Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga yoki boshqa banklarga kredit vayoki lizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Bankning mijozlarga va boshqa banklarga kredit vayoki lizing berish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96351 — “Bankning kredit berish majburiyati bo‘yicha kontro‘isobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kredit va lizing berish bo‘yicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit vayoki lizing berish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.