' Bernal Dj. Desmond. Mir bez voyn]. „Inostrannaya literatura". Moskva, 1960. 20 — 42- betlar.
Bir so’z bilan aytganda, Anri Fayol o’z asarlarida zamonaviy menejment va personalni boshqarish asoslarini yaratdi, deyish adolatlidir.
Menejmentni rivojlantirishda klassik davr hisoblangan, F.Teylor, G.Emerson, A.Fayol tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv tamoyillari XXasrning hech mubolag’asiz eng muvaffaqiyatli tadbirkori hisoblangan amerikalik Genri Fordga yuksak moliyaviy samaraga erishish imkonini berdi. G.Fordningjahonning o’nlab mamlakatlarida yuz martadan ko’p qayta nashr etilgan „Mening umrim, mening yutuqlarim" kitobida texnika ixtirolaridan tijorat maqsadida juda yuksak samara bilan foydalanish ochib berilgan.
G.Ford klassik menejmentni aniq maqsad — mehnat unumdor-ligini oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish, katta moliyaviy samaraga erishish xizmatiga qo’ydi. Uning korxonalaridagi murakkab asbob-uskuna va jihozlar ishlab chiqarishda misli ko’rilmagan samara berilishini ta’minlaydigan texnologik va mehnat jarayonlarini yalpi sinxronlashtirishga moslashtirildi. Ford birinchi bo’lib eng kam ish haqi miqdori va 8 soatli ish kunini joriy etdi. Uning ishlab chiqarishida yaxshi ishlagan har bir ishchi yaxshi ish haqi olishi kafolatlanardi. Har bir ishchi, mutaxassis o’z zimmasiga yuklatilgan vazifa va ish qurolini takomillashtirishdan manfa-atdor edi.
Biroq, bu turdagi ishlab chiqarish mexanizmi barqaror ishla-shining samaradorligi ishlab chiqarish jarayonlarining hamda ishchi-larning ishlab chiqarishda mehnatga qiziqishlari barqarorligi, iste’mol talabi va umuman bozor muhiti o’zgarmasligiga bog’liq edi. Shuning uchun XX asr 30- yillarida AQShda bozor va ijtimoiy muhitda jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshlashi bilan Genri Ford kompaniyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgani tabiiy edi.
Yangi, bozor beqaror bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun boshqaruvga yangicha yondashuvlar va tamoyillar zarur ekanligi ayon bo’lib qoldi. Klassik menejment amaliyoti va uslubiy yondashuvlari texnika innovatsiya-lari, ya’ni texnika taraqqiyotiga zid bo’lib qoldi. Chunki klassik menejment mahsulot ishlab chiqarish tez-tez o’zgarmaydigan, ish joylari yetishmaydigan sharoitlardagina yuqori samara keltirardi. Yangi sharoitlarda juda qisqa muddat ichida yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish zarurati kabi beqaror bozor muhiti klassik menejmentdagi ishlab chiqarishni sinxronlashtirish, mehnattaq-simoti tizimi va mehnatni tashkil etishning qabul qilingan qoidalarini barbod qila boshladi.
XX asrning birinchi yarmida mehnatni ilmiy tashkil etish uslubi deb atalgan, amalda „teylorizm" qoidalariga asoslangan menejment ishchi zimmasiga me’yorlovchi (normalovchi) tomonidanqat’iy belgilab qo’yilgan bir turdagi ishlab chiqarish operatsiya-larini boshqarishni taqozo etardi. Bunda personaldan mustaqil fikr yuritish, ishlab chiqarishga doir takliflar kiritish, tashabbus ham talab qilinmasdi.
Ammo ishchi kuchiga bunday yondashuv o’tgan asr 60- yillaridan boshlab samarasiz ekanligi yaqqol namoyon bo’ldi. Shuning uchun G’arbning taraqqiy etgan davlatlarida personalni boshqarish iqtisodiyotda hal qiluvchi omil ekanligi e’tirof etilib, ushbu soha fansifatida shakllana boshladi.
Bugungi iqtisodiyotda personalni boshqarish (personal menej-menti) korxona(tashkilot) darajasida ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha o’zaro bog’liq tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlartizimidir.
Personalni boshqarishda xodimlardan yuksak samara oyaish, demakki, korxona (tashkilot) faoliyatida yuksak pirovard nati-jalarga erishish ular qiziqishini aniq maqsadlarni ko’zlagan holda o’zgartirishga qaratilgan uzluksiz jarayondir.Hozirgi sharoitlarda personal bilan ishlashningasosiy maqsadi yuksak mas’uliyat, jamoa psixologiyasi, yuqori malaka, mulkdorlik tuyg’usiga ega bo’lgan shaxsni shakllantirishdir.
Personalni boshqarishda funktsiya jihatidan kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog’liqbarcha vazifalar (masalan, kadrlarni tanlash, ulardan foydalanish, malakasini oshirish,mehnatga haq to’lash, ishdan bo’shatish va hokazolar) tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |