12705 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12704 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12709 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15101 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15104 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15105 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12709 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, maqomi bo‘yicha kreditlar deb ataladigan overdraft va boshqa operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12704 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12705 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va davlat korxona, tashkilot, muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |