarning egalik shakli


Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gap



Download 407,5 Kb.
bet12/15
Sana23.04.2022
Hajmi407,5 Kb.
#577953
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5251241489576495507

Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gap
1.Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun qanday tinish belgilaridan foydalaniladi?
A) vergul
B) Vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul
C) Vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul
D) Vergul, tire, qavs, ikki nuqta
2.Qo`shma gap qismlari orasida izohlanish munosabati ifodalanganda ular orasiga qanday tinish belgisi qo`yiladi?
A) Vergul B) Ikki nuqta
C) tire D) nuqta
3. Suv keldi//nur keldi. Ushbu qo`shma gap qismlari orasiga qanday tinish belgisi qo`yilishi kerak?
A) Ikki nuqta B) Vergul
C) Tire D) Chiziqcha
4. Qiz uni ushlab qolgani urindi, juda qiynalib ketdi// qo`llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi… Mazkur gapda // belgisi o`rniga qanday tinish belgisi qo`yiladi?
A) Ikki nuqta B) Vergul C) Tire
D) Hech qanday tinish belgisi qo`yilmaydi.
5. Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. Ushbu gapda nima uchun ikki nuqta ishlatilgan?
A) Bu yerda ikki nuqta noo`rin qo`llangan.
B) She`riy satr bo`lgani uchun.
C) Qo`shma gap qismlari orasida izohlanish munosabati borligi uchun.
D) To`g`ri javob berilmagan.
6. Qanday munosabatlar bog`lovchisiz, bog`langan va ergash gapli qo`shma gaplarda ham ifodalanishi mumkin?
A) Zidlik B) Sabab
C) Shart va payt D) A,B,C
7. Qaysi javobda bog`lovchisiz qo`shma gapning manodoshi ergash gapli qo`shma gap bilan ifodalangan?
A) Qor yog`di – don yog`di. Qor yog`di, go`yo don yog`di.
B) Qor yog`di – don yog`di. Qor yog`di-yu don yog`di.
C) Qor yog`di - don yog`di. Qor donga o`xshab yog`di.
D) Barcha javoblar to`g`ri
8. Bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ilmsiz kishi iliksiz so`ngak kabi bo`shdir, iliksiz so`ngakka qo`l urilmaydi.
B) Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi.
C) Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtni kesib yondirgin.
D) Ayirilganni ayiq yer, lekin bo`linganni bo`ri yer.
9. Qaysi qatrda qo`shma gap berilmagan?
A) Har kimga ozor bera ko`rma, dunyo barchaga barobardir.
B) Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og`ziga qaraydi.
C) Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo`ynida uxlab yotadi.
D) Dunyo go`zal va unda ko`rkam joylar ko`p.
10. Qaysi qo`shma gap qisimlari orasiga ikki nuqta qo`yilishi kerak?
A) Kuchli odamlar hamisha oddiy bo`ladi
B) Yog`och polvon o`sha polvonni charxpalak qilib yerga urdi-yu yuzi yorug` bo`ldi.
C) Borliq jim har bitta darchada zangor shu`lalar porlaydi.
D) Bolalik inson hayotining shunday poydevoriki, umr binosinining keyingi bo`y-basti, salobati unga bog`liq bo`ladi.
11. Qaysi qatorda soda gap berilgan?
A) Jaloliddin Mangu berdi mo`g`ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G`arbda dong taratdi.
B) Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi.
C) Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin, Amir Temur, Husyin Boyqaro va Bobur faoliyatida davlat tafakkuri ustunlik qilgan bo`lsa, Ulug`bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchi edi.
D) Mutafakkir so`zining o`zagi ham fikrdir, lekin har bir fikr yurtiga oladigan kishiga nisbatan mutafakkir so`zini qo`llab bo`lmaydi.
12. Qo`shma gap qismlari ko`makchili qurilmalar yordamida bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) O`zingga do`st tanla, chunki bir o`zing baxtli bo`lolmaysan.
B) Adab kishilarning mehrini ulug`lark o`ngliga soladi va u mehr kattalar ko`nglida abadiy qoladi.
C) Yurakda orzum qat-qat, ko`nglim etadi parvoz.
D) Tog`larning baland cho`qqilarida atmosfera bosimi yuqori bo`ladi, shuning uchun u yerda insonning nafas olishi og`irlashadi.
13. Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim,
Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang, xalq bo`l, elim! Mazkur qo`shma gap tarkibida nechta soda gap bor?
A) 4 B) 3 C) 5 D) To`g`ri javob yo`q.
14. Ayiruv bog`lovchilari yordamida bog`langan ergash gapli qo`shma gapni aniqlang..
A) Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she`r to`qiyman men.
B) Qizig`I shundaki, shu ko`rinishiga ovozi muloyim edi.
C) Kimki o`zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo`lsa, demak, u haqiqiy mo`mindir.
D) To`g`ri javob berilmagan.
15. Nisbiy so`zlar vositasida qismlari bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog`ingiz darkor.
B) Qalandarov yugurdagini “Eshon hoy!” deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand bo`lgan bo`lsa, hujrani ko`rib shunchalik ta`bi tirriq bo`ldi.
C) Kimning ko`ngli to`g`rib o`lsa, uning o`zi ham to`g`rib o`ladi.
D) Barcha javoblar to`g`ri
16. Ergash gap bosh gapga deb so`zi yordamida bog`langanda ergash gapning kesimi qanday shaklda bo`ladi?
A) Shart mayli shaklida
B) II shaxs buyruq mayli shaklida
C) III shaxs buyruq mayli shaklida
D) To`g`ri javob yo`q
17. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. Mazkur ergash gapli qo`shma gap qismlari o`zaro qanday vositalar yordamida birikkan?
A) Ohang vositasida
B) Biriktiruv bog`lovchi vositasida
C) Ergashtiruvchi bog`lovchi vositasida
D) Ko`makchili qurilma vositasida
18. Bog`lovchisiz qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Kuchli odam hamisha oddiy bo`ladi.
B) Kishida odob bo`lsa, ilm ham bo`lishi lozim.
C) Misralarda so`zlar gavhar kabi yonadi, go`yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
D) To`rt mashina o`g`it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin.
19. Kuz keldi// yig`im-terim ishlari boshlandi. Mazkur qo`shma gap qismlari orasiga qanday tinish belgisi qo`yilishi kerak?
A) Tire B) Vergul
C) Ikki nuqta D) Tinish belgisi qo`yilmaydi.
20. Zidlov bog`lovchisi yordamida bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bir oycha fizika, matematika fanlarini o`qidi, ammo xayoli boshqa yoqda bo`lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi.
B) Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog`lab turardi.
C) Oy yoritadi, lekin isitmaydi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
21. Hol ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Odam umrining lazzati- farzand, lekin noqobil farzand ota-onaning umrini qisqartiradi.
B) O`tgan ota-bobolarimizning xulosasi shuki, shirin so`z odamlarning qalbini bog`lovchi zanjirdir.
C) Kimki rostgo`y, samimiy bo`lsa, u el o`rtasida qadr topadi.
D) Oyna opa xatni oxirigacha o`qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.
22. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.Mazkur gap ergash gapli qo`shma gapning qaysi turiga mansub?
A) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap.
B) Ega ergash gapli qo`shma gap
C) Kesim ergash gapli qo`shma gap
D) Hol ergash gapli qo`shma gap.
23. To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan yaqinroq kimsa yo`q.
B) Tolem shuki, jahonda bir guliston tanladim.
C) Buning natijasi shu bo`ldiki, To`laganning qanshariga musht tushdi.
D) Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo`lmaydi.
24. Quyidagilardan qaysi biri so`z birikmasi emas?
A) Javob bermoq B) Chiroyli so`zlamoq
C) Ohista gapirmoq. D) Barcha javoblarda so`z birikmasi berilgan.
25. Boshqaruvli birikmada hokim so`z bilan tobe so`z o`zaro qanday gramatik vositada birikaolmaydi?
A) Ko`makchi vositasida B) Qaratqich kelishigi vositasida C) Tushum kelishigi vositasida D) Jo`nalish kelishigi vositasida
26. Vaziyat holi fe`l keismga qaysi usulda birikadi?
A) Boshqaruv B) Bitishuv C) Moslashuv
D) Vaziyat holi fe`l kesimga bog`lanmaydi.
27. Qaysi javobda turg`un birikma berilgan?
A) Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi.
B) Shifokor dorini bolaning qulog`iga quydi.
C) Anhor bo`yidagi hovlilarning ochiq eshiklaridan ozoda supalar, sadarayhon, nomozshomgullar ko`rindi.
D) Qo`rsligi, bema`ni gaplari, axir uning boshiga yetdi.
28. Hol ko`proq qaysi gap bo`lagiga bog`lanadi?
A) Egaga B) Kesimga C) To`ldiruvchiga
D) Aniqlovchiga
29. Payt holi qo`llangan gapni toping.
A) Ota yuz-qo`llarini yuvgandan so`ng sal nariga borib … o`tirdi.
B) Tevarakda gala-gala chumchuqlar to`xtovsiz chirqillashadi.
C) U o`ychan ko`zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi.
D) Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig`laganicha nargi uyga kirib ketdi.
30 Murakkab hol berilgan javobni belgilang.
A) Urush boshlanganda u hali ko`krakdan ajralmagan go`dak edi.
B) Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
C) Shodmonbek zarbdan ko`zi tinib hushdan ketdi.
D) Barcha javoblarda murakkab hol berilgan.
31.Kutubxonachi yangi kitoblardan gapira boshladi. Ushbu gapdagi chiqish kelishigidagi so`z qaysi gap bo`lagi vazifasida kelgan?
A) Ega B) To`ldiruvchi C) Hol D) Kesim
32. Uyishiq kesimli gap qaysi qatorda berilgan?
A) Hamma chuqur xo`rsindi, Anoraxon piq-piq yig`ladi.
B) Tig` yarasi tuzaladi, lekin til yarasi tuzalmaydi.
C) Abdulla Qahhorning ijodi xalq hayoti bilan birga ko`tarilib, birga ulg`aydi.
D) Bog`da bodamlar, o`riklar va shaftolilar gulladi.
33. Qaysi gap tarkibida kiritma qo`llangan?
A) Turg`unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi, so`nggilari esa uni vahimaga soldi.
B) Qirlardagi lolalar va tog` etaklaridagi binafshalar kishiga huzur bag`ishlaydi.
C) Chindan ham, mashina dehqonning og`irini yengil qiladigan zabardast kuchga aylandi.
D) Muhtaram Umidaxon, sizni tug`ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman.
34. Ergashtiruvchi bog`lovchili ergashgan qo`shma gap berilgan qatorni toping.
A) Misralarda so`zlar gavhar kabi yonadi, go`yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
B) Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin.
C) Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog` to`nlar berar!
D) Barcha javoblar to`g`ri.
35. Yana ikki ko`z ham berdim, yov kelganda, ko`rsin deb. Mazkur gap haqidagi to`g`ri hukmni toping.
A) Sodda yoyiq gap B) Bog`langan qo`shma gap C) Ergashgan qo`shma ga
D) Bog`lovchisiz qo`shma gap.
36. Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro`yi baland bo`ladi. Mazkur qo`shma gap qanday ergash gap?
A) Ega ergash gapli qo`shma gap
B) Kesim ergash gapli qo`shma gap.
C) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap.
D) Hol ergash gapli qo`shma gap.

1.Murakkab qo`shma gaplar necha guruhga bo`linadi?


A) 3 B) 4 C) 5 D)2
2. Bir necha ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni toping.
A) Reja bajarilsa, dasturxon mo`l bo`lsa, yor-u do`st, birodarlar qalin bo`lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi.
B) O`zbek yoshlarining peshanasi shuning uchun ham yorug`, iqboli balandki, ularning O`zbekistondek jannatmonand yurti bor.
C) G`anim kelsa, xonumoni kul bo`lur, o`z yurtida pachaqlash ma`qul bo`lur.
D) Barcha javoblar t`g`ri.
3. Boshimda tegirmon toshi yurgizishsinlar, etimni nishtalar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman. Mazkur gap tarkibida nechta sodda gap bor?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1
4. Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo`lsin, turmushimiz farovon bo`lsin, mustaqilligimiz barqaror bo`lsin. Mazkur gap murakkab qo`shma gapning qaysi turi?
A) Bir necha bosh gapli qo`shma gap.
B) Bir necha ergash gapli qo`shma gap.
C) Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap.
D) Aralash murakkab qo`shma gap.
5. Qaysi qatorda bir necha ergash gapli qo`shma gap berylmagan?
A) Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo`lsa, har kim o`z huquqini tanisa va o`zini-o`zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo`lamiz.
B) Reja bajarilsa, dasturxon mo`l bo`lsa, yor-u do`st, birodarlar qalin bo`lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi.
C) Kimning bilagida kuchi bo`lsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa, o`sha zarbdor bo`ladi.
D) Bu gap kutilmagan bo`lsa ham, Mirhamidxo`janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho`qqi soqoli xiyol titradi.

6. Qaysi qatorda bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap berilmagan?


A) Tol ekdik suv bo`yiga, Soya-salqin bo`lsin deb, G`ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb.
B) Boshimda o`ynar qamchilar, qon ko`zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa.
C) Qo`shnilaring ko`nsa, hammalaring yerlaringni qo`shib yaxlit qilinglar, bir kunda haydatiob beraman.
D) Butun dunyoga ma`lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
7. Aralsh murakkab qo`shma gap berilgan javobni aniqlang.
A) Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi.
B) Kimki tez-tez dalalarga chiqib tursa, bahri-dili ochiladi, tanasiga quvvat yuguradi.
C) Kimdir mendan zulum emas, mehr topa olsa, bu – mening eng katta yutug`imdir, insonlarga tekkan eng katta foydamdir.
D) Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog`ligi yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi.
8. Murakkab qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shu narsa ayonki, hamma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e`tabor qozonmaydi.
B) Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin.
C) Shunga xursandmizki, bolalar o`z yo`lini topib ketishdi.
D) Kimning aqli ko`p bo`lsa, ayiblari yashirin va do`stlari ko`p bo`ladi.
9. Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo`q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi. Mazkur gap murakkab qo`shma gapning qaysi turi?
A) Aralsh murakkab qo`shma gap.
B) Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap.
C) Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap
D) Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap.
10. Aralash murakkab qo`shma gapni aniqlang.
A) Qiz avval qo`rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so`zlashib turganin emas, boqqa tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi – bu xususida otasining qamchisidan qon tomar edi; keyin yangi bir olmaga kirib, otasining qamchisini ham, jingul ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi.
B) O`zbekistonning kurashi hamisha halol, Unda yo`qdir g`irrom, yo`qdir yomonlik
C) Doimo do`stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do`stlik, omonlik.
D) London unversiteti qoshidagi kollej olimlari shuni aniqladilarki, biron-bir tilni bilish nafaqat miya to`qimalarini harakatga keltiradi, balki uning tuzilishini ham o`zgartiradi.
11. Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Avliyolar bosgan tuproq aziz derlar, Qat-qatidan chiqaverar ekan sirlar, Har tuproqdan har kun o`tmas axir pirlar, ko`nglimni hayrat tiklar, Temur bobo.
B) Har kimning zari bo`lmasa-da, ammo hunari bo`lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo`lmaydi, shuninmg uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog`I lozim.
C) Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko`zlari dumaloq shakl olgan edi.
D) Esida bor: otasi bilan mana shu o`rindiqqa o`tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketdi-yu, nevara qo`rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko`zlarini yumib oldi.
12. Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gapni aniqlang.
A) She`r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.
B) Shirinsuxanlik shunday boylikki, u senga obro` keltiradi, u orqali bitmnagan ishlaring bitadi, do`stlaring ko`payadi.
C) Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordamchilik qilasan.
D) To`g`ri javob berilmagan.
13. Quyidagi murakkab qo`shma gapning turini aniqlang. Shunday bo`lmog`iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o`sib-ulg`aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo`lday ayon edi.
A) Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap.
B) Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap.
C) Aralash murakkab qo`shma gap
D) Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap.
14. Aralash murakkab qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) To`g`risi shuki keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi, doim bu oqil odamga munosib bo`lishga tirishar edi.
B) Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruvvatini ayamasa, e`tabor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag`ishlaydi.
C) Shuni unutmanki, sen yer farzandisan va yerni ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir.
D) Kimning qalbi pok bo`lsa, uning ishlari o`z-o`zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madodkor bo`ladi.
15. Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Kimki umid bilan daraxt o`tqizsa, bir kuni kelib bu daraxt shig`il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog`diradi.
B) Ko`lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumbirladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o`rdak ko`rindi.
C) Dunyo bilar mehnatsiz damimiz yo`q, Erkinlikdan balandroq bir g`amimiz yo`q, Eshitsinlar, hech kimsadan kamimiz yo`q, Sizdan qolgan zuryodimiz mard, yovqur, bobo.
D) Keyinroq ham ko`zimiz tushib turadi, biroq endi u shunday bir yuksaklikka va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kengliklar bizga o`xshash jo`n odamlarning shuuriga sig`masdi.
16. Bir necha ergash gapli qo`shma gapni toping.
A) Shuni ta`kidlash lozimki, miyada jismoniy harakat yuzaga keladi, mushakchalar bilan boyitib boradi.
B) Butun dunyoga ma`lumki, siz ham shuni unutmanki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
C) Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog`ligi yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetiklshadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
17.Murakkab qo`shma gap qaysi qatorda berilgan.
A) Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman.
B) O`zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug`, iqboli balandki, ularning O`zbekistondek jannatmonand yurti bor.
C) Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
18. Bir necha bosh gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi.
B) Shu narsa ayonki, hamma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e`tabor qozonmaydi.
C) Ko`lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumbirladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o`rdak ko`rindi.
D) To`g`ri javob yo`q.
19. Umr o`tar, vaqt o`tar, Xonlar o`tar, taxt o`tar, Omad o`tar, baxt o`tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan, Sening yurishlaring, sening kulishlaring. (Omon Matjon) Mazkur qo`shma gapning turini aniqlang.
A) Aralash murakkab qo`shma gap.
B) Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap.
C) Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap.
D) Bir necha ergash gapli qo`shma gap.
20. Ajratilgan bo`lakli gap qaysi qatorda berilgan?
A) O`zidan yaxshi xotirot qoldirgan inson o`lgandan keyin ham izzat ikromga, xotirlab turishga loyiq.
B) Farzandlarimizga til, kasb o`rgatishning payida bo`laylik.
C) Nabiram – Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti.
D) Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo`lishini istasa, birlashmog`I, uyishmog`I va haqiqat uchun kurashmog`I kerak.
21. Uyishiq qaratqich aniqlovchi bor gapni toping.
A) Vatanning kun sayin obod bo`layotgani, yangi yo`llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda.
B) Har biro damning do`stlari oldida burch va ma`suliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do`stlari uning do`stligini e`tirof etmaydilar, tan olmaydilar.
C) Yigit-qizlarimiz O`zbekistonning, insoniyatning bolasi bo`lsa, hamma faxrlanadi.
D) Endi sizlar – aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari yo`lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang, ongimizni boyiting.
22. Undalmali gap qaysi qatorda berilgan?
A) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldinmi? Kel, o`g`lim ovqating sovib qoldi.
B) Axir, oriyat o`zbekning vijdoni emasmi?
C) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi.
D) A,C
23. Kiritmali gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Umuman, odam bolasi tug`ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi.
B) Xullas, qars ikki qo`ldan chiqadi.
C) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog`ing tabarruk.
D) Kuchli shovqun nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o`quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi.
24. Sodda gap qaysi qatorda berilgan?
A) Odamning turli fe`l-atvorili do`stlari bo`ladi, hammasi bilan fe`liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur.
B) Haqiqiy do`stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi.
C) G`ayratlining yuragi qaynar, G`ayratsizning yuragi `ynar.
D) Omon laganning tagini non surkab yalab turganda, ko`cha-kuyni to`ldirib, ayqirib-chayqirib besh kishi kirib keldi.
25. Qo`shma gap qismlari o`zaro nisbiy so`zlar bilan bog`lansa qo`shma gapning qaysi turi hosil bo`ladi?
A) Bog`langan qo`shma gap.
B) Ergashgan qo`shma gap
C) Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap.
D) To`g`ri javob yo`q.
26. Bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shu onda chiroq o`chdi va birdaniga o`q uzildi.
B) Mana, sen kelding-u, bo`ldim xayolkash
C) Uning so`zlari jonli chiqdi-yu, lekin savollar shoshirib qo`ydi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
27. Bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lashda biriktiruv bog`lovchilari vazifasini yana qanday bajara oladi?
A) Nisbiy so`zlar
B) esa, bo`lsa, deb
C) –u, -yu, -da yuklamalalari
D) Ko`makchili qurilmalar
28. Ayiruv bog`lovchisi yordamida bireikkan ergashgan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she`r to`qiyman men.
B) U kim bo`lsa bo`lsin, men esa arxitektor bo`laman.
C) Kamtar bo`l, chunki kamtarlik insonni kamolatga boshlaydi.
D) To`g`ri javob berilmagan.
29. Quyidagi qo`shma gap qismlari qanday vosita yordamida birikkan? Hunar ado bo`lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog`ingdan boshlab biron-bir hunarni o`rganish payida bo`l.
A) Ergashtiruvchi bog`lovchi
B) Teng bog`lovchi
C) Bog`lovchi vazifasidagi vosita
D) Sabab bog`lovchisi
30. Qayisi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelmagan?
A) Erta eksang, erta o`rasan.
B) Vatanimizning kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotgan aholining katta qismini yoshlar tashkil etadi.
C) Tilt inch bo`lsa, bosh salomat bo`ladi.
D) Quyosh va tog`da qushlarning xush navosi boshlandi.
31. Ergash gap qismlari yuklama yordamida birikkan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ba`zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba`zilar podalari izidan cho`lga qarab ketdilar.
B) Termometr hamshiraning qo`lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi.
C) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
32. Ergash gapli qo`shma gapning turini aniqlang. Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi.
A) To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap.
B) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap.
C) Kesim ergash gapli qo`shma gap.
D) To`g`ri javob yo`q.
33. To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Kimki ilm urug`ini sepsa, u ulug`lik mevasini teradi.
B) Ko`ziga nima ko`rinsa, shu uni qiziqtira boshladi.
C) Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.
D) Katta arava qaysi yo`ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo`ldan yuradi.
34. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida o`xshashlik, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalanganda, ular orasiga qanday tinish belgi qo`yiladi?
A) Tire
B) Ikki nuqta
C) Vergul
D) Tinish belgi qo`yil maydi.
35. Yana uvlar dahshat shamoli// Ko`kni qora bulut quchadi. Ushbu bog`lovchisiz qo`shma gapda // belgisi o`rniga qanday tinish belgi qo`yiladi?
A) Tire
B) Ikki nuqta
C) Vergul
D) Nuqta
36. Ona – u, bag`rida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir – hayot qo`shig`I, Ayol omon bo`lsa, dunyo go`zaldir. Mazkur qo`shmgapning turini aniqlang.
A) Ergashgan qo`shma gap
B) Aralash murakkab qo`shma gap.
C) Qismlari uyishgan murakkab qo`shma gap
D) Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap.


  1. Download 407,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish