1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar. Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi


Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va diniy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi о‘rni



Download 110,01 Kb.
bet3/3
Sana14.06.2022
Hajmi110,01 Kb.
#671007
1   2   3
Bog'liq
6-seminar

3.Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va diniy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi о‘rni

Diniy bag‘rikenglik bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, о‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va tо‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. О‘zbekistonning jо‘g‘rofiy jihatdan muhim savdo yо‘llari chorrahasida joylashgani, kо‘plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy hamkorlik qilib kelgani yerli xalqning diniy va madaniy hayotiga katta ta’sir kо‘rsatgan va о‘ziga xos turmush tarzini shakllantirishda muhim omillardan biri bо‘lib xizmat qilgan. Millati va diniy qarashlaridan qat’iy nazar, insonni ardoqlash va о‘zgalarni qadrlash, kattalarga hurmat va boshqalarni izzat qilish kabi tuyg‘ular xalqimizning nafaqat ma’naviy-ma’rifiy, balki diniy bag‘rikengligining ma’naviy asosini tashkil qiladi.


Bugun ham О‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va dinlararo muloqot borasida butun dunyoga namuna bо‘lmoqda. Bu haqda Moskva va Butun rus Patriarxi Aleksey II, AQSH senatori Xillari Klinton, AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya Qirolligi Shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab о‘tishgan. Turli dinlarning yonma-yon yashashi, fuqarolarda diniy bag‘rikenglik his-tuyg‘ularinig shakllanishi muhimligini ajdodlarimiz yaxshi anglaganlar. О‘zbekiston hududida islomgacha zardushtiylik bilan birga buddaviylik, xristianlik, yaxudolik, moniylik, otashparastlik, sehrgarlik, havoriylik kabi dinlarga e’tiqod qiluvchilar murosayu madora bilan yashab kelganlar. Markaziy Osiyo mintaqasida diniy e’tiqod egalarining tо‘qnashuvi, urushi bо‘lmagani tasodifiy emas. Islom diniga e’tiqod mustahkamlangan sharoitlarda ham taraqqiyparvar ulamolar, siyosatchilar, davlat arboblari diniy zaminda janjallar chiqishiga yо‘l qо‘ymaganlar. Qur’oni Karim “Baqara” surasining 276-oyatidagi “dinda zо‘rlik yо‘q” degan qoida ular uchun dasturulamal bо‘lgan. Chor Rossiyasi hukumati XVI asr oxiridan qadimiy udumchilarni quvg‘in qilganda, ularning kо‘pi О‘zbekistonga qochib kelib yashagan. XIX asrning 40 yillarida mennonitlar – nemislar chorizm ta’qibidan qochib, Xivaga joylashganlar. Markaziy Osiyoda diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalangan bobokolonimiz Amir Temur barcha mamlakatlarda diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilib qolmasdan, balki uni amalda namoyon bо‘lish ishiga bosh-qosh bо‘lgan.
Bobur va Boburiylar ham Hindistonda vijdon erkinligini amalda namoyon qildilar va shu siyosatni yurgizdilar. Diniy e’tiqod tufayli fuqarolar о‘rtasida janjallar chiqishi mumkin emasligi, bu barcha dinlarning muqaddas kitoblari mazmun-mohiyatidan kelib chiqishini mafkuraning asosiy yо‘nalishlaridan biri etib belgiladilar.
XVIII asrda fransuz ma’rifatparvarlari vijdon erkinligi tushunchasiga falsafiy ma’no berib, uni fuqarolar erkinligining tarkibiy qismi ekanini isbotladilar. Shundan sо‘ng, bu g‘oya G‘arbiy Ovrо‘pa mamlakatlariga yoyilib, asta-sekin davlatlar Konstitusiyalarida о‘z о‘rniga ega bо‘ldi, demokratik davlatlar dinga munosabatining huquqiy sohasiga aylandi. Demak, vijdon erkinligi aslida inson huquqlarini va erkinligining tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyatga molikdir. U har bir jamiyatda yashaydigan turli millat, elat va e’tiqod egalarining hamnafas bо‘lib yashashi uchun huquqiy kafolatdir. Vijdon erkinligi dunyoqarash bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bо‘ladigan turli yо‘nalishdagi imon-e’tiqod egalari о‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosi hisoblanadi.
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida vijdon erkinligiga doir moddalar hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatinihar bir fuqaro, ayniqsa, boshqaruv tizimida ishlayotgan barcha kishilar hamda ruhoniylar bilib olishlari, unga qat’iy amal qilishlari ijtimoiy zaruratdir.
О‘zbekiston Konstitusiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yо‘l qо‘yilmaydi” deyilgan. Demak, fuqarolar о‘z vijdoni amr qilgan xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmasliklari mumkin. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risidagi qonunga binoan, hozir О‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiya, jumladan islom, xristian, yahudiylik va boshqa dinlar vakillari ahil-inoq, tinch-totuv yashab, о‘zlarining diniy e’tiqod amallarini erkin ado etib kelmoqdalar. Respublikada 2250 dan ortiq diniy tashkilot, shu jumladan, О‘zbekiston musulmonlari idorasi, rus pravoslav cherkovi, Toshkent va О‘rta Osiyo, Yevangel xristian baptistlar cherkovlari ittifoqi, Rim katolik cherkovi, tо‘liq injil xristianlar markazi, О‘zbekiston bibliya jamiyati, 2000 ga yaqin masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta baxoiylar jamoasi, 2 ta krishnani anglash jamiyati va 13 diniy о‘quv yurti, (1 ta islom ma’xadi, 10 madrasa va 1 provaslav va 1 ta tо‘liq injil xristian seminariyasi) davlat rо‘yxatidan о‘tgan.
О‘zbekiston о‘zining mustaqil taraqqiyoti davomida barcha sohalarda erishgan yutuqlarini butun dunyoga namoyon qila olmoqda. Buni dunyo hamjamiyati vakillarining e’tirofidan ham bilsa bо‘ladi.
О‘zbekistonni xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishi 2007 yilda Islom Konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bо‘yicha muassasi (ISESCO) tomonidan 2007 yilda Toshkent shahrini islom madaniyati poytaxti deb elon qilinishida ayniqsa yaqqolroq namoyon bо‘ldi.
Shu munosabat bilan 2007 yil 14-15 avgustda О‘zbekistonda о‘tkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok etgan xorijlik mehmonlar О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida muhim fikrlarni bildirganlar. Jumladan, Tunisdagi Zaytuna universiteti rektori Salim Buvahiy fikriga kо‘ra “О‘zbek zaminida etishib chiqqan ulamolar islom madaniyatining rivojiga ulkan hissa qо‘shganini butun islom olami e’tirof etadi. Imom al-Buxoriy, Abu Lays Samarqandiy, Imom at-Termiziy kabi kо‘plab buyuk mutafakkirlarning boy merosidan butun dunyo ahli asrlar osha bahramand bо‘lib kelmoqda”.
Pokistonning Islomobod arab tilidagi qо‘lyozmalar markazi direktori Ahmad Xon О‘zbekistonga nisbatan shunday iliq sо‘zlarni izhor etadi: “Istiqlol yillarida mamlakatingiz rahbari tomonidan ajdodlaringiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy, noyob va boy merosni asrab-avaylash, о‘rganish va targ‘ib qilish hamda kelgusi avlodlarga etkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga havas qilsa arziydi. Toshkent konferensiyasida Imom al-Buxoriy ijodi va faoliyati, u qoldirgan boy merosni Pokistonda о‘rganish va targ‘ib qilishga oid mavzudagi ma’ruza bilan ishtirok etish niyatidaman”.
Birlashgan Arab Amirliklari appelyatsiya sudi sudyasi Hasan Abdulg‘affor al-Homidiy ilk taassurotlarini shunday bayon qildi: “ISESCO tomonidan Toshkentning 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi xalqaro miqyosdagi juda katta adolatli ish bо‘ldi. Zero, poytaxtingizning, butun О‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qо‘shgan hissasi beqiyosdir. Bu muqaddas zaminda islom madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shgan kо‘plab buyuk siymolar yetishib chiqqan. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhonuddin Marg‘inoniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ mutafakkirlar qoldirgan bebaho meros asrlar osha insoniyat tafakkurining rivojiga xizmat qilib kelmoqda. О‘zbekiston qadimiy yodgorliklar, muqaddas ziyoratgohlar va tarixiy obidalarga juda boyligi bilan ham dunyoga mashhur”.
Quvayt xalqaro xayriya jamg‘armasi va Osiyo musulmonlari qо‘mitasi ijrochi direktori Abdurahmon Avoziy quyidagi fikrlarni bildiradi: “О‘zbekistonga ilk bor kelgan bо‘lsam-da, mamlakatingiz tarixi va madaniyatiga oid kо‘plab kitoblarni о‘qiganman. Yurtingizda din, madaniyat, ilm-fan va ta’lim kabi kо‘plab sohalar istiqlol yillarida izchil ravnaq topayotganidan boxabarman. ISESCO tomonidan Toshkentning 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi biz, quvaytliklarni ham nihoyatda quvontirdi. Bosh kentingiz bunday sharafli unvonga munosibdir.
Toshkent konferensiyasiga tashrif buyurganimizdan asosiy maqsad dunyoning kо‘plab mamlakatlaridan bu anjumanga keladigan islomshunos olimlar bilan yaqindan tanishish, ular bilan dо‘stona aloqalarni yо‘lga qо‘yishdan iborat. Islom dini tinchlik, ezgulik, salomatlik, о‘zaro mehr-oqibat dinidir. Shu bois mamlakatingizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. О‘zbekiston bilan Quvayt о‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanmoqda. Quvaytda О‘zbekiston madaniyatiga va tarixiga qiziqish juda katta. Quvaytliklar о‘zbek zaminida tug‘ilib о‘sgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhonuddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalarning hayoti va ijodini, asarlarini katta qiziqish bilan о‘rganadilar.”
“Al-Alamiya” gazetasi bosh muharriri Saloh G‘adr Sajid Sulton fikriga kо‘ra “О‘zbekistonga joriy yilning iyun oyidagi tashrifim chog‘ida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi gо‘zal shaharlardagi kо‘plab me’moriy obidalarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bо‘lgan edim. Yurtingizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ajdodlaringizning boy merosini о‘rganish, targ‘ib qilish, madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va asrab-avaylash, ta’lim, fan va madaniyat kabi sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar о‘z samaralarini berayotgani tahsinga loyiq.
О‘zbekistondan, ayniqsa, ta’lim sohasida о‘rnak olsa arzigulik jihatlar juda kо‘p. Yurtingizga avvalgi tashrifim chog‘ida Hazrati Usmon (r.a.)dan yodgor – Qur’oni Karimning noyob qо‘lyozma nusxasi – “Usmon Mushafi”ni ziyorat qilish sharafiga muyassar bо‘lgan edim. Shuni ta’kidlamoqchimanki, “Al-Alamiya” gazetasida О‘zbekiston haqida kо‘plab maqolalar chop etganman va bundan keyin ham ushbu gо‘zal diyordan olgan taassurotlarimni arab ahliga matbuot orqali yetkazishini о‘z burchim, deb bilaman. Gо‘zal Toshkent azaldan islom madaniyati poytaxti bо‘lib kelgan va doim shunday bо‘lib qolishiga aminman”.
Yaponiyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari instituti ijrochi direktori Tetsuji Tanaka: “Shunday yirik xalqaro anjumanda ishtirok etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. О‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida qadimiy obida va me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash, tiklash va ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli xayrli ishlar tahsinga loyiqdir. Ikki oy avval yurtingizga kelganimda “Hazrati Imom” majmuini ziyorat qilgan edim. Qisqa fursat ichida yangidan bunyod etilgan ushbu majmua menda nihoyatda katta taassurot qoldirdi. ISESCO tomonidan Toshkentning 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi mamlakatingizda istiqlol yillarida milliy-madaniy qadriyatlarni tiklash borasida qilingan betimsol ishlarning, islom madaniyati rivojiga ajdodlaringiz qо‘shgan ulkan hissaning xalqaro e’tirofidir.
Tokio jamg‘armasining katta tadqiqotchisi, Yaqin Sharq va islom masalalari bо‘yicha mutaxassis Yoshiaki Sasaki: “О‘zbekiston jahon ilm-fani va islom madaniyati taraqqiyotiga bebaho hissa qо‘shgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhonuddin Marg‘inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi buyuk siymolari, qadimiy me’moriy yodgorliklari, tarixiy obidalari bilan dunyoga mashhur. Yaponiyada islom diniga e’tiqod qiluvchilar Imom al-Buxoriy tо‘plagan hadislarni katta qiziqish bilan о‘qib-о‘rganadilar.
Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, О‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Kelgusida о‘zaro aloqalarimiz barcha sohada yanada ravnaq topishiga ishonaman”.
О‘zbekiston mustaqillik davrida jamiyat hayotining barcha sohalarida erishgan yutuqlarning xorijlik mutaxassislar tomonidan e’tirofiga doir misollarni kо‘plab keltirish mumkin. Lekin buning uchun bitta kitob sahifasi yetarli emas.
Mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab yurtimizda dinlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash bо‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, diniy bag‘rikenglik fuqarolar totuvligining muhim omillaridan biriga aylandi. Mustaqillik yillarida din mavzuida qator simpoziumlar, chunonchi, muhim sanalar, butun dunyoga mashhur mutafakkir allomalarimizning yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar о‘tkazildi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda Qur’on (uch marta), Qadimgi Ahdning 16 kitobi va Yangi Ahd tо‘laligicha о‘zbek tiliga о‘girilib, nashr etildi.
2004 yil 21 dekabr kuni О‘zbekiston musulmonlari idorasida Respublika Kо‘rlar jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan Brayl yozuvidagi Qur’oni karim kitobi taqdimot marosimi о‘tkazildi. О‘zbekiston mazkur xayrli amaliyotni amalga oshirgan jahonning uchinchi mamlakati bо‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda 24 mingga yaqin kо‘zi ojizlar istiqomat qilmoqda. Endilikda maxsus maktab-internatlar, kutubxonalar hamda barcha istak bildirganlar mazkur Qur’ondan foydalanishlari mumkin.
Vijdon erkinligi –fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligihuquqi BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1981 yil 25 noyabrda qabul qilingan 36-55-son Rezolyusiyasida belgilangan insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. О‘zbekiston Konstitusiyasining 31-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligikafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yо‘l qо‘yilmaydi”, deb qayd etilgan.
Vijdon erkinligi demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismidir; u fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqligi, barcha diniy konfessiyalarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyat yо‘qligi, diniy idora ishlariga davlatning aralashmasligi, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish mumkin emasligini ifoda etadi. Vijdon erkinligidindorlarning diniy his-tuyg‘ularini haqoratlamagan holda diniy mutaassiblik, jaholatparastlik, da’vat va nizoga, ekstremizmga, qonuniy davlatga qarshi diniy partiya, jamoa, uyushma, harakat va jamg‘armalar tuzilishiga qarshi tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish erkinligini ham kafolatlaydi. Mazkur qonunning 1- va 4-moddalari fuqarolar о‘zlarining dinga bо‘lgan munosabatini erkin belgilash, marosim va udumlarni bajarish hamda qonun oldida barchaning dinga bо‘lgan munosabatlaridan qati nazar tengligiga kafolat beradi. О‘zbekistonda din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, shuningdek, kuch ishlatishni targ‘ibot qilish, millatlar va diniy tashkilotlar orasiga nizo solish uchun dindan foydalanish va konstitusiyaviy tuzum asoslariga qaratilgan harakatlar man etiladi. Rasmiy (qonuniy) maqomga ega diniy tashkilotlarning dinni targ‘ib etishda OAV va matbuotdan foydalanish erkinligi ham qonun doirasida kafolatlanadi. Masalan, О‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi о‘z gazeta va jurnallariga, nashriyot va kutubxonasiga ega bо‘lib, ularni tarqatishda aloqa muassasalaridan bemalol foydalanmoqda. Hozirgi davrda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya – uyushma mavjud bо‘lib, bularning eng yiriklari islom, pravoslav va yahudiylikdir. Ular ixtiyorida masjidlar,madrasalar, sinagogalar, cherkovlar, jurnal va gazetalar bor.
Bugun О‘zbekiston musulmonlaridanminglab fuqarolar haj ziyoratiga,umra safariga bemalol borib kelmoqdalar. Barcha fuqarolar uchun Vijdon erkinligitalablari va tamoyillarini amalga oshirish imkoni tо‘la ta’minlanib, u jamiyatimiz ma’naviy hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Vijdon erkinligiva diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bо‘lib, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi. О‘zbekistoning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Sо‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqod erkinligini ta’minlashimiz kerak. Biz odamlarning ma’naviy tarbiyasini о‘ylab, tinchlik va xayrli ishlarni kо‘zlab harakat qilayotgan har bir kishini qо‘llab-quvvatlaymiz, ular bilan hamkorlik qilamiz” . BMT Nizomidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning Konstitusiyasi va qonunlarida vijdon erkinligimasalasi о‘z ifodasini topgan. О‘zbekistondavlatining din sohasidagi siyosati ana shu deklaratsiyaning asosiy tamoyillariga mos tushadi. Dunyoviy davlatimizning din sohasidagi siyosati turli dunyoqarash, e’tiqodda bо‘lgan kishilar о‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat о‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini nazarda tutadi. Davlat qonunlarida diniy e’tiqod har kimning xususiy ishi deb belgilangan. Ayni vaqtda “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” (61-modda). Asosiy qonunimiz О‘zbekiston fuqarosini millati, irqi, jinsi va dinidan qat’i nazar, teng huquqli deb biladi, shuningdek, о‘z e’tiqodini erkin namoyon etish, ibodat qilish, urf-odatlar va milliy an’analarini davom ettirish va ularni hurmat qilishni kafolatlaydi. Konstitusiyada belgilangan ushbu qoidalar 1998 yilda О‘zR Oliy Majlisining 11-sessiyasida qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida»gi (yangi tahrir) Qonunda yanada kengroq ifodasini topdi. Ushbu qonuniy hujjatlarda belgilangan qoidalar dunyoviy demokratik davlatning dinga munosabatini aks ettiradi. Zero, О‘zbekistonda mustaqillik qо‘lga kiritilgandan keyin barpo etilgan milliy davlatbu – dunyoviy xarakterdagi davlatdir.
Diniy qadriyatlarni hurmatlash. Yer kurrasida eng kо‘p tarqalgan, jahon xalqlarining asosiy qismi e’tiqod qiluvchi va jahon dinlari deb tan olingan dinlar: buddaviyliq xristianlik va islom dinidir. Din inson hayotida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ba’zi mu¬rakkab ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalarni ham bajaradi. Xususan, u aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’na¬viy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan baxramand qilishga xizmat qiladi. Ayni paytda, har bir din turli urf-odat, marosim va bayramlar yordamida о‘z qavmi turmushini tartibga solish, nazorat kilishga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, dinda qabul qilingan urf-odatlarning unga e’tiqod qiluvchilar tomonidan о‘z vaqtida amal qilib borilishi ham shart qilib qо‘yilishini ta’kidlash zarur. Diniy bag‘rikenglik(tolerantlik) – xilma-xil diniy e’tiqodida bо‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yо‘lida hamkor va hamjihat bо‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yо‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g‘oya ezgulik yо‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.
Ma’lumki, dunyodagi dinlar asl mohiyatiga kо‘ra, ezgu¬lik g‘oyasiga asoslanadi va tinchliq yaxshilik, dо‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni xalollik, poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Inson hayotining asl maqsadi inson va tabiatga nisbatan odilona, oqilona munosabatda bо‘lish, doimo yaxshi, savobli ishlarni amalga oshirishdan iboratligini ta’kidlaydi. Shunday ekan, haqiqiy diniy qarashlar ortida diniy bag‘rikenglik yotadi.
Butungi globallashuv tendensiyalari turli sohalarda tobora avj olayotgan, natijada u yoki bu hududda yetakchi mavqega ega bо‘lish uchun goh yashirin va goh ochiqchasiga mafkuraviy, ayrim hududlarda geosiyosiy, geostrategik manfaatlar о‘zaro tо‘qnashayotgan, bir-birlari bilan ziddiyatga kirishayotgan davrda diniy g‘oyalardan foydalanish ham ba’zi siyosiy «о‘yinchi»lar uchun asosiy omillardan biri deb qaralmoqda. Ayniqsa, ayrim mintaqalarda islom dinidan foydalanishga urinish keng avj olmokda.
Diniy bag‘rikenglik, ya’ni nafaqat boshqa diniy konfessiya vakillariga nisbatan sabr-bardoshli bо‘lish, balki diniy e’tiqod erkinligiga huquqiy jihatdan ega о‘z vatandoshlariga nisbatan ham bag‘rikeng, sabr-kanoatli bо‘lish demokratok jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Demokratok davlat aynan shunday tamoyilga tayanadi, diniy e’tiqod erkinligini kafolatlaydi. Diniy va milliy bag‘rikenglik demokratok davlat va jamiyatning muhim talabi ekanining yana bir muhim jihati shundaki, bag‘rikenglik fuqarolararo totuvlikni ta’minlaydi, jamiyatda tabiiy ravishda uchraydigan ijtimoiy farqlarning keskinlashuviga, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaydi. О‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shu munosabat bilan milliy g‘oyamiz salohiyatidan tо‘laroq foydalanish zarurligini ta’kidlar ekan: «Milliyg‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qо‘yish, ularni yangi boskichga kо‘tarish, yosh avlodimizni hartomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat» , — deb yozadi.
Diniy bag‘rikenglik demokratik davlat qurish uchun, demokratik ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun ham nihoyatda zarur. Diniy bag‘rikenglik mazmun-mohiyatining о‘zi fuqarolar о‘rtasida о‘zaro tenglik, hamkorlik va hamjihatlik munosabatlari bо‘lishini taqozo etadi. Buni «diniy bag‘rikenglik» atamasiga berilgan ta’rifdan ham bilsa bо‘ladi. «Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati»da «diniy bag‘rikenglik»ka qо‘yidagicha ta’rif berilgan: «xilma-xil diniy e’tiqodda bо‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yо‘lida hamkor va hamjihat bо‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yо‘lida xizmat qilishini anglatadi». Hozirda bu g‘oya ezgulik yо‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir, deb baho beriladi.
Ushbu oyatlar mazmuni kishini diniy ekstremizmning islom diniga batamom zid bо‘lgan zо‘ravonlik mohiyatini anglashga, diniy bag‘rikengliq odamoxunlik, ya’ni insonparvarlik tomon yuz tutishiga olib keladi. Din haqida yuzaki tasavvur va bilimga ega bо‘lgan kishi esa, aksincha, jaholat botqog‘iga botadi, manfur siyosiy maqsadlarni kо‘zlab sodda kishilarni yо‘ldan uruvchi «da’vatchi» unsurlarga aldanadi. «G‘oyaga qarshi – g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat» shiorining asl mazmuni kishilarga, jamiyatga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatish, uni ekstremizm yо‘lidagi fojialardan qutkarishdir. Bir sо‘z bilan ifodalaganda, diniy ma’rifat va bag‘rikenglikni rivojlantirish demokratik, ochiq jamiyatni shakllantirish uchun g‘oyaviy asos bо‘ladi, hech qandayekstremizm va terrorizmga о‘rin qoldirmaydi. Chunki bunday sharoitda diniy ekstremizm va terrorizm uchun ma’naviy asos, baza yо‘qoladi, jamiyatda sog‘lom ma’naviy-g‘oyaviy muhit qaror topadi. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi qonunning katta ahamiyati bor.
Turli konfessiyalarning teng xuquqligi. О‘zbekiston kо‘pkonfessiyali mamlakat hisoblanadi. 130 dan ortiq millatga mansub 31 milliondan ziyod aholi 16 ta diniy konfessiyaga e’tiqod qiladi. Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab, respublikamizda e’tiqod erkinligi qonun an kafolatlandi, diniy an’ana va qadriyatlar rivojlanishi uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratila boshlandi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda 2200 dan ziyod diniy tashkilot rasman faoliyat yuritadi. Yildan-yilga aholi, jumladan, yoshlar о‘rtasida milliy о‘zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy kamolotga intilish hissi muntazam о‘sib bormoqda. Odatda, jamiyatda tinchlik-osoyishtaliq barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlashda turli dinlarga mansub aholi о‘rtasidagi totuvlik, hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda respublikamiz ijtimoiy-siyosiy barqarorliq dinlararo va millatlararo totuvlik buyicha dunyodagi 230 ga yaqin mamlakat ichida yetakchi о‘rinda turadi, desak hech mubolag‘a bо‘lmaydi. Shunday ekan, «yurtimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari о‘rtasida totuvlik¬ni, fuqarolararo ahillikni kо‘z qorachiqiday asrash, yaqin va uzoq qо‘shnilarimiz bilan hamkorlik va hamjihatlikda yashash, jamiyatimizda mehr-oqibat, sahovat va bag‘rikenglik muhitini yanada kuchaytirish har birimizning muhim vazifamiz bо‘lib qolishi zarur» .
Mamlakatimizda diniy bag‘rikengliq konfessiyalararo dо‘stlikni, fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar qonunoldida tengligini ta’minlash, ular о‘rtasida nizo yoki kelishmovchilik kelib chiqishining oldini olish davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, hayotning о‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari о‘rtasida о‘zaro hurmat hukm surgan sharoitdagina umumiy xonadonimiz, umumiy kelajagimiz va farzandlarimiz kelajagini qurish mumkinligini kо‘rsatib turibdi» . О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 31-moddasiga binoan, hamma uchun vijdon, imon-e’tiqod erkinligi kafolatlanadi, shu bilan birga, diniy qarashlarni majburlab singdirishga yо‘l qо‘yilmaydi. Konstitusiyamizning 20-moddasida shunday deyiladi: «Fuqarolar о‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasligi shart» . YA’ni, har bir fuqaro unga berilgan huquq va erkinliklar, jumladan, e’tiqod erkinligidan foydalanishda mamlakat tinchligi, dinlararo totuvlikka, millatlararo ahillikka zarar keltirmasligi lozim. О‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risidagi Konstitusion Konunining 4-moddasida aytilishicha, barcha fuqarolar dinga munosabatidan qati nazar qonunoldida teng bо‘lib, biror shaxs diniy e’tiqodini rо‘kach qilgan holda qonundan chetga chiqishi mumkin emas. Ushbu Qonunning 5-moddasiga kо‘ra: «Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar о‘rtasida о‘zaro murosa va hurmat о‘rnatilishiga kо‘maklashadi, diniy va о‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qо‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar о‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yо‘l qо‘yilmaydi. Davlat diniy konfessiyalar о‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qо‘llab-quvvatlaydi». Kо‘rinib turibdiki, agar har bir О‘zbekistonlik mazkur huquqiy asoslarga tо‘liq amal qilsa, boshqalarni ham shunga chaqirsa, diyorimizdagi tinchlik-osoyishtalik mustahkamlanaveradi, barqaror rivojlanish bir maromda davom etaveradi.
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda о‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yо‘lida mehnat qilib kelishmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bо‘yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, an’ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday e’tibor natijasida kо‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi. Shuningdek, asosiy Qonunimizda ham boshqa millat vakillarining haq-huquqlari kafolatlangan, jumladan: “О‘zbekiston Respublikasi о‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (4-modda). Mamlakatimizning barqaror rivojlanishi va ravnaq topishi, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoridan о‘rin egallashi, kо‘p millatli xalqimiz farovonligini oshirishning eng muhim ustuvor yо‘nalishlaridan biri bо‘lmish fuqarolik institutlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, hech mubolag‘asiz, mamlakatimizni demokratlashtirish, uning jahonhamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jamiyatimizda millatlar va dinlararohamjihatlik, barqarorlikni ta’minlash bо‘yicha oldimizga qо‘yilgan maqsadlarni rо‘yobga chiqarishning hal qiluvchi omili hisoblanadi.


Download 110,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish