19919 Pochta va hujjat markalari
Hisobvaraqning ta’rifi: pochta va hujjat markalari (alohida va muhr ko‘rinishida) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan markalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan markalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob markalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19921 Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek, boshqa qimmatliklar, shu jumladan bankning bino va boshqa asosiy vositalarini ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar hisobi olib boriladi.
Hisobraqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobraqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam
baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek, boshqa qimmatliklarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |