1-modul tilshunoslik va ijtimoiy fanlar kursining nazariy masalalari


TIL VA JAMIYaT. TILNING IJTIMOIY VAZIFASI



Download 216,42 Kb.
bet7/19
Sana02.01.2022
Hajmi216,42 Kb.
#306982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1-maruza (2)

TIL VA JAMIYaT. TILNING IJTIMOIY VAZIFASI.

Til kishilar o’rtasida eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyat bilan uzviy bog’liqdir. U jamiyat ehtiyoji bilan paydo bo’ladi, jamiyat hayoti bilan bog’liq ravishda rivojlanadi. Demak, til, eng avvalo, sotsial hodisadir. SHuning uchun ham tilshunoslik fan sifatida shakllangandan buyon til va jamiyat o’rtasidagi munosabat muammosi lingvistlar diqqatini tortib keladi. Bu ayniqsa F.de Sossyurning lingvistik kontseptsiyasida yorqin ifodasini topdi. Uning fikricha, til jamiyatning sotsial boyligi sifatida shu tilda gaplashuvchi barcha jamiyat a’zolari uchun xos bo’lgan lingvistik belgilar sistemasi, “nutqiy qobiliyatning sotsial hosilasi”dir.

F.Sossyur izidan borgan A.Meye doimo til sotsial fakt ekanini, uni jamiyatdan, jamiyatni esa tildan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmasligini, sotsial shart-sharoit til hodisalarini belgilashini ta’kid-laydi.8 A.Meye tadqiqotlarida tildagi har bir o’zgarish jamiyat hayotidagi o’zgarish bilan bog’liq holda izohlangani tufayli u tilshunoslik tarixida “sotsialogik maktab”ning yorqin vaqili va bu maktab qarashlarning ifodachisi bo’lib qoldi.

Amerika tilshunoslari tilning sinxron holatini o’rganishga jiddiy e’tibor berish barobarida, til va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqani nazardan soqit qiladilar. Bundan farqli ravishda Praga tilshunoslari har bir til jamiyatning kommunikativ va ekspressiv ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilishini, shuning uchun jamiyat bilan uzviy bog’liq ekanini ta’kidlaydilar.

III. Amerika deskriptiv lingvistikasi bilan glossematika o’rtasida ma’lum umumiylik va farqli jihatlar mavjuddir.

Umumiy tomonlar shundaki, ularning har ikkisi lingvistik holatlarni matematik ifodalar yordamida bayon qilishga o’rinadilar. Jumladan, Z.Xarris o’z lingvistik tahlilining matematik xarakterga egaekanini bayon qilsa, L.Elьmslev bosh maqsadi lingvistik algebrani yaratish ekanini ta’kidlaydi. Ularning har ikkisi tilshunoslikning asosiy vazifasi lingvistik tadqiqot texnikasini ishlab chiqish deb biladilar.

Har ikki maktab an’anaviy lingvistik atamalardan voz kechgan holda, atamalarning umumiy sistemasini, metatilni yaratishga o’rinadilar. Har ikki maktab vakillari ikki a’zoli bo’lishni ma’qullaydilar. Ya’ni ular har qanday jumlani dastlab ikki qismga ajratadilar. Bu qismlarning har birini yana ikki qismga bo’ladilar. Bu bo’linishning oxirgi ishtirokchisiga qadar davom etadi . Bunday tamoyilni L.Elьmslev deduktiv deb atasa, Amerika tilshunoslari BI tahlili deb nomlaydilar.

SHu bilan birgalikda bu ikki yo’nalish o’rtasida jiddiy farqlanish ham mavjud. Bu tilshunoslikning fan sifatidagi mazmuni va vazifasini turlicha tushunishdan kelib chiqadi.

Amerika tilshunoslari tilni tavsiflash modellarini hosil qilishni asosiy maqsad qilib oladilar. Glossematiklar esa tilni matnlar yig’masi bilan tenglashtiradilar. Ana shu matnlarni ziddiyatsiz va to’liq tavsiflashni bosh maqsad qilib oladilar. Lekin bu matnlar ko’pincha deduktiv, fikran tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda, oldindan ishlab chiqilgan tushunchalar matnga, ya’ni tilga nisbatan berilganday bo’ladi.

Agar matnni strukturlashtirish (ularning distributsiyasi, qo’shilishi va b.) Amerika tilshunoslarining maqsadi bo’lsa, glossematiklarning maqsadi doimiy va barqaror belgilarni qidirishdan iboratdir.9 Amerika tilshunoslarining tekshirish ob’ekti bevosita nutqiy jarayon sanaladi. SHuning uchun ular boy faktik materiallarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldilar. Lekin ularga konkret bir tildagi yoki umuman tilda mavjud bo’lgan munosabatlar sistemasini aniqlash hech qachon nasib etmadi.10

E.Benvenistning falsafiy qarashlari «lingvistika taraqqiyotiga bir nazar» maqolasida ma’lum darajada o’z ifodasini topgan. U tilning shakl va funktsiyasiga e’tiborni qaratgan holda, shakl bilan bir vaqtda funktsiya tahliliga diqqat jalb qilinishini ta’kidlaydi. Tilning funktsiyasi, uning fikricha, borliqni «qayta ishlash»dan iboratdir. Boshqacha aytganda, borliq til orqali ongda qayta hosil qilinadi, ya’ni aks ettiriladi. SHu bilan E.Benvenist borliqning ob’ektivligini, uning inson sezgi a’zolariga ta’sir qilishini e’tirof etadi. So’zlovchi shaxs voqelikni nutqi orqali qayta jonlantiradi. Tinglovchi esa, avvalo, nutqni qabul qiladi va uning vositasida voqelikni anglaydi. SHunday qilib, vaziyat tildan ajralmasdir. U nutq aktiga ikki yoqlama vazifa – so’zlovchi uchun borliqni qayta gavdalantirish, tinglovchi uchun esa borliqni qayta yaratish vazifasini yuklaydi. Bu esa tilni individlar o’rtasida kommunikatsiya quroliga aylantiradi.11

Bu o’rinda faylasuflar hal qilishi lozim bo’lgan muhim narsa – borliq va ongning adekvatligi masalasiga duch kelinishini bayon qiladi. Lingvistlar tilsiz tafakkur mavjud emasligini, olamni bilish bilishning ifodalash vositalari bilan bog’liq ekanini ta’kidlaydilar. E.Benvenistning ta’kidlashicha, til olamni o’z ichki tuzilishiga bo’ysundirgan holda qayta ishlaydi. Til – bu qadimgi yunonlar tushunganlaridek nutq va aql butunligini bildiruvchi logosdir. U qismlarga bo’linish xususiyatiga ega. Til sxemasiga mos ravishda akustik signallar orqali ifodalangan mazmun ham qismlarga bo’linadi. Tafakkur «shakli» til strukturasi orqali beriladi. Til ham o’zining kategoriyalari sistemasida vositachilik vazifasini namoyon qiladi. Har bir so’zlovchi u bilan bir xil tilda gaplashuvchi, ixtiyorida bir xil shakllar yig’indisi va bir xil jumlalar sintaksisi hamda bir xil mazmunni shakllantirish usuliga ega bo’lgan tinglovchiga qarama-qarshi qo’yilgandagina kommu-nikatsiya sub’ekti sifatida xizmat qiladi. Faqat tilda va til orqali shaxs hamda jamiyat bir-biri bilan bog’lanadi.

E.Benvenistning fikricha, faqat til tufayli shaxs mavjuddir. Bolada ongning o’sishi doimo uning individ sifatida jamiyatga olib kiruvchi tilni egallash darajasiga muvofiq keladi. U individning ham, jamiyatning ham mavjud bo’lishi nima uchun tilga asoslanadi, degan savolga javob berar ekan, til insonga xos bo’lgan eng oliy darajadagi qobiliyat bo’lgan simvollashtirishni namoyon qiladi, deydi.12 SHuning uchun ham u tilning belgilar sistemasi ekanini e’tirof etadi. Simvollashtirish atamasi ostida ob’ektiv borliqni belgilar vositasida gavdalantirish (reprezentatsiya qilish) qobiliyati, belgini esa ob’ektiv borliqning vaqili, bir narsaning ma’nosi bilan boshqa narsaning ma’nosi o’rtasida munosabatni o’rnatish qobiliyati sifatida tushunish lozimligini aytadi.

Uning fikricha, simvolni qo’llash – bu qandaydir ob’ektning xarakterli strukturasini belgilash va undan so’ng boshqa bir qancha ob’ektlar bilan birlashtirishni bilish demakdir. Ana shu xususiyat faqat insonga xosdir va u insonni aqlli mavjudotga aylantiradi.

E.Benvenist simvollashtirish qobiliyati tushunchani shakllantirishga imkoniyat tug’dirishini, u insondagina mavjudligini ta’kidlaydi. E.Be-nvenist asalari o’yinlarini ham axborot tashish vazifasini bajarishini bayon qilgan holda, inson va hayvonlarni o’zaro farqlab to’rgan chegara qaerda, degan so’roqqa javob berar ekan, «hayvon tili» haqida gap ketganda, bir-biriga aralashtirib yuborilayotgan ikkita tushunchani: signal va simvolni farqlash lozimligini uqtiradi.

Uning bayon qilishicha, signal – bu tabiiy yoki konventsional nuqtai nazaridan boshqa fizik hodisa bilan bog’langan fizik hodisadir. Masalan, chaqmoq momaqaldiroq haqida, qo’ng’iroq tushlik haqida, qichqiriq xavf haqida axborot beradi. Hayvon signalni qabul qilishi bilan javobga hozirlanadi. Bu CH.P.Pavlovning mashhur shartli refleks haqidagi ta’limotidan ham ma’lum. Inson ham signalga javob qaytaradi. Undan tashqari inson o’zi tomonidan o’rnatiladigan simvoldan ham foydalanadi. Simvolni sezgi a’zolari tomonidan qabul qilish bilan birga uning ma’nosini bilish, talqin etish kerak bo’ladi. CHunki simvol o’zi simvollashtirayotgan narsa bilan tabiiy bog’lanishga ega emas. Uning fikricha, inson simvollarni yaratadi va tushunadi, hayvonlar esa bunday xususiyatga ega emas. Ba’zan o’rgatilgan hayvonlar nutq bilishini aytadilar. Aslida u so’zdagi signalga o’rgatilganini, so’zni simvol sifatida talqin qilolmasligini, shuning uchun ham hayvon emotsiyalarini ifodalashi, lekin uni nomlay olmasligini ta’kidlaydi. E.Benvenistning ta’kid-lashicha, hayvonlarda mavjud bo’lgan ifoda vositalarini tilning ibtidosi ham, unga yaqinlashgan narsa ham deb bo’lmaydi. Sensor-motor funktsiya bilan gavdalantirish (reprezentativ) funktsiyasi o’rtasida faqat insongina bosib o’tishi mumkin bo’lgan ostona mavjud. CHunki inson ikki marta – bir marta tilsiz, ikkinchi marta til bilan yaratilmagan. Homo sapiensning hayvonot olamidan ajralib chiqishi unda tafakkur, til va jamiyatning umumiy manbasi bo’lgan simvolik gavdalantirish (repre- zentatsiya) qobiliyati paydo bo’lishi bilan bog’liqdir.13

E.Benvenist simvollashtirish qobiliyati tafakkur funktsiyasi asosida yotishini, tafakkur narsalar tasavvo’rini yaratishini, u tabiatan simvolik ekanini bayon qiladi. Tafakkur olamni faqat aks ettiribgina qolmasdan, borliqni kategoriyalashtirish uchun ham xizmat qilishini, bu vazifani bajarishda til bilan zich bog’lanishini aytadi. Darhaqiqat, insonning simvollashtirish qobiliyati til orqali o’z ifodasiga ega bo’ladi. CHunki til asosan simvolik tabiatga egadir. Uning fikricha, kommunikatsiyaning boshqa vositalari (masalan, grafik, imo-ishora) yordamchi bo’lib, baribir, tilni taqozo qiladi. SHuning uchun u tilning ikki yoqlama tashkil topl topgan alohida simvolik sistema ekanini ta’kidlaydi.14


Download 216,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish