Fanning maqsadi va vazifalari: 1990 yildan boshlab Rossiyada keyinroq O‘zbekiston texnik oliy o‘quv yurtlarida (ToshpIda) “Mehnatni muhofaza qilish” fani bilan bir qatorda “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani xam o‘qitila boshlandi.
Fanning tarkibiy qismlari:
1.HFXning nazariy asoslari.
2.Mehnat qonunchiligida xavfsizlik asoslari,
3.Mehnat sanitariyasi va gigiyenasi.
4.Qurilishda mehnat xavfsizligi.
5.Bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligi
Fanning tarkibiy qisimlaridan ko‘rinib turibti: uning maqsadi insonlarni mehnat xavfsizligi mezonlari, meyorlari va qoidalari bilan atroflicha tanishtirib, ularda kerakli ko‘nikmalarni xosil qilish bo‘lib, vazifasi esa ishlab chiqarish jarayonlarini loyixalash qurilishni tashkillashtirish davrida tashkiliy, texnikaviy va sanitariya-ekologik tadbirlar yordamida ishchilarni mehnat sharoitini yaxshilash orqali ularning sog‘ligini saqlash va baxtsizlik xodisalarining kamayishini ta’minlashdan iboratdir.
Salomatlik- bu nafaqat jismonan sog‘lom bo‘lish degani, balki xam ruxan, ijtimoiy va mafkuraviy sog‘lom bo‘lish demakdir.
Xavf-xatar deganda, odam sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko‘ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o‘z ichiga oladi, chunki hayotiy faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayotiy faoliyatga to‘g‘ri kelmaydigan elementlar tizimi, kimyoviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir
Xavf-xatarni identifikatsiyalash – xavf turini o‘rganish jarayoni, sabablarini, joyini, kelib chiqish sharoitni va oqibatini aniqlash. Identifikatsiya deganda xavf-xatarni barcha xarakteristikalari- miqdori, vaqti va xajmiy ulchamlarini oldindan bilib, ularni bartaraf etishga yaroqli texnik tadbirlarni ishlab chiqib, inson xayoti faoliyatini xavfsizligini ta’minlash tushuniladi.
Xavflar taksonomiyasi — bu murakkab hodisalami, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to‘g‘risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlami uyushtirishda, xavflaming tartibini yanada chuqurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo‘lib, hali to‘la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilami tashkil etadi: . — kelib chiqishi bo‘yicha xavflar 6 ta: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo‘ladi; — rasmiy standartga asosan 4 ta fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo‘linadi;
— salbiy oqibatlaming ro‘y berish vaqti bo‘yicha impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to‘satdan keluvchi) turlarda bo‘ladi;
— xavflar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha 4 ta (lokalizatsiya) — litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi;
— kelib chiqadigan oqibatlariga ko‘ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong'inlar ko‘rinishida bo‘ladi;
— keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo‘linadi;
— namoyon bo‘lishi bo‘yicha maishiy, sport, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo'ladi;
— odamga ta’siri bo‘yicha o‘ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo‘ladi. Sust ta’sir deganda odamning o ‘zi sababchi bo‘ladigan xavf tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |