13101 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13104 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13105 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan. mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va 13101 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13104 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13109 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15501 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15504 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15505 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xususiy korxonalar, shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |