4. O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorining hozirgi rivojlanish tendensiyasi
Budjet va pul-kredit siyosati. Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil budjet va pul-kredit siyosati ajratib ko‘rsatiladi.
Budjet siyosatideganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi:
davlat budjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini;
budjet xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlarini;
budjetning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan balanslashmaslik chegaralarini;
budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini;
budjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tamoyillarini.
O‘z navbatida, budjet siyosati tarkibida soliq siyosati, investitsion siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, budjet yaxlitligi siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Soliq siyosati soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq turi bo‘yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida soliq tizimini to‘laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga soluvchi yoki rag‘batlantiruvchi choralari o‘rnatiladi.
O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga hamda moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi1.
Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
1. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish hisobiga aholining turmush tarzini yuqoriga ko‘tarish.
2. Tadbirkorlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, mehnat va xizmatga bo‘lgan tashabbusini oshirish hamda ularni har tomonlama huquqiy kafolatlash.
3. Aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish (pensionerlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar).
4. Daromadi cheklangan xizmatchilarni (sog‘liqni saqlash, maorif, boshqaruv, mudofaa) ijtimoiy himoya qilish.
5. Yangi moliyaviy strategiya, rang-barang mulk shakllari, bozor munosabatlarini rivojlantirish, tovar va mahsulotlar bozorini, ish kuchi va kapital bozorlarini rivojlantirish.
6. Jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish, uni soliqqa tortish, moliyalashtirish va moliyaviy bozor uslublari orqali amalga oshirish.
7. Moliya tizimida iqtisodiy tanglik ko‘rsatkichlarini imkon qadar bartaraf etish (davlat budjeti kamomadi, emissiyaning joylarda ko‘payib borishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, ichki va tashqi qarzlarni borligi, tugallanmagan qurilishlarning mavjudligi), chunki iqtisodiy tanglik nisbatan davlat moliyasi bilan bir qatorda korxonalar moliyasida ham mavjud. Pul muomalasini tartibga solish. Milliy valyutaning ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash hisobiga so‘mning qadrini oshirish.
9. Iqtisodiyotni jahon andozalariga yetkazish maqsadida xorijiy investitsiyalarni kirib kelishini ta’minlash.
10. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirish.
11. Sug‘urta tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchaytirish.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati takomillashib bordi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan og‘ishmay bormoqda.
Moliya siyosatining muhim vazifasi - u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lash mumkin emas. Moliya siyosati - bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy yoki xalqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |