Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit vayoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Bankning kredit vayoki lizing olish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96358 — “Bankning kredit olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kredit vayoki lizing olish bo‘yicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit olish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.