12900 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 12901 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12904 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12905 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli (uzoq muddatli) kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12901 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12904 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12909 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15301 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15304 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15305 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.