90916 Muddatli trattalarga qarshi qo‘yilgan import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar Hisobvaraqning ta’rifi: mahsulot yetkazib beruvchining moliyaviy kreditlashi asosida ochilgan yoki muddatli trattalarga qarshi qo‘yilgan import bilan bog‘liq akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importchi banki tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90923 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Xorijiy Hisobvaraqning ta’rifi: tovarlar yoki xizmatlarning importi bo‘yicha hisob-kitoblarning ma’lum vaqt oralig‘ida qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan holda ochilgan xorijiy akkreditivlarning hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan xorijiy akkreditivlar odatda bir yildan ortiq muddatga ochilishi mumkin. Ushbu kredit turi yirik summalarda beriladi va ma’lum muddatlar davomida qismlarga bo‘lingan holda to‘lanib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importyor banki tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90930 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Mahalliy Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq hisob-kitoblarni ma’lum vaqt oralig‘ida qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan holda ochilgan akkreditivlarning hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan mahalliy akkreditivlar odatda bir yildan ortiq muddatga ochilishi mumkin. Ushbu kredit turi yirik summalarda beriladi va ma’lum muddatlar davomida qismlarga bo‘lingan holda to‘lanib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lovchi bank tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.