1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar. Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi



Download 110,01 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi110,01 Kb.
#671007
  1   2   3
Bog'liq
6-seminar


7-MAVZU. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH


Reja:
1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar.
2.Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi.
3.Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va diniy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi о‘rni.


Tayanch sо‘zlar: millat, milliy munosabatlar, etnos, etnik birlik, elat, elatlar va xalqlar, diaspora, millatlararo munosabatlar, vatanparvarlik tuyg‘usi, kosmopolitizm mohiyati, millatchilik illati, mustaqillik davri, milliy–madaniy markazlar, millatlararo totuvlik, milliy g‘oya, umumbashariy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, konfessiya tushunchasi, vijdon erkinligi, diniy qadriyatlar, teng xuquqlilik.


1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmun-mohiyati.

Millat tushunchasi va unga turli xil yondoshuvlar. Millat (arabcha – xalq) tushunchasi – muayyan hududda istiqomat qiladigan, umumiy til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi etnoijtimoiy birlikni anglatadi. Millat — til, ma’naviyat, milliy о‘zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil subyekt sifatida о‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir. Millat ma’lum hududda barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyat yagonaligi asosida shakllanadi. U faqatgina “kapitalistik jamiyattning muqarrar mahsuli” emas, balki insoniyatning dunyoga kelishi va taraqqiyotining mahsulidir. Mutaxassislarning fikricha, yer yuzida uch minga yaqin millat bо‘lib, insoniyatning о‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. Qolgan 4 foiz elat va qabilalardir. Har bir millat aholisi bir necha о‘n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi. Millatlar besh yirik guruhga bо‘linadi: 1. Buyuk millatlar - aholi soni milliard va 100 milliondan ortiq, xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar. 2. Katta millatlar — aholi soni 50-100 million oralig‘ida — inglizlar, fransuzlar, ispanlar, olmonlar, turklar, arablar va b.3. Yirik millatlar — aholi soni 10-50 milliongacha — о‘zbeklar, portugallar, polyaklar, efioplar va b. 4.О‘rta millatlar — 1-10 million oralig‘ida, qirg‘izlar tojiklar, turkmanlar.5. Kichik millatlar - bir necha 10 mingdan 1 milliongacha, chechenlar, ingushlar, cherkaslar . Jahondagi 27 millat yer yuzi aholisining qariyb 75 foizini tashkil qiladi.


«Millat» murakkab xarakterga ega bо‘lgan etnik birlik hisoblanadi. Shuning uchun unga ta’rif berishda bugungi kungacha mavjud bо‘lgan ilmiy-falsafiy adabiyotlarda yakdillik yо‘q. Lekin ularni umumlashtiruvchi tomonlar alohida qayd etiladi. «Millat»,«milliy», «milliylik» kabi tushunchalar bizning tilimizga arab tilidan VIII asrda, ya’ni arab xalifaligi tomonidan Movarounnahrning zabt etilish davridan boshlab kirib kelgan. Ushbu tushunchalarning negizida «mil» iborasi yotadi. «Mil» tushunchasi arab tilida «о‘zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini ifodalaydi. «Millat» tushunchasi esa keng miqyosda qо‘llanilib, bir necha ma’noni beradi: 1)din, diniy jamoa; 2)ummat, ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi; 3)xalq, millat kabi ma’nolarni anglatadi1.
Falsafa qomusiy lug‘atida millat tushunchasiga zamonaviy ta’rif beriladi. Jumladan, unda «millat - bu til, ma’naviyat, milliy о‘zlikni anglash, ruhiyat, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan xududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil subyekt sifatida о‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir» , - deyilgan.
S.Otamurotov fikricha, “Millat deb yagona til, madaniyat (keng ma’noda) milliy о‘zlikni anglash ruhiyati (psixologiyasi va hissiyoti), urf-odatlari va an’analariyagonaligi asosida ma’lum hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan, о‘z davlatiga ega bо‘lgan mustaqil subyekt sifatida о‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi hamda yaratuvchi kishilarning etnik birligiga aytiladi”3. Keltirilgan bu ta’rifdagi yangilik millatning etnomadaniy va milliy munosabatlardagi о‘ziga xos subyekt sifatida namoyon bо‘lishini ifodalashda qо‘l keladi. Yana bir faylasuf olim A.Ochildiyev «...har qanday millat muayyan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tizimi bilan bog‘langan etnoijtimoiy birlikdir»1 –degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, millat tushunchasiga etnik va ijtimoiy birlikning uyg‘unligi nuqtai-nazardan qaralishi uning umumilmiy asoslarini har tomonlama о‘rganishga imkon beradi. Hozirgi davrda biz, millat deganda umumiy tilda sо‘zlashib, bir butun umumiyhududda istiqomat qilib turgan, birga iqtisodiy hayot kechiradigan, umumiy maydoni, ma’naviyva ruhiymuhitga ega kishilarning tarixiy shakllangan barqaror birligini tushunamiz.
“Etnos” tushunchasi yunon tilidan olingan bо‘lib, uning etimologik ma’nosi xalq, qabila, tо‘da, kishilar guruhi degan ma’nolarni anglatadi. Siyosatshunoslik fanlari doktori N.Mamanazarov yozganidek, bu termin (ya’ni “demos”-O.M.) kishilar guruhining muayyan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardaaktiv qatnashuviqismini anglatsa, “etnos”termini muayyan joy, ya’ni hududda yashovchi xalqning lokal guruhini anglatadi. Hozirgi paytda “etnos” termini faqatgina ilmiy doira va ilmiy adabiyotlardagina qо‘llansa, “xalq” termini esa, kundalikhayotning barcha ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalarida aktiv qо‘llaniladi. Shujihatdan ham “etnos” va “xalq”tushunchalari ma’lum ma’nodabir-biriga yaqin bо‘lsa-da, ammo mazmun va mohiyat jixatidan bir-biridan farq qiladi.
Tor ma’noda xalq atamasiel, elat, millat, aholi, xaloyiq, olomon, muayyan guruh vakillarini anglatadi. Xalq sо‘zi muayyan lokal hududda istiqomat qiluvchi aholiga nisbatan ham qо‘llaniladi. Masalan, qishloq xalqi, shahar xalqi va h.k. Kasb, muayyan mashg‘ulot yoki ma’lum tabaqaga mansub bо‘lgan kishilarga nisbatan о‘qituvchi xalqi, savdogar xalqi, dehqon xalqi kabi sо‘zlar ishlatilishi uchraydi. Zamonaviyxalqaro huquqda ham xalq atamasi keng qо‘llanadi. Xalq birinchi marta xalqaro huquq subyekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va о‘z taqdirini о‘zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqda xalqlar huquqi turli konvensiya va deklaratsiyalarda о‘z aksini topgan. Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyat tomonidan umumiy tan olingan yagona "xalq" tushunchasi hozirga qadar ishlab chiqilmagan, faqat xalqaro huquqda emas, balki etnografik adabiyotda ham "xalq" tushunchasiga oid bahs-munozaralar XIX asrdan buyon davom etib kelmoqda. Xalq sо‘ziga berilgan kо‘pgina tavsiflardan kelib chiqib (xalqaro huquq doktrinasida 100 dan ortiq tavsiflar mavjud) shunday ta’riflash mumkin: xalq ma’lum bir davlat fuqarolarining umumiy birligini anglatadi. muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqa guruhlardan о‘z tili, ruhiy-psixologik holati va madaniyati, shuningdek, umumiy ongi va nomlanishi bilan farq qiluvchi siyosiy yoki etnoijtimoiy birlik yig‘indisi esa - etnosdir.Xalq atamasi gohida millat tushunchasiga sinonim sifatida ham ishlatiladi. О‘zbekiston xalqining tarixiy shakllanish jarayoni etnotarixiy makon bilan chambarchas bog‘langan bо‘lib, ushbu zaminda xalq sifatida rivojlanib kelayotgan etnik birlikdir. О‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Biz jahon maydonida kuni-kecha paydo bо‘lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz, xalqimiz kо‘hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bо‘lgan zamonlardan buyon о‘z hayoti, о‘z madaniyati, о‘z tarixi bilan yashab keladi», degan fikrlari о‘zbek millati vakillarining ushbu hudud xalqi sifatida etnotarixiy ildizining teranligidan dalolatdir. Darhaqiqat, tarixiy ildizlari mustahkam bо‘lmagan xalq etnosiyosiy maydonda yirik, qudratli bir davlatchilikni shakllantirib, kelajak avlodlarga milliy davlatchilik negizlarini, osmonо‘par madaniy yodgorliklarni meros sifatida qoldira olmas edi. Shu jihatdan ham о‘zbek xalqining shakllanish jarayoni va rivojlanish bosqichlari ushbu zamin bilan mustahkam bog‘liklikda bо‘lib, qadimiydir.
Sobiq Ittifoqda 1926 yilda о‘tkazilgan aholi rо‘yxatida 230 dan ortiq millat va elat yashaydi, deyilgan bо‘lsa, 1959 yilgi aholi rо‘yxatida bu raqam 129 taga tushib qolgan. Demak, 100 dan ortiq elat, asosan, kam sonli xalqlar о‘z milliy qiyofalarini yо‘qotib, kо‘p sonli xalqning miqdorini oshirgan. SHо‘roviy mafkura “о‘z rivojlanishiga kо‘ra orqada qolgan kо‘pgina elatlar, asosan, kichik elatlar, millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular vaqt о‘tishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan boshqa elat va millatlar bilan yaqindan aloqa qilishga о‘tishi natijasida ilg‘or xalqning madaniyati, tilini о‘zlashtiradi va asta-sekin о‘sha millatning tarkibiga singib ketadi”, deb uqtirardi. (Bu kо‘chirma О‘zbek Sovet Ensiklopediyasining 13-jildidan keltirildi). Bundan kо‘rinadiki, Chor Rossiyasida XVI asrning о‘rtalaridan boshlangan bunday siyosat shо‘ro davrida ham pinhona davom ettirildi. Shunisi qiziqki, qayerdaki milliy uyg‘onish yuz berib, milliy mustaqillik talab etilsa, shu xalqni, shu xalq rahbarlarini separatizmda ayblash mustamlakachilarga xos usuldir. “Separatizm” lotinchadan olingan atama hisoblanib, ajralib chiqishga, alohida bо‘lishga intilish ma’nosini bildiradi. Masalan, bir butun mamlakatning bir viloyati ajralib chiqishni istasa — bu separatizm bо‘ladi, bu harakatning tepasida turganlarni separatchi - ayrmachi deyish mumkin. Bunday intilishlarni sog‘lom fikrli hech bir kishi oqlamaydi va yoqlamaydi. Bu mamlakatning yaxlitligiga rahna soladi, butun bir xalqni parokanda qiladi. Lekin tili, dini, turmush tarzi mutlaqo boshqacha bо‘lgan, о‘z vataniga ega bir xalqning mustaqillikni istab, hukmron tuzum iskanjasidan ajralib chiqishi separatizm emas, balki milliy davlatchilikni tiklash yо‘lidir. О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu tamoyil mazmuniga mos keladi.
Elat bilan yaqin ma’noda diaspora tushunchasi ham qо‘llaniladi. Diaspora yunoncha diaspora -tarqalish ma’nosida bо‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda о‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan О‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi). Konstitusiyaviy huquqda «diaspora» tushunchasidan о‘z vatandoshlariga nisbatan davlat siyosatini yuritishda foydalaniladi.
Millatlararo munosabatlar. Vatanparvarlik, kosmopolitizm, millatchilik. Millatlararo munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar о‘rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Ma’lumki, bugun jahonda mavjud 200dan ziyod mamlakatda ikki mingga yaqin millat, elat va qabila yashaydi. Ular 5 yarim mingdan ortiq tilda sо‘zlashadi. Bu tillarning 100 dan kо‘prog‘igina о‘z yozuviga ega. Millatlararo jarayonlarning eng xarakterli tomoni shundaki, insoniyat aql-zakovati yuksalgani sayin millatlar о‘zaro assimilyatsiyalashish tomon emas, balki о‘zlarining “men”ini namoyish qilish, tasdiqlash sari jadal sur’atlar bilan harakat qilmoqda. Hali jahonda mavjud birorta millat, yoki elat ixtiyoriy ravishda boshqa millatlar bilan qо‘shilib ketgan emas, aksincha ayrim millatlar qashshoqlikning og‘ir kulfatlariniboshidan kechirishga majbur bо‘lsalar-da ozodlik, erkinlik kabi qadriyatlardan voz kechmaganlar. Ular ozod, mustaqil yashab, о‘z urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini muqaddas bilib, fidoyilik kо‘rsatib kelganlar. Millatlararo munosabatlar deganda turli millat va elatlarning iqtisodiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalarda sodir bо‘ladigan о‘zaro aloqalar majmuini tushunmoq kerak. Bunday aloqalar,kо‘p millatlar yashaydigan ayrim bir mamlakat ichki hayotida yoxud turli mamlakatlarda yashaydigan millatlar о‘rtasida amalga oshadi. Bugungi kunda jahonda aholisining tarkibi faqat birgina millatdan tarkib topgan mamlakatni yoki davlatni topish qiyin. Xuddi shu ma’noda ham mamlakatlar, davlatlar о‘rtasida amalga oshiriladigan turli sohalardagi aloqalarda ularda yashayotgan millatlarning dо‘stona munosabatlari har qanday davlat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Ana shu omil qanchalik mustahkam bо‘lsa, davlatlar о‘rtasida olib boriladigan turli sohalardagi aloqalar xam shu darajada mustahkam bо‘ladi va har ikki tomon kutayotgan natijalarni beradi. Kо‘p millatli davlatlarda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish shu mamlakatda barqarorlik va taraqqiyotning kafolati, uning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omildir. Chunki har qanday davlatda milliy nizolar va ziddiyatlar о‘sha davlatda barqarorlikning barbod bо‘lishiga va oxir-oqibatda uning yemirilishiga olib keladi. Shuning uchun ham, har qanday mamlakatda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirib borish davlat siyosatining eng ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi.
Vatanparvarlik, bu-О‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni tuzish, tabora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yо‘limizdan qaytarish, odamlarning yuragiga vaxima va qо‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kuniga bо‘lgan ishonchini yо‘qotish, bir-biriga qarshi qо‘yish, yurtimizda, mintaqamizda о‘z manfaati, о‘z siyosatini о‘tkazishga harakat qilayotgan g‘animlarga qarshi kurash demakdir.
Vatanparvarlik nihoyatda serqirra tushuncha bо‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yangicha ma’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadr-qimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha yuksak bо‘ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarlikning yangi-yangi qirralari namoyon bо‘lib boradi. Haqiqiy vatanparvarlik Vatanga, ona zaminga, о‘z xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yо‘lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug‘ilganda jonini fido qilishni nazarda tutadi. Har jabhada Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlardan quvonish, og‘ir kunlarida uning uchun qayg‘urish, о‘z yurti bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich yeri, har bir g‘ishti va giyohiga, qadimiy va zamonaviy obidalari, ilm-fan va san’atdagi yutuqlarini, moddiy va ma’naviy boyliklarini kо‘z qorachig‘idek asrab-avaylash – bularning barchasi vatanparvarlikdir. Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Inson о‘z yurtini qanday bо‘lsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bо‘ladi:
1) bilish – Vatan ttushunchasiga xos qadriyatlarni egallash;
2) e’tiqod – mazkur qadriyatlar tо‘g‘risida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish;
3) harakat – bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish.
Shuni esda tutish kerakki, tarixda bu tushunchaning haddan tashqari bо‘rttirib yuborilishiga doir qarashlar ham keng tarqalgan. Bunday qarash kosmopolitizm (yunon. kosmopolites — dunyo fuqarosi) g‘oyasida о‘z ifodasini topib, amalda dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechishni targ‘ib qilgan. Kosmopolitizm- ya’ni, qayerda yaxshi hayot bо‘lsa о‘sha yerni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yо‘qotadi, g‘ururni о‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir.



Download 110,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish