90955 Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar Hisobvaraqning ta’rifi: importyorning banki tomonidan mahsulot yetkazib beruvchi foydasiga ochilgan va emitent-bankning iltimosiga binoan importyor banki tomonidan tasdiqlangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Bu bilan tasdiqlovchi bank ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘ziga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90958 Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakil-banklardan kelib tushuvchi va eksportchi-bank tomonidan tasdiqlanuvchi, xorijiy importchilar tomonidan mahalliy ekportchilar foydasiga ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi. Akkreditiv importchining xorijiy banki tomonidan ochiladi va mahalliy ekportchi eksportchi-bankdan o‘z tovarlarini jo‘natishdan oldin akkreditivni tasdiqlab berishni so‘raydi. Ekportchi-bank akkreditivni tasdiqlashi bilan ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha muddati tugagandan keyin qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90960 Xabar qilingan import bilan bog‘liq akkreditivlar Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bankning bir vakil-banki tomonidan boshqa vakil-bankka ochilgan akkreditivi hisobi olib boriladi. Bunda ushbu bank bu akkreditivning bajarilishi bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.