12505 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12502 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12504 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari”, 12509 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14901 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14902 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14903 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari”, 14905 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12509 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12502 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12504 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy xarid qilish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari” va 12505 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12599 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12521 — Jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12521-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)