12305 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12301 — “Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12309 — “Hukumatga berilgan qisqa muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar”, 14701 — “Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14705 — “Hukumatga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i hisobidan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarz summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobi har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12309 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12301 — “Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12305 — “Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |