55800 Investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar 55804 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar 55806 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning savdoga mo‘ljallangan hamda so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarning sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning investitsiya bo‘yicha ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55900 Boshqa foizsiz xarajatlar 55902 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar 55906 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib bqilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rgan zararlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55995 Boshqa foizsiz xarajatlar Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqda o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.