Mamlakatlarda har xil daraja (toifa)dagi aktivlar bo‘yicha
daromadlilik stavkalari24
Mamlakatlar
|
Fond bozoriningbir yilda o‘zgarishi,
%
|
Foiz
stavkalari
|
Valyuta
kurslari
|
Qisqa mud-datli
|
Uzoq
mud-
datli
|
1 dollar uchun
|
Bir yilda
o‘zgarishi,
%da
|
Oxirgi
sana
|
Bir yil oldin
|
Avstraliya
|
+7,5
|
4,80
|
5,38
|
1,59
|
1,50
|
+6,0
|
Buyuk Britaniya
|
+4,0
|
5,31
|
4,53
|
0,61
|
0,60
|
1,7
|
Kanada
|
-11,2
|
4,88
|
5,22
|
1,52
|
1,42
|
+7,0
|
Daniya
|
-21,3
|
3,32
|
4,29
|
6,75
|
6,96
|
-3,0
|
Yaponiya
|
-2,1
|
0,07
|
1,81
|
118,00
|
130,00
|
-9,2
|
Shvetsiya
|
-3,3
|
3,17
|
4,39
|
8,16
|
7,95
|
+2,6
|
Shveysariya
|
+1,4
|
1,29
|
2,54
|
1,45
|
1,49
|
-2,7
|
AQSh
|
+19,6
|
4,81
|
5,10
|
-
|
-
|
|
11 Yevropa mamlakatlari
|
+6,2
|
3,04
|
3,89
|
0,91
|
0,93
|
-2,2
|
Dunyo
|
+13,6
|
|
|
|
|
|
Iyenda dollar kursi shu davr mobaynida 9,2%ga pasaygan. Shunga ko‘ra, aksiyaga hisoblanadigan pul ko‘rinishidagi dividendlarni hisobga olmas-dan, 2015 yil martda 1 mln. dollar bo‘lgan amerika aksiyalarining bahosi 2016 yil martda 1,196 mln. dollarga ko‘tarilgan. Qimmatli qog‘ozlar portfeli 2015 yil martda — 141,128 mln. iyen bo‘lgan (1,196 mln. dollar x 118 iyen/dollar). Shunga ko‘ra, AQSh fond bozorining iyendagi kapital-lashtirilishi atigi 8,56% o‘sgan. Shunday qilib, iyenga nisbatan dollar kursining pasayishi Yaponiya va Amerika fond bozorlarining turli samaradorligini qisman qoplaydi. Jadvalning oxirgi qatorida turli mamlakatlar aksiyalarining umumiy dollardagi bahosi (qiymati)ni aks ettiruvchi jahon fond indeksi o‘zgarishining foizi ko‘rsatilgan4.
4. Inflyatsiya va real foiz stavkalari
Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narx (baho)lari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal25 narx (baho) (nominal prices) nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning Price listda ko‘rsatilgan narxi (bahosi)ni va pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narx (baho) (real prices)larni alohida farqlashadi (ajratishadi).
Real va nominal narx (baho)lar farqlangani kabi, real va nominal foiz stavkalari ham farqlanadi. Obligatsiya bo‘yicha nominal foiz stavkasi (nominal interest rate) qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va Siz bergan pulingiz evaziga olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi (real rate of return) – bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgar-tirilgan (korrektirovka qilingan) nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblangan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflyatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daromadlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi.
Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mablag‘ sifatida ma’lum standart26lashtirilgan iste’mol savati ishlatiladi. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real stavkasi ushbu savatning tarkibiga bog‘liqdir. Milliy iste’mol narxlari indeksi (INI)ni (CPI — consumer price index) hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan iste’mol tovarlari savati ishlatiladi.
Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narx (baho)lari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu – nominal foiz stavkasi va inflyatsiya o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq lozim.
Keling, bunga amin bo‘lish uchun daromadlilikning real stavkasini aniq hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi misolga ko‘ra, Siz tomondan kiritilgan har 100 so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m olasiz. Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil etgan iste’mol korzinasi bu davr mobaynida 105 so‘m ga teng bo‘ldi. Joriy davrda sotib olish mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovar-lariga qo‘llagan holda Sizning 108 so‘mingiz qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun, 108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108 so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol savati o‘rniga o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng 1,02857 ekvi-valentdagi savatni olasiz. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857% (bugungi bir savatga to‘g‘ri keluvchi kelgusidagi savatlar soni)ni tashkil etadi.
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |