19907 Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan (1 yildan oshmagan) xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, ABM (HAM), suv, elektr toki, gaz, ta’mirlash va boshqalar uchun avans) to‘lovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilganda summalar to‘lanadi va hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |