Kredit beruvchilar jumladan, kredit ajratuvchi banklardir. Ular ajratayotgan kreditlari uchun iloji boricha ko’proq foiz olishdan manfaatdorlar. Ayni paytda ular ajratilgan kredituchun to’lovlar (foizlar va qarzni qoplash) o’z vaqtida amalga oshirilishini hamda kutilmagan hodisalar uchun ishonarlikafolatlarni kutadilar. Kredit beruvchilar katta miqtsorda kreditajratilganda firma menejerlari to’g’risida axborot olish va ularga ta’sir ko’rsatishdan manfaatdorlar.
Zarur tovarlarni yetkazib beruvchilar firma bilan uzoqmuddatli va manfaatli aloqalar o’rnatishga, iloji boricha kamroq xarajat qilib, ko’proq daromad oladigan shartnomalargaerishishga harakat qiladilar.
Korxona menejerlari mustaqil guruh sifatida faqat menejerlar tashkilotida ahamiyat kasbetadilar. Ular printsip jihatidan o’zlari manfaatlarini himoya qiladigan aktsiyadorlarning manfaatlarini qondirish istagidalar. Menejerlar ishlab chiqarishmanfaatlari b.ilan bir qatorda o’z manfaatlarini (mustaqillik, hokimiyat, e’tirof, karera) ham ko’zlaydilar
Sarmoya egalari korxona mulkdorlari hisoblanadilar. Ular, bir tomondan, korxonaga qo’yilgan sarmoyani saklash va ko’paytirishdan, ikkinchi tomondan foyda (dividend) olishdan manfaatdorlar. Bu intilishlar korxonaga foyda keltirishga qaratilgan. Foyda daromad va xarajat ayirmasining qoldig’i ekanligi sababli ular daromad yuqori, xarajat kam bo’lishiga intiladilar. Foydadan foydalanish (dividend taqsimlanishi)da ularda shaxsiyiste’mollari xohishiga qarab turlicha qarashlar bo’ladi. Sarmoya egalari korxona faoliyatiga doir o’zlari qaror qabul qilishlari yoki bu vakolatni menejerlarga berishlari mumkin.
Personal (yollanma ishchilar) o’z ish joyi muqim bo’lishi, iloji boricha yuqori ish haqi olish, ijtimoiy kafolatlar, yaxshi mehnat sharoiti hamdao’z korxonasining nufuzidan manfaatdor. Shuningdek, o’z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyati va shaxsiy e’tirof etilish ham ular qiziqishlari doirasiga kiradi. Xodimlar manfaatlarini kasaba uyushmalar hamda korxonadagi yollanma ishchilarning vakolatli organlari himoya qiladilar.
Mijozlar (mehnat faoliyati natijasi, iste’molchilari) ular uchun zarur bo’lgan sifatli va arzon mahsulotlarni o’zlari uchun manfaatli shartlar bilan olishni xohlaydilar. Ular uchun tovarlarning xilma-xil bo’lishi va yaxshi xizmat ko’rsatilishi ham muhimdir.
Jamoatchilik (masalan, ommaviy axborot vositalari, partiyalar, birlashmalar, fuqaro yig’inlari va hokazolar) guruhlararo manfaatlar himoyachilari sifatida maydonga chiqadilar. Ular uchun ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bir qatorda insonlar sihat-salomatligi, atrof-muhitning ifloslanmasligi kabi masalalar ham muhimdir
1.1- jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |