Xo’jalik yurituvchi subyektar moliyasini mohiyati va funksiyalari
Reja:
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
2. Moliyaning funksiyalari
3. Takror ishlab chiqarish va moliya
4. Moliya genezisi (taraqqiyoti)
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
О‘zining lо‘g‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” sо‘zi “daromad” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarni anglatadi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (subyektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar “moliya” tushunchasi orqali ifodalangan.
Moliya tarixiy kategoriya sifatida jamiyatni sinflarga bо‘linishi va davlatlarning paydo bо‘lishi bilan vujudga keldi. Davlatlar jamiyatning siyosiy instituti sifatida yirik miqdordagi doimiy shakllanadigan moliyaviy resurslarga ehtiyojining paydo bо‘lishi moliyaviy munosabatlarning dastlabki primitiv shakllarini obyektiv ravishda yuzaga keltirdi.
Moliyaning shakllanishini dastlabki bosqichlaridagi moliyaviy munosabatlar turli natural kо‘rinishdagi tо‘lovlar va pul kо‘rinishdagi soliqlar shaklida davlat daromadlarini shakllantirishni ta’minlashga yо‘naltirildi. Mazkur moliyaviy munosabatlar tizimi qadimgi grek mutafakkirlari Ksenofontning (430-355 e.a. yillar) “Afina respublikasinng daromadlari” nomli kitobida va Aristotelning (382-322 e.a. yillar) “Afina davlati tuzilishi” nomli kitobida kо‘rib о‘tilgan. Hind mutafakkirlaridan Vashnaguptaning (321-297 e.a. yillar) “Siyosat haqidagi fan” nomli kitobida ham moliyaviy munosabatlarga tо‘xtalib о‘tilgan.
Tovar pul munosabatlarining rivojlanishi va davlatlarning paydo bо‘lishi takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bо‘ladigan iqtisodiy boylikni, uni yaratishda qatnashuvchi subyektlar bilan davlat о‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha aniq tizimlashtirilgan о‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirdi. Xususan, bu munosabatlar «Moliya» tushunchasi bilan aniqlashtirildi.
«Moliya» terminining etimologiyasi juda chuqur tarixiy ildizga egadir. Aksariyat tadqiqotchilar “Ma’lum darajada shartlashilgan pulni tо‘lash”-degan ma’noni anglatuvchi “Finis” lotin fe’li terminidan kelib chiqqanligini e’tirof etishadi. Mazkur fe’lning xosilasi sifatida XIII-XIV asrlarda Italiyan tilida “finansia” termini paydo bо‘ldi va mazkur terminning sо‘zma sо‘z tarjimasi “pul tо‘lovi” degan ma’noni anglatar edi. Shunday tor doiradagi talqinga ega bо‘lgan termin kishilik jamiyatning taraqqiyoti mobaynidagi xо‘jalik munosabatlarining rivojlanishi bilan aholi va davlat о‘rtasidagi pul munosabatlari tizimi tushunchasi sifatida keng ifodalana boshladi. Nisbatan kengroq iqtisodiy tushuncha sifatida “moliya” terminini Fransuz iqtisodchisi J.Boden о‘zining mashhur “Respublika xaqidagi olti kitob”(1577 y.) nomli kitobida ilmiy muomalaga kiritdi. Mazkur kitobda moliya terminining ilmiy talqin etilishi natijasida dastlabki moliya nazariyasi yoki moliya xaqidagi fanga asos solindi.
Moliya - davlatning о‘z funksiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar majmuidir
Moliyaning iqtisodiy mohiyati masalasi mazkur kategoriyaning ichki mazmunini aniqlovchi 2 nazariya amal qiladi:
1. Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari.
2. Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari.
Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari tasdiqlaydiki, moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining 2 bosqichida paydo bо‘ladi ya’ni yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari esa moliya takror ishlab chiqarish kategoriyasi sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida namoyon bо‘ladi deb ta’kidlaydilar.
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida ikkita funksiyani barajadi. Moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali YAIM va miliy daromad birlamchi va qayta taqsimlanadi va turli hil pul fondlari hosil qilinadi. Ushbu pul fondlarini umumlashtirgan holda markazlashtirigan va markazlashtirilmagan pul fondlariga ajratish mumkin.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib keldi - ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasini davlat xazinasining alohidalashuvi va Davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag‘larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subyektlar о‘rtasida YAIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog‘liq.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi.
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag‘lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik subyektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xо‘jalik subyektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga ega ekanligini kо‘rsatadi.
YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi.
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir:
qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bо‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi;
pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega ekanligi;
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish).
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday о‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning о‘zida moliya puldan о‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bо‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bо‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari о‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimiga soliqlarni tо‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlarni tо‘lash jarayonida davlat va fuqarolar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
tо‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimining alohida bо‘g‘inlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
sug‘urta badallarini tо‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi rо‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bо‘lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bо‘lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bо‘lmaydigan bog‘lovchi bо‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, obyektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat kо‘rsataolmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bо‘lgan korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir.
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xо‘jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy о‘sish, YAIM va MD kо‘payishi (oshib borishi) sharoitida moliya о‘zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasini yanada ortishini rag‘batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |