56100 Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar
56102 Ish haqi
Hisobvaraqning ta’rifi: xizmatchilarning mehnat ish xaqi (mehnat shartnomasi va fuqaro-huquqiy xarakterdagi shartnomalar bo‘yicha bajarilgan), ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar, mukofot to‘lovlari (oylik ish, bajarilgan maxsus ishlar uchun natijalar bo‘yicha va boshqalar uchun), ko‘p yillik ish staji va bank nizomi va qonunchilikka muvofiq bankning boshqa to‘lovlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ish haqiga qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56106 Bank xizmatchilari uchun imtiyozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning xizmatchilari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan xarajatlari, yani mukofot to‘lovlari, (yil yakuni bo‘yicha mukofotlar, ko‘p yillik xizmati uchun, ish staji uchun qo‘shimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), bank xodimlarnning o‘qishlari uchun to‘lovlar, shuningdek ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovg‘alar qiymati hamda bank nizomi va qonunchilikka muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib olingan to‘lov hisobiga bank tomonidan to‘lanadigan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xizmatchilarga imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56108 Asosiy rahbar xodimlarga mukofotlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik va bank manfaatlariga muvofiq asosiy rahbar xodimlar (bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari va boshqaruv qarori qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar)ga to‘lanadigan mukofot bilan bog‘liq (qoplash xarakteriga ega bo‘lgan boshqa turdagi) xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy rahbar xodimlarga to‘lanadigan mukofot bilan bog‘liq hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |