55146 Sindikat kreditlarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sindikat kreditlarda bosh anderrayter (garantom) hisoblanmagan holda qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning sindikat kreditlarda qatnashishi natijasida qilingan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55150 Vositachilik xarajatlari — Mahalliy Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bank tashabbusi bilan mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan vositachilik xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankniig mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55154 Vositachilik xarajatlari — Xorijiy Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bank tashabbusi bilan xorijiy to‘lovlarni amalga oshirishda boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan vositachilik xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning xorijiy to‘lovlarni amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55158 Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari Hisobvaraqning ta’rifi: bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.