1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari. Moliyaviy oqimlarni boshqarish


 Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari



Download 166,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.07.2022
Hajmi166,67 Kb.
#747072
1   2   3   4
Bog'liq
4 mavzu

2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari 
 
Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy 
boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
Prezident va Prezident devoni; 
Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har 
ikki palatasining tegishli qo’mitalari;
Vazirlar Mahkamasi;
Hisob palatasi;
Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, G’aznachilik tizimi 
organlari;
Markaziy bank;
Davlat soliq qo’mitasi;
Davlat bojxona qo’mitasi;
Nobyudjet fondlarning ijroiya direktsiyalari va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimining faoliyatini 
reglamentatsiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament 
tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo’yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, 
nosoliqli to’lovlarni belgilaydi (o’rnatadi), Davlat byudjetini ko’rib chiqadi va 
tasdiqlaydi, shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ham 
tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul 
qiladi. Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) 
darajasini belgilash (o’rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi 
Davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi 
sifatida maydonda gavdalanadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy 
boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
hajmi va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha Davlat byudjeti va nobyudjet 
fondlari daromadlar va xarajatlarining o’z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni 
tashkil qilish va amalga oshirish;
davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga 
muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
Davlat byudjeti va nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga 
ta’sir ko’rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini 
ko’zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini 
moliyaviy ekspertiza qilish;
Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining 
natijalari to’g’risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy 
ravishda ma’lumotlarni taqdim etish va boshqalar.


Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning 
joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, 
soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash; 
byudjet mablag’lari va nobyudjet fondlar mablag’larining oqilona va maqsadli 
ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni 
rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko’rish;
mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni 
ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko’rish;
mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlariga moliyaviy 
resurslarni kontsentratsiya qilish (to’plash);
Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiya-lashtirilgan) byudjetning ijrosi 
haqida hisobotni tayyorlash;
davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va 
tashqi qarzlarini boshqarish;
uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining 
sotsial-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish;
iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, 
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning 
manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-
kitoblar va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda 
ishtirok etish;
faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan 
choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot 
byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;
moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik 
(uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi 
bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to’xtatib 
qo’yish;
va boshqalar.
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh 
boshqarmalar va boshqarmalar bo’lishi mumkin:
davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi;


 nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
investitsiyalar boshqarmasi;
iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliya-viy hamda narx orqali 
tartibga solish boshqarmasi;
boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi; 
soliq siyosati boshqarmasi;
buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui moliyasi 
boshqarmasi;
mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish 
boshqarmasi va boshqalar.
Moliya vazirligining muhim bo’linmasi G’aznachilik tizimi bo’lib, u davlat 
byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita 
daxldor bo’lgan G’aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar 
kiradi:
mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
kassaning yagonaligi printsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob 
varaqlarida bo’lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;
davlat nobyudjet fondlarining moliyaviy ijrosini ta’minlash;
davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni 
operativ boshqarish;
Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish 
va unga xizmat qilish (ko’rsatish);
byudjet bo’yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to’g’risida va 
shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli to’g’risida qonunchilik va ijroiya 
organlariga hisobotni taqdim etish;
va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi 
bo’lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o’ynab, u Xazinachilik 
tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa 
kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari ham 
muhim rol o’ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlarning to’g’ri 
hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi 
ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga 
oid Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar, yig’imlar va to’lovlarning to’g’ri 
hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi masalalari bo’yicha moliyaviy 
qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
soliq to’lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;


 moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa to’lovlarning haqiqatdagi 
tushumlari to’g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish; 
ortiqcha to’langan soliq summalarini va soliq to’lovchilardan noto’g’ri undirilgan 
jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
va boshqalar.
Davlat bojxona qo’mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv 
tizimida o’ziga xos bo’lgan o’ringa ega. Ular bojxona bojlarining o’z vaqtida 
tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning 
zimmasiga yuklatilgan:
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo’yicha soliq tekshiruvlarini 
amalga oshirish;
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vato’lash bilan 
bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish;
soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to’liq rioya qilmaganligi uchun soliq 
to’lovchilarning bankdagi operatsiyalarini to’xtatib turish;
soliq qonunchiligida ko’zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish va 
boshqalardir.

Download 166,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish