Moliya siyosati quyidagi vazifalarni bajaradi:
birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim;
ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish.
Moliya siyosatining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o‘tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi xissasini to‘g‘ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo‘llari bilan bajariladi;
uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.
Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim.
Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo‘shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo‘lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo‘lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv baholash mumkin.
Moliya siyosatini asosiy yo‘nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o‘zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
1. Respublika davlat budjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish.
2. Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish maqsadlarini ko‘zlab yo‘naltirishni ta’minlash.
3. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko‘tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda ularga soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish, maqsadli fondlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
4. Ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muxtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish.
5. Soliq siyosatini takomillashtirish:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo, tibbiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurs soliqlari, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish.
7. Muayyan budjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish.
8. Davlat budjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish, mahalliy budjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash.
9. Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Xulosa
Ushbu jarayonlar orasida muallif iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirishni ta'kidlaydi, uning yangi iqtisodiy sharoitlarga moslashish strategiyasi bozor kuchlarining harakatlariga ko'proq erkinlik berish, ularning ustidan muayyan nazoratni saqlab qolish, bu ularning harakatlarining eng halokatli oqibatlarini oldini olish yoki yumshatish imkonini beradi.
Ushbu jarayonlarning ta'siri ostida, kurs siyosati, ichki iqtisodiy siyosatning deyarli barcha navlari bilan o'zaro munosabatlarining kuchayishi natijasida, davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim elementlaridan biri bo'lib, uning maqsadi davlatning tashqi iqtisodiy mavqeini barqarorlashtirishdan iborat bo'lib, birinchi navbatda, mamlakat to'lov balansining muvozanati va milliy valyuta kursining barqarorligi.
O’zbekiston uchun, keng ko'lamli valyuta bozorini shakllantirish va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiya yo'lida chuqur iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish jarayonida bo'lgan, muntazam ravishda iqtisodiy va siyosiy g'alayonlar boshdan esa, milliy iqtisodiyotning valyuta sohasini tartibga solish muammolari alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida ustqurma kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir.
Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi.
Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.
Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |