92700 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaksiyalar
92701 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni (fyuchers — bu, kelajakda yetkazib beriladigan moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish bo‘yicha standart shartnomadir) sotish bo‘yicha fyuchers bitimi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96361 — “Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan fyuchers shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |