55130 Overdraft bo‘yicha xarajatlar Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan taqdim etilgan overdraft bilan bog‘liq xizmatlar uchun qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida overdraft bo‘yicha xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55134 Kreditlar bo‘yicha vositachilik xarajatlari Hisobvaraqning ta’rifi: bankka taqdim etilgan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalar) uchun rasmiylashtirish va ko‘rsatilgan xizmatlarini hisobga olgan holda bankning vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55138 Kredit majburiyatlari bo‘yicha xarajatlari Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkazishdagi summa aks ettiriladi.
55142 Menejment bo‘yicha xarajatlar Hisobvaraqning ta’rifi: bankning olingan ma’lumotlar, maslahatlar va boshqaruv xizmatlari uchun, shu bilan birgalikda BDMAB so‘rovlari bo‘yicha qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida menejment bo‘yicha bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.