90414 Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90900 Savdoga oid moliyalashlar 90908 To‘lovchi tomonidan banklarda ochilgan qoplangan akkreditiv Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovchining shaxsiy mablag‘laridan yoki unga berilgan kredit hisobidan mahsulot yetkazib beruvchining banki tasarrufiga mablag‘larni bank-emitentning majburiyatlari butun amal qilish muddati davomida o‘tkazib beradigan qoplangan akkreditivlarning bank-emitentdagi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96308 — “Qoplangan akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek to‘liq foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90909 Taqdim etuvchiga trattalarni to‘lagan holdaga import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar Hisobvaraqning ta’rifi: importchi topshirig‘i asosida chet eldan tovarlar va xizmatlarning importi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun xorijiy benefitsiar(eksportyor)lar foydasiga ochilgan trattalarga qarshi taqdim etuvchiga qo‘yilgan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida ochilgan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importchi banki tomonidan akseptlangan taqdim etuvchiga qo‘yilgan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.