56200 Ijara va ta’minot
56202 Ijara to‘lovi
56206 Suv
56210 Elektr energiyasi va isitish
56214 Ta’mirlash va ta’minots
56218 Qo‘riqlash xizmati
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan bank xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qo‘riqchilarga, shuningdek qo‘riqlash signalizatsiyasiga, remontga va bank binosini, mebellarni, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, bankning suv, elektr, isitish tarmog‘i va boshqa kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijara va ta’minot uchun hisoblangan va to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |