O’zgalar nutqini ifodalash usullari
1. Ko'chirma gapli qo'shma gaplarda tinish belgilari to'g'ri qo'llangan shartli belgili javobni toping.
A) M: "Kn. M:"K"? M:"K"!
B) "K -M, -K"
C) "K", -M. "K?"-M. "K!"-M.
D) barcha javoblardagi modellar to'g'ri
2. Ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gapga aylantirishda ko'chirma gap tarkibidagi undalma qay shaklda bo'ladi?
A) undalma tushirib qoldiriladi
B) chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga aylantiriladi
C) qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi
D) tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga aylantiriladi
3. "Qizim, umring uzoq bo'lsin", — dedi yo'lovchi.
Qaysi qatorda mazkur ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga to'g'ri aylantiriigan?
A) Yo'lovchi qizga umri uzoq bo'lishini tiladi.
B) Yo'lovchi qizga umri uzoq bo'lishini aytdi.
C) Yo'lovchi: "Umring uzoq bo'lsin, qizim", — dedi.
D) Yo'lovchi qizga umrining uzoq ekanini uqtirdi.
4. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko'chirma gap tarkibidagi undov so'zlar qanday bo'lakka aylanadi?
A) chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga
B) undov so'zlar tushirib qoldiriladi
C) o'zlashtirma gapning egasiga
D) tushum kelishigidagi to'ldiruvchiga
5. Darak gap shaklidagi ko'chirma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda darak gap egasi qanday shaklda bo'ladi?
A) ega tushirib qoldiriladi
B) qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi
C) o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi
D) sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga alantiriladi
6. Ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko'chirma gap egasi qanday bo'lak vazifasida keladi?
A) ega B) to'ldiruvchi
C) qaratqich aniqlovchi D) kesim
7. Berilgan ko'chirma gapli qo'shma gaplarning qaysi birida ko'chirma gap qismi ega ergash gapli qo'shma gapga teng?
A) Shunda podshoh jahl bilan debdi: "Sen aytgan rost gapdan ko'ra uning yolg'oni menga ko'proq ma'qul tushdi, chunki uning yolg'oni xayrixohlik yuzasidan aytilgan edi".
B) Sofdil vazirlardan biri: "Ey podshohi olam, har kim g'azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o'tadi “, -debdi.
C) Ikkinchi vazir: "Bu asir podshohni haqorat qildi va sha'niga yomon gaplar aytdi", -debdi.
D) Kimki ilm urug'ini sepsa, u ulug'lik mevasini teradi.
8. Berilgan ko'chirma gapli qo'shma gaplaming qaysi birida ko'chirma gap qismi bog'langan qo'shma gapga teng?
A) Shunda podshoh jahl bilan debdi: "Sen aytgan rost gapdan ko'ra uning yolg'oni menga ko'proq ma'qul tushdi, chunki uning yolg'oni xayrixohlik yuzasidan aytilgan edi."
B) Sofdil vazirlardan biri: "Ey podshohi olam, har kim g'azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o'tadi ", - debdi.
C) Ikkinchi vazir: "Bu asir podshohni haqorat qildi va sha'niga yomon gaplar aytdi", - debdi.
D) Ro'paradagi tog'ning qora bag'ridan tutun ko'tarildi va u yerdan yo'tal tovushi eshitildi.
9. Berilgan ko'chirma gapli qo'shma gaplarning qaysi birida ko'chirma gap qismi sabab ergash gapli qo'shma gapga teng?
A) Shunda podshoh jahl bilan debdi: "Sen aytgan rost gapdan ko'ra uning yolg'oni menga ko'proq ma'qul tushdi, chunki uning yolg'oni xayrixohlik yuzasidan aytilgan edi."
B) Sofdil vazirlardan biri: "Ey podshohi olam, har kim glazabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o'tadi ", - debdi.
C) Ikkinchi vazir: "Bu asir podshohni haqorat qildi va sha'niga yomon gaplar aytdi", -debdi.
D) Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bunday rohatlar bergay.
10. Darak gap shaklidagi ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko'chirma gapning egasi qanday bo'lakka aylantiriladi?
A) to'ldiruvchiga
B) qaratqich aniqlovchiga
C) o'zlashtirma gap egasiga
D) o'zlashtirma gap kesimiga
Do'stlaringiz bilan baham: |