1. Mexanikada saqlanish qonunlari



Download 10,47 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi10,47 Kb.
#522232
Bog'liq
2 5210714526063793578



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FIZIKA VA TEXNOLOGIK TA'LIM FAKULTETI FIZIKA VA ASTRONOMIYA O'QITISH METODIKASI YO'NALISHI 3 - bosqich 121-19 - guruh talabasi Hamidova Munojatning Umumiy fizika fanidan KURS ISHI MAVZU : " Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni " BAJARDI : M.Hamidova RAHBAR : X. Bekmirzayeva
Mavzu: Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni.

Reja:
|. KIRISH.


||. ASOSIY QISM:


1. Mexanikada saqlanish qonunlari.


1.1. Impuls. Impulsing saqlanish qonuni. Absolyut noelastik urilish.
1.2. Mexanik energiya. Mexanik energiyaning saqlanish qonuni. Mutlaq elastik urilish.
1.3. Impuls momentining saqlanish qonuni.

2. Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni.


2.1. Kinetik va potensial energiya.
2.2. To'la mexanik energiyaning saqlanish qonuni.

3. Mexanikada saqlanish qonunlarining ahamiyati.


|||. XULOSA.


||||. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


1. Mexanikada saqlanish qonunlari.

Fizikaning boshqa sohalari kabi , kvant mexanikada ham zarrachaning holatini va bu holat o'zgarishini ifodalovchi dinamik kattaliklarning bir qator saqlanish qonunlari fundamental ahamiyatga egadir . Shunday saqlanish qonunlari qatoriga energiya , Impuls va Impuls momenti saqlanish qonunlarini va ulardan tashqari faqat kvant mexanikaga xos bo'lgan juftlikning saqlanish qonunini ham kiritish mimkin . Klassik mexanikada vaqtning bir jinsliligidan energiyani saqlanish qonuni , fazoning bir jinsliligidan impulsning saqlanish qonuni va fazoning izotropligidan impuls momentining saqlanish qonuni kelib chiqadi .


Saqlanish qonunlari — baʼzi bir fizik kattaliklarning son qiymatlari istalgan jarayonlarda vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay qoladigan fizik qonuniyatlar. Saqlanish qonunlaridan eng muximi massa, energiya, impuls, harakat miqdori momenti, elektr va barion zaryadlarning Saqlanish qonunlaridir.
1.1. Impuls. Impulsing saqlanish qonuni. Absolyut noelastik urilish.

«Impuls» lotincha impulsus so’zidan kelib chiqqan bo’lib, lug’aviy ma`nosi «turtki» demakdir. Mexanikada bu atama bilan ikkita kattalik belgilanadi: kuch impulsi va jism impulsi.


1. Kuch impulsi. Jismlarning o’zaro ta`siri natijasi faqat kuchgagina emas, balki ularning o’zaro ta`sirlashish vaqtiga ham bog’liqdir. Bunga quyidagi tajribalarda ishonch hosil qilish mumkin. Gorizontal oyna ustiga po’lat sharcha qo’yamiz. Sharchaning ustidan kuchli magnitni tez o’tkazamiz, sharcha joyidan salgina qo’zg’alganini sezamiz. Endi magnitni sharcha ustidan sekinroq o’tkazib tajribani takrorlaymiz, bu holda sharcha harakatga keladi va magnit orqasidan ergashib harakatlanadi. Eksperiment o’zaro ta`sir natijalari o’zaro ta`sir vaqtiga bog’liqligidan dalolat beradi.
Biz stol chetida turgan qog’oz varag’i ustiga suv to’ldirilgan stakan qo’yamiz. Agar qog’ozni sekin tortsak, u holda stakan qog’oz bilan birga surilib keladi Agar qog’ozni gorizontal yo’nalishda keskin tortsak, u holda qog’oz stakan ostidan chiqib ketadi, stakan esa o’z joyida qoladi O’tkazilganbtajribalar jismlarning o’zaro ta`sir natijalari faqat kuch kattaligiga emas, balki uning ta`sir vaqtiga ham bog’liqligini ko’rsatadi. Shuning uchun fizikada kuch ta`sirini xarakterlash uchun maxsus kattalik - kuch impulsi kiritilgan. Kuchning biror vaqt oralig’idagi ta`sirining o’lchovi bo’lib hisoblanuvchi fizik vektor kattalikka kuch impulsi, deb ataladi.Kuch impulsi kuchni uning ta`sir vaqtiga ko’paytmasi bilan o’lchanadi:

I=Ft

bunda I - F kuchning t vaqt davomidagi impulsi.

Kuch impulsining yo’nalishi kuchning yo’nalishi bilan mos tushadi. Xalqaro birliklar sistemasida kuch impulsi birligi qilib 1 s davomida ta`sir 1 N kuch impulsi (Nyuton-sekund) qabul qilingan.


[I]=1 N•s


2. Jism impulsi yoki harakat miqdori. Faraz qilaylik, qiya estakada bo’ylab 2 kg massali paxta to’ldirilgan qop 5 m/s tezlik bilan sirpanib tushsin. Estakada etagida (pastda) qopni qo’l bilan oson to’xtatib qabul qilib olish mumkin. Agar estakadadan xuddi shunday tezlik bilan qum solingan qop sirpanib tushayotgan bo’lsa, uni qo’l bilan to’xtatib olish mumkin emas. 5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan massani 9 g bo’lgan o’qni juda yupqa gazlama yoki karton qog’ozi bilan to’xtatish mumkin, biroq miltiqdan 800 m/s tezlik bilan otilgan xuddi shu o’qni deyarli uchta qalin taxta yordamida ham to’xtatish mumkin emas. Demak, jism harakatini xarakterlash uchun faqat uning massasini yoki tezligini bilish yetarli emas. Shuning uchun mexanik harakatlarning o’lchovlaridan biri sifatida maxsus kattalik - jism impulsi (harakat miqdori) kiritilgan. Mexanik harakatning o’lchovi hisoblanuvchi fizik vektor kattalikka jismning impulsi deyiladi.Jism impulsi jism massasining uning harakatlanish tezligiga ko’paytmasi bilan o’lchanadi:


p=mv

P - v tezlik bilan harakatlanayotgan massali jism impulsi.

Xalqaro birliklar sistemasida impuls birligi qilib, 1 m/s tezlik bilan harakatlanuvchi massasi 1 kg bo’lgan jism impulsi (sekundiga kilogramm metr) qabul qilingan:


[P]=1 kg• 1 m/s =1 kg•m/s.


3. Kuch impulsi va jism impulsi orasidagi munosabat. Faraz qilaylik, massali jism tezlik bilan harakatlansin. Keyin bu jism t vaqt davomida boshqa jism bilan kuch bilan o’zaro ta`sirlashsin. Bu o’zaro ta`sir jarayonida jism quyidagi tezlanish bilan harakatlansin bunda -o’zaro ta`sir oxiridagi jism tezligi. Biroq, Nyutonning ikkinchi qonuni bo’yicha bo’lsin. Binobarin yoki Hosil qilingan formulada


-kuch impulsi,

-jismning o’zaro


ta`sirlashguncha impulsi,


-jismning o’zaro ta`siridan keyingi impulsi,


-


o’zaro ta`sir natijasida jism impulsining o’zgarishi.Shunday qilib, jism

impulsining o’zgarishi o’zaro ta`sir kuchi impulsiga teng.




Download 10,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish