3. Gidroyuritmalar haqida ma`lumot.
10-mavzu: Gidromatorlarning sinflanishi, gidrotsilindrlar va gidroaparatlar
Reja
1. Kuch gidrodvigatellarining tuzilishi va vazifalari.
2. Rotorli gidrodvigatellar.
1. Kuch gidrodvigatellarining tuzilishi va vazifalari.
2. Rotorli gidrodvigatellar.
11-mavzu: Harakat о‘zgartirgichlari va ularning sinflanishi.
Reja
1. Harakat о‘zgartirgichlari haqida.
2. Datchikalr haqida ma`lumot
3.Potensiometrik datchiklar, ularning qо‘llanilishi, xususiyatlari va ishlash tamoyillari.
Маълумки, ҳозирга келиб бирор-бир соҳани техникасиз тасаввур қилиш қийин. Ҳар қандай соҳа, у ишлаб чиқариш бўладими, кундалик турмуш бўладими ёки маиший хизмат бўладими, ҳаммаси техника хизматидан фойдаланишга мажбур. Ҳар қандай ишлаб чиқариш маълум технологик жараён асосида боради. Бу технологик жараёнларни кетма-кетлиги, жараён параметрларини қиймати тажрибалар асосида ёки илмий изланишлар ёрдамида аниқланган ёки жорий этилган. Технологтк жраёнлар қандай соҳада бўлишидан ташқари маълум физик парметрларга эга. Мисол учун оддий буекни таерлаш учун ҳам уни таркибини ташкил этувчи элементлар миқдорий ўлчаши, бўёқни тайёрлашда зарур бўлган температура, реакция амалга ошириладиган бўлса, реакцияни бориш вақти, жараён босими. Ундаги сув миқдори, сарф бўлаётган энергия ва бошқалар технологик жараён параметрлари ҳисобланади. Санаб ўтилган физик параметрларни миқдорини бахолаш ва ўлчаш учун физик датчиклардан фойдалниш зарур бўлади. Ҳозирда мавжуд барча технологик жараёнларни умумлаштирилганда қуйидаги параметрларни санаб ўтиш мумкин:
температура;
босим;
сатҳ;
сарф;
масса;
намлик;
шаффовлик;
сирт теккислиги;
мустахкамлик;
ток ўтказувчанлик;
тебраниш характери;
маҳсулот таркиби.
Бу санаб ўтилган параметрлани аниқлаш учун бирор қурилма ёки тизим зарур бўлади. Ходиса ёки воқеа бўйича бирламчи информациани олиш имконияти бўлган қурилмаларни датчик(хабар берувчи) деб аталади. Аксарият датчиклар қаттиқ жисмлардан яратилган. Бу датчикларни тузилиши ва улардан фойдаланишни ўргатувчи, бу бизни курсимиздир.
Биринчи навбатда асосий эътибори технологик жараённи кузатиб бориш қандай амалга оширилишини таҳлил қиламиз. Ҳар қандай технологик жараённи боришида юқорида айтиб ўтилгандек, аниқ технологик йўриқнома (карта)дан фойдаланилади. Жараён картага мос бўлиши учун унинг параметрларини солиштириб бориш лозим. Солиштиришни амалга ошириш учун уни датчик ёрдамида ўлчаш лозим. Масалан автомобилларни таъмирлаш жараёнида бўяш учун кузовни температурасини маълум оралиқда ушлаб туриш лозим. Агар бу оралиқ ушлаб турилмаса, бўяшда яхши натижа олинмайди. Оддий бетон қуйишда ҳам цемент миқдори билан шағал миқдори пропорцияси ушлаб турилмаса, тўғри натижа олинмайди. Кимёвий реакциялар маълум босим остида амалга оширилади. Санаб ўтилган ҳолларда температурани ўлчаш учун термодатчикдан, бсимни ўлчаш учун босим датчигидан, миқдорни аниқлаш учун оғирликни ўлчаш датчигидан фойдаланиш зарур бўлади.
Агар технолог ёки фойдаланувчи зарурий датчиклардан фойдаланишни билмаса мақсадга эриша олмайди.
Ҳозирги замон электроника мутахассиси датчиклардан фойдаланишни, датчикларни тузилишини била олмаса, етарли даражадаги мутахассис бўлла олмайди. Чунки аксарият бирламчи датчикларни асосини электроника элементлари ташкил этади.
Бизни курсимиз электроника ва микроэлектроника йўналиши талабаларини охирги семестирида ўқилишига сабаб, курсни ўрганишда шу давригача олинган барча техник билимларга таянилади. Олдин ўрганилган деярли барча фанлар таянч билим бўлиб хизмат қилади. Демак курсни ўрганишда қуйидагилара эришилади:
технологик жараёнлардаги физик ҳодисаларни боришини тушиниш;
физик параметрларни ўлчаш датчикларини тузилишини ўрганиш;
физик параметрларни ўлчов бирликларини мукаммал ўрганиш;
технологик жараёнларни боришида параметрларни таққослай билишни ўрганиш;
датчикларни уланишини электрон схемаларини ўрганиш;
иккиламчи ўлчов қурилмаларини ишлаш принципларини ўрганиш;
мустақил ҳолатда баъзи датчикларни ташкил этишни билиш.
Ҳозирги замон технологик жараёнларда замонавий электрон қурилмалардан фойдаланилмоқда. Уларда жараёнларни бориши замонавий датчиклар ёрдамиада назорат қилиниб бошқарилмоқда. Бу ерда оддий суюқлик сатҳининг доимий ўлчаб назорат қилиб борувчи радиацион датчикдан фойдаланилаётганда, шу датчиклар ёрдамида одамсиз учувчи самолётларни бошқарилишини солиштириш етарлидир.
Инсоният ҳозирги замон электрон датчиклардан фойдаланилган ҳолатда фан ва техникада жуда катта имкониятларга эга бўлмоқдалар. Бунга бир мисол қилиниб, медицинада кенг фойдаланилаётган ультра товуш датчикларини ва инсоннинг ихтиёрий органларини суратга олиб ихтиёрий кесимда бераётган магнитотомографияни эслатиш етарлидир.
2. Datchikalr haqida ma`lumot
О‘lchov о‘zgartgichi yoki datchik har qanday avtomatik boshqarish sistemasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, nazorat qilinayotgan parametrni qabul qilish va uni о‘lchash hamda sistemaning keyingi elementiga uzatish uchun oson bо‘lgan boshqa parametrga о‘zgartirishga xizmat qiladi.
Har qanday fizik tabiatga ega bо‘lgan, nazorat qilinayotgan parametr datchiklar yordamida chiqishda mexanik yoki elektrik parametrlarga aylantirilishi mumkin. Elektr chiqishli datchiklar mexanik datchiklarga nisbatan, masofadan turib о‘lchash, chiqish signalini kuchaytirish va undan boshqarishda foydalnish osonligi, kam xatoga yо‘l kо‘yishligi kabi afzalliklarga ega. Shuning uchun ushbu datchiklar kо‘proq qо‘llanishga ega.
Avtomatik boshqarish sistemalarida ishlatiladigan, bevosita boshqaruv obyektlarida о‘rnatiladigan elektr datchiklar parametrik va generatorli datchiklar guruhiga bо‘linadi. Parametrik datchiklar nazorat qilinayotgan har qanday fizik tabiatga ega parametrni elektr zanjirga ulangan rezistor R, induktivlik L yoki sig‘im S qarshiliklaridan birini о‘zgarishiga aylantirib beradi. Odatda bu elementlar chiqishda kuchlanish hosil bо‘ladigan har xil о‘lchov sxemalari (kо‘prik, potensiometr, logometr)ga ulanadi. Generatorli datchiklar nazorat qilinayotgan parametrni EYUK ga aylantirib beradi.
Parametrik datchiklar uchun ta’minlovchi manba kerak bо‘ladi, generatorli datchiklar uchun esa, u talab etilmaydi. Hozirgi paytda laboratoriyada о‘tkaziladigan tekshiruv ishlarida, ishlab chiqarishdagi avtomatik qurilmalarda bir-biridan ishlatilishi, konstruksiyasi va ish prinsipi bilan farqlanadigan turli-tuman datchiklar ishlatiladi.
Eng kо‘p tarqalgan parametrik datchiklar:
a) reostatli (rezistorli) – bularda nazorat qilinayotgan parametr (masalan siljish) aktiv qarshilik о‘zgarishiga aylantiriladi;
b) termoqarshilik datchiklari (qarshilik termometrlari) - harorat о‘zgarishini elektr о‘tkazgich (sim) yoki yarim о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantirib beradi;
v) tenzometrik (simli) datchiklar – mexanik deformatsiyani sim yoki yarim о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantiradi;
g) induktiv datchiklarning ish prinsipi pо‘lat yakor siljiganda simli g‘altakning induktiv qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan;
d) sig‘im datchiklarining ish prinsipi siljishlar sodir bо‘lganda reostat sig‘imining о‘zgarishiga asoslagagn;
ye) fotoelektrik (fotorezistor) datchiklarning ish prinsipi yorug‘lik oqimi ta’sirida ularning elektr о‘tkazuvchanligining keskin о‘zgarishiga asoslangan.
Kо‘p qо‘llanishga ega bо‘lgan generatorli datchiklar:
a) termoelektrik datchiklar (termojuft). Bularning ish prinsipi о‘lchanayotgan parametr (harorat) о‘zgarganda, termojuft zanjirida hosil bо‘ladigan termoelektrik effektga asoslangan;
b) induksion datchiklar – chiziqli yoki burchak siljishlarini EYUK ga aylantirib beradi;
v) pyezoelektrik datchiklar ish prinsipi ba’zi bir kristallar (kvars, segnet tuzi) ning mexanik bosim ta’sirida kutblanish hodisasiga asoslangan.
Datchiklarning asosiy kо‘rsatkichlari bu: statik tavsif, sezgirlik, xatolik, inersionlik, vaqt doimiysi va b.q. dir.
Kirish signali ning о‘zgarishi bilan chiqish signali ning о‘zgarishi о‘rtasidagi funksional bog‘lanish ( =f ) datchikning statik tavsifi deb ataladi.
Chiqish signali о‘zgarishini kirish signali о‘zgarishiga nisbati datchikning sezgirligi S deb ataladi, ya’ni .
Datchikning chiqishida hosil bо‘lgan signal bilan uning nominal qiymati о‘rtasidagi farq datchikning xatosi deb ataladi. Datchiklar yuqori sezuvchanlikka va kichiq xatolikka ega bо‘lishlari kerak.
Quyida avtomatik boshqarish sistemalarida tо‘kimachilik korxonalari texnologik jarayonlari parametrlarini о‘lchashda kо‘plab qо‘llanadigan datchiklarning ba’zi birlarining tuzilishi va ish prinsipi bilan tanishamiz.
Avtomatik rostlash tizimining muhim va asosiy funksional elementlaridan biri о‘zgartgich bо‘lmish-datchikdir. Datchikning xizmat burchi-ART nazorat yoki rostlanuv qiymatini rostlash uchun qulay bо‘lgan navbatdagi elementga ta’sir etuvchi qiymatga aylantirishdan iborat.
Datchiklarning chiqish qismi mexanik va elektrik qiymat bilan ifodalanishi mumkin. Ular parametrik va generatorli guruhlarga bо‘linadi. Parametrik datchiklarda nazorat ostidagi parametr elektr parametriga aylantiriladi (aktiv qarshilik, induktivlik, sig‘im).Generatorli datchiklarda nazorat parametri elektr yurituvchi kuch (EYUK)ga aylanadi. Generatorli datchiklarda qо‘shimcha energiya talab qilinmaydi, parametrik datchiklarda esa, qо‘shimcha energiya talab etiladi. Datchiklarning tavsiyalovchi asosiy sifat kо‘rsatkichi va parametrlari bо‘lib statik tavsif hisoblanadi. Statik tavsif deganda datchik chiqish qismidagi qiymatni kirish qismidagi qiymat nisbati ga aytiladi. U iloji boricha: chiziqli kо‘rinishga, aniqlik S ga ( -tegishli ravishda chiqish va kirish parametrlarining о‘sishi); absolyut xatolik ga (haqiqiy va о‘lchangan qiymatlar orasidagi farq , ya’ni =xd-xz); nisbiy xatolik ga ( %); keltirilgan xatolik ga ( %) ega bо‘lishi kerak.
Datchiklar yuqori aniqlik va kichik xatolikka ega bо‘lishlari muhim talablardan hisoblanadi.
Paxta tozalash sanoatida elektrik va noelektrik datchiklar harorat, namlik, siljish, kuch, tezlik, satx, bosim, sarf va boshqa parametrlarni о‘lchashda qо‘llanadi.
Elektrik datchiklar ishlash prinsipiga kо‘ra turli guruxlarga bо‘linadi. Bular quyidagilar: kontaktli, potensiometrik, tenzometrik, elektromagnitli, fotoelektrik, ultratovushli va x.k. Shuni takidlash lozimki, bu qator uzluksiz ortib boradi: fan-texnikaning rivojlanishi yangi-yangi fizik xodisalar, materiallar yaratilishiga sabab bо‘ladi.
Datchiklarga turidan qat’iy nazar ularga quydagi asosiy texnik talablar qо‘yiladi: aniqlik, sezgirlik, tezkorliylik, ishonchliylik, narxi, о‘lchamlar, og‘irligi.
Kantaktli datchiklar parametrik datchiklar turkumiga kiradi, chunki ularning elektr qarshiligi mexanik kirish kattaligi ta’sirida о‘zgaradi. Ularning statik xarakteristikasi releli kо‘rinishga ega.
Katodli datchiklar sifatida yo’l va oxirgi uzgichlari keng ishlatilinadi. Ular tо‘g‘risidagi batafsil malumotlar kelgusi mavzularda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |