56114 Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga to‘lanadigan ixtiyoriy badallari, bankning ish haqi fondi (FOT)dan budjetdan tashqari Pensiya fondi ajratmalari, yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun bank xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |