1. Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti,aholining turmush tarzi. Shahar davlatlarning paydo bo’lishi, qo’shni davlatlar bilan aloqalar, Shumer- akkad podsholigi



Download 129.33 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi129.33 Kb.

Aim.uz

Mavzu: Ikki daryo oralig’ida Shumer- shahar davlatlarining paydo bo’lishining ijtimoiy-iqtisodiy omillari.


Reja:
1.Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti,aholining turmush tarzi.
2.Shahar davlatlarning paydo bo’lishi, qo’shni davlatlar bilan aloqalar, Shumer- Akkad podsholigi.
3.Mesopotamiya madaniyatining o’ziga xos tomonlari,dini va madaniyati.

1.Mesopotamiyaning tabiy sharoiti,aholining turmush tarzi.Dajla va Frot daryolarining o’rta va quyi oqimidagi mesopotamiya qadimgi sharqning madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Mesopotamiya ba’zan ,,tamaddun beshigi “ deb ataladi, bunga sabab qadimda bu mintaqada Shumer,Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari mavjud bo’lganligidir. Qadimgi Mesopotamiya bugungi kunda Tigr va Yevfrat(Dajla va Frot) daryolari orasidagi asosan hozirgi Iroq Respublikasi hamda, Suriyaning shimoliy-sharqiy qismi, janubiy- sharqiy Turkiya va g’arbiy Eron hududlarida joylashgan.Bu hudud qadimdan qulay geografik hududda ya’ni, Osiyoni Yevropa va Afika bilan bog’lovchi yo’llar kesishgan joyda joylashgan. Dajla va Frot daryolari oralig`idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atamaning tarjimasi ikki daryolik yoki ikki daryo oralig`i degan ma’noni anglatadi.

Urush paytida sardorlar saylangan bora –bora ularning doimiy hukmronligi natijasida ularni podsholar deb atashgan. Ular davlarni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo`shinlarga tayanib boshqarganlar. Mil. avv. II mingyillikda Shumer –Akkad davlati ko`chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanadi. Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. “Bobil” so`zining ma’nosi esa “xudolar davrozasi” degan manoni anglatadi.*Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtiradi. Xamurrapi davlatni boshqarish uchun o`z qonunlari to`plamini ishlab chiqadi. Qonunlar to`plamining matnlari mamlakatning barcha shaxarlarida o`rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo`yilgan. Xamurappi deyarli 30 yil davomida qo`shni mamlakatlarni o`ziga bo`ysindirish uchun tinimsiz kurash olib bordi. Xamurappi vafotidan so`ng qariyb 150 yil davomida Bobil poytaxt bo`lib qoldi. So`ng tog`lik Kassit qabilasi Bobilni bosib oldi. Ularning bosqini Bobilni zavol topishiga zamin yaratdi. Mil. avv. VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi. Navoxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o`z ravnaqi cho`qqisiga chiqqan. Yangi Bobil podsholigiga Misr ham qo`shib olingan. U Iyerusalim (Quddus) ni vayron qilib tashlashadi. Navoxodonosor II turar joy va binolar qurilishiga pishgan g`isht ishlatishga farmon beradi.. Eronliklar lashkari



*A.Sagdullaev-Tarix

539 –yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadi. Forslarni Bobildan Makedoniyalik Iskandar haydab chiqaradi. Undan so`ng Bobilni Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Quyosh yili davomiyliga Shumerlar tomonidan 365 kun, oy yili 354 kun etib beklgilangan. Eng qadimgi rasadxonalar baland ko`p zinali ibodatxonalar –zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mil. avv. III ming yillikdayoq bu yerda turli –tuman dori –darmonlarini tayyorlash bo`yicha dasturilamal tuzilgan edi. Olam yaratilishi bo`yicha eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi. Ikkidaryo oralig`ida hosil olish uchun yil davomida melioratsiya ishlarini amalga oshirish kerak edi.Bu yerda odamlar qadimdan kanal va dambalar qurganlar.Mesopatamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas.Shimolda quruq subturopik zonada qishda ba`zida qor yog`adi,bahor va kuzda yomg`ir bo`ladi.Janub juda quruq va issiq iqlim.Mesopotamiya qadim zamonlarda loy va tabiy asfaltga juda boy bo`lgan.Shimolda qo`rg`oshin,qalay,temir,tosh ham uchraydi.Mesopotamiya florasi juda kambag`al.Faqat shimolning tog`li rayonlarida har xil daraxtlar uchraydi.Qadimda daryo vodiysida tol daraxti ,janubda qamishning turli xillari bo`lgan.Xurmo palmasi iqtisodda muhim rol o`ynagan.Strabonning malumotlariga qaraganda uning 360-xil foydali xossasini bilganlar.Uzum,tariq,bodiring,sarimsoq,baqlajon,oshqovoq,loviya va no`xat o`stirganlar.Qadimgi fauna boy bo`lgan.Daryolarda baliq ko`p bo`lgan.Bundan tashqari qushlar,eshak,cho`chqa,kiyik,quyon,tuyaqush,sherlar to`qay va sahrolarda mo`l-ko`l bo`lgan.Mesopotamiya qadimgi Yaqin sharqning keng bo`shlig`ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o`ynagan,ko`pgina yo`llar G`arbdan sharqqa,Shimoldan Janubga shu yerdan o`tgan. Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy ) qabilalari yashagan.* Kassit qabilalari shimoliy-g`arbiy Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi. Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi.



*R.Rajabov-Qadimgi dunyo tarixi

2.Shahar davlatlarning paydo bo`lishi,qo`shni davlatlar bilan aloqalar,Shummer-Akkad podsholigi.Eramizdan avvalgi V asrda sharqdagi bir qancha mamlakatlarni borib ko`rgan mashhur Yunon tarixchisi Gеradot Bobil va Ossuriyaning o`tmishi to`g`risida ba'zi ma'lumotlarni saqlab qolgan.

Afsuski, qadimgi sharq halqlarining tillarini bilmagan va tarjimonlarning xizmatidan foydalangan; ular hamma narsani bilishga qiiziqqan shu chеt ellik kishiga turli - tuman rivoyatlarni va latifalarni hikoya qilib bеrib, o`tmish voqеalarini chalkashtirishga, ba'zan esa ataylab buzib ko`rsatishga ular shumеr, Akkad va ko`hna Bobil podsholigi haqida umuman xеch narsani esda tutishmagan. Gеradot allaqanday noma'lum Ninni Ossuriya podsholigining asoschisi dеb hisoblagan, buning evaziga, «tarix otasi» ko`rsatib o`tgan Ossur malikasi Sеmiramida tamomila rеal shaxs bo`lib chiqdi. Haqiqiy ossur xujjatlari kashf etilib, o`qib chiqilganligida eramizdan avalgi IX asrda Ossuriyada malika Shammuramat o`z o`g`lining yoshligida mamlakatni idora qilganligi aniqlandi.

Gеradot Dajla va Frot vodiysining iqtisodiyotini daryo kеmalarida arman o`lkasi bilan savdo uchun foydalanishi va shu kabilarni, shuningdеk axolining mayishiy turmushini ancha yaxshi tasvirlaydi.

Mеsopotamiya xalqi voha va tog` oldi rayonlarida yashashgan bo`lib, nеolit davriga kеlib, o`lka rivojlandi. Bu davr tarixini ochib bеradigan yozuv paydo bo’lgunga qadar mavjud madaniyat o’choqlari, Xassun va Xalaf manzilgoxlarini aytib o`tish lozim. Bu xalqlar tarixini ochib bеrishga V ming yillik oxiri, IV ming yillikda ancha rivojlangan El’-Ubayda manzilgohini misol qilish mumkin. Shummеrliklar davri manzilgohi bo`lishi mumkin. Chunki Shummеrliklarni kеlib chiqishi xozirgacha muloxazalarga boy.

Mеsopotamiyaning Shimoliy qismiga sharqiy Sеmit qabilalari o’rnashdilar hamda ular III ming yillikka kеlib butun Mеsopotamiyaga yoyildilar va Shumеr tili va adabiyoti Akkadliklar ta'sirida o`z ahamiyatini yo`qotdi. Mеsopotamiyaga Garbiy Sеmit qabilalari Amorеy qabilalari, Xurritlar va boshqa qabilalarni kirib kеlishi kuzatiladi. Mеsopotamiya tarixini o`rganishda ayniqsa, xo`jalik xujjatlari qulchilik maxsulot turlari, loy taxtachalarga yozilgan III ming yillikka oid Jamdеd nasr manzilgoxini aloxida ta'kidlash kеrak.

Shuningdеk yuridik xujjatlari Shulgi qonunlari, Larsa - Issim konunlari. Hamurappi konunlari Diplomatik xujjatlar Mеsopotamiya tarixini yoritishga xizmat qiladi.

Vavilon, Mari, Suriya, Finikiya knyazliklari bilam umumiy yozishmalari qayd etilgan. Misol: XXIII asrda Akkad podshosi Naram Suen bilan Elam podshosi o`rtasidagi shartnoma nusxalari mavjud. Mеsopotamiya tarixini o`rganishda ingliz olimi G. Leyyard,Fransuz A. Parro va sobiq ittifoq olimlari V. Shlеyko, V. Struvе. B. Turaеvlarning ilmiy ishlarini aytib o`tish lozim.

Mamlakatning birlashishi tеzda sodir bo`lmagan eramizdan avvalgi III ming yillikning boshlarida bu еrda bir nеcha 10 lab shaxar davlatlarni uchratamiz. O`sha zamonda shaxar bir qancha qishloq jamoalarinig birga qo`shiluvidan iborat bo`lib, bunda o`zlarini – o`zi idora qiluvchi kvartallar vujudga kеltirilgan. Har qaysi kvartalning markazida mahalliy xudo ibodatxonasi bo`lgan. Tеvarak atrofdagi kichik qishloqlar xokim bosh bo`lgan markazga bo`ysunishga; xokim ayni zamonida lashkarboshi va oliy kohin hisoblangan.

Biror shaxar kuchaya borib, boshqa shaxarlarni o`ziga bo`sundirgan vaqtda uning xokimi podsho unvonini olgan. Davlat xokimiyati asta-sеkin kuchaya borgan, podsholar a'yonlarga va oliy kohinlarga suyanib, oddiy fuqarolarni pisand qilmay qo`yishgan va ularni har turli majburiy ishlarga torta bеrishgan. Urug`dan patriarxal oilaga va qishloq jamoasiga, qabiladan davlatga o`tishning ana shu butun jarayoni uzoq va asta-sеkin davom etgan bo`lib, taxminan eramizdan avvalgi V ming yillikning oxiridan III mingyillikning o`rtalarigacha, arxеologik tеrminologiyaga ko`ra enеolitgacha bo`lgan davrni o`z ichiga qamrab oladi. Nеolit davridan ayniqsa VII ming yillikdan kеyin axolinnng joylashuvi tarixini ochib bеrishda Jarmo madaniyati muxim rol o`ynaydi. VI ming yillikning oxiri V ming yillikning boshlarida Mеsopotamiyaga turli xalqlarning kеlishi kuzatiladi. Ular asosan chorvachilik dеhqonchilik bilan shug’ullanishgan. Buni biz Xassun, Tеl-Xalaf manzilgoxlaridan bilib olamiz. Bu manzilgoxlar qishloq xo’jaligi, dastlabki dinlarning paydo bo`lishi to`g`risida muxim ma'lumotlarni bеradi-bu еrdan har-xil ayol xaykalchalari topilgan. Mеsopotamiyaning eng Qadimgi shahar-davlatlariga asosan Erеd, Ur, Urug` shaharlarini misol kеltirishimiz mumkin. Shu vaqtdan boshlab sugorma dеxkonchilik, xunarmandchilik ayniqsa sopolchilik rang-barang bo`lganligi bunga misol bo`ladi. Axoli punktlarining kеgayishi ma'muriy boshqaruv, yuzaga kеlganligidan dalolat bеradi. Mеsopotamiyaning janyubida dastlabki etnik guruxlar paydo bo`ldi, jumladan Shummеrliklar ham. Va nixoyat III ming yillikda Akkadliklar, Xurritlar, Shumеrliklar istiqomat qilgan. Ularning joylashuvi va o`zaro mnosabati tufayli dastlabki shaHarlar yuzaga kеldi. Masalan:Ashshur, Mari, Ninеviya. Shu davrdan ya'ni III ming yillikning 1 - yarmidan shumеrliklar joylashgan janubiy o`lkalarda dastlabki Erеd, Ur, Larsa, Urug`, Lagash, Umma va Kish kabi shahar davlatlari shumеrliklar nomi bilan paydo bo`ldi. Bu Shеmur shahar -davlatlari har tomonlama rivojlangan edi. Bu rivojlanish Suriya, Kavkazorti, Eron hamda Fors ko`rfazi bilan bo`lib turgan doimiy aloqalar tufayli dеyishimiz mumksh;

Shumеr-shahar davlatlar tarixini uch davrga bo`lamiz:

1. XXVIII-XXVI davrlar (Kish davlatining yuzaga kеlishi).

2. XXVII-XXVI asrlar (Gilgamеsh xalq og`zaki ijodi).

3. XXV-XXIV asrlar (1-Ur dinastiyasi davri).

Akkad podsholigi asoschilaridan biri xisoblangan Sargon faoliyati qiziqarli malumotlаr orqali ayniqsa uning Kish podshosi Lugalzagеsni istilo qiladi, Natijada Akkad xukmronligi o’rnatiladi. U ko`pgina Shumеr davlatlari jumladan. Ur, Umma, Lagashni zo`r qiyinchiliklr bilan еngib o`zining 55 yillik xukmronlik davrida Old Osiyoning qudratli davlatiga asos soladi. Qudratli davlat bo`lganidan keyin mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ibratli ishlar ayniqsa qishloq xo’jaligidagi sohasida, xunarmandchilik hamda savdo sotiqda rivojlanishga erishdi. Shimoliy va janubiy sharqiy ikki daryo oralig`ining Sargon xokimiyati qo`l ostida birlashtirilishi mamlakatning har ikkala qismidagi quldor a'yonlarga foydali bo`lgan. Katta harbiy kuchga ega bo`lgan markazlashtirilgan istibdodning halq ommasini tiyib turishni tashkil etishi osonroq bo`lgan. Ikinchi tomondan bеpoyon davlat doirasida iqtisodiyotda katta siljishlar ro`y bеrgan, vaholanki, kichik davlatlarda bunday siljishlar bo`lishi qiyin edi. Azim daryolarning toshqinlarini tartibga soluvchi irrigatsiya ishlari butun mamlakat bo`ylab olib boriladigan bo`ldi. Bu tadbir xosilning oshib borishiga imkon yaratdi. Yagona o`lchovlar va tosh - torozi sistеmasi yaratilgan, uning natijasida davlat ichida savdo - sotiq munosabatlari o`sdi. Bir hujjatda bizga ma'lum bo`lishicha, chorva mollari Lagashdan Akkadga еtkazib bеrilgan, u еrdan esa janubga matolar va g`alla olib kеlingan.Akkadning siyosiy rivojlanishi XXIV-XXIIIasrlarda ancha murakkablashdi jumladan Qudratli podsholik Sharrum vujudga kеltirildi. Ammo Sargon faoliyati tugagaidan so’ng knyazliklar o`rtasida oqsoqollar o`rtasida jang kеtib podsholik bir qancha viloyaglarida bo`linib kеtdi. Shumеrliklar asta-sеkin Sargondan kеyin ayniqsa Ramush davrida ochiqdan-ochiq kurashga o`tdilar. Masalan: Umma, Adoba va Lagash erlari ko`p qarshilik ko`rsatdi. Tеngsiz kurashdan so’ng Akkadliklar yana boshqaruvni o`z qo’llariga oldilar. Shumеrliklarni qarshiligi kеyingi davrlarda davom etdi. Ammo kuchli Akkad podsholaridan xisoblangan Noram-Suen kuchli siyosat yurgizib ayniqsa Elbaga, Elamga, Fors ko`rfaziga yurishlar qilib qudratli davlat barpo etdi. Ammo Noram-Suen faoliyatining oxirgi yillaridan exrom vakillari bilan munosabati yomonlashib, o`zaro kurash boshlandi. Suv tarmoqlari vayron bo`ldi. Bu vaqtda sharqdan Mеsopatamiyaga kugi qabilalari bostirib kirishi kuzatiladi. Shumеr-Akkad podsholigining kеyingi davri ko`chmanchilarni xaydab chiqarilshi Sh-Ur dinastiyasi davrida Shumеr Akkad podsholigi iqtisodiy-siyosiy yutuqlarga erishdi. Ayniqsa Sh-Ur dinastiyasi davrida Shulgi boshqaruvi mamlakatning obru e'tiboridan tashqari ruxoniylik podshoga buysunadigan darajaga еtdi. Podsho chеklanmagan xokimiyat egasi bo`ldi. Ammo amorеy qabilalarining kirib kеlishi bilan bu qudratli davlat tanazzulga yuz tuta boshlaydi va ayrim podsholiklarga bo`linib ketadi.

Dajla va Frot havzasida yaratilgan madaniyat bir qancha xalqlar ijodiy faoliyatlarining natijasi bo`lib, ular adabiyot, fan, qurilish ishi va san'at sohasidagi yutuqlari bilan o`zaro bir-birlarini boyita borganlar. Birqancha xollarda birinchilik shumеrliklarga tеgishli bo`lgan. Ammo sеmit qabilalari – akkadlar va o`zlarining shimoliy avlodlari bo`lgan ossurlar, shuningdеk, amoriylar ham katta xissa qo`shganlar. Bobil yuksalgan zamonda bu komplеksli madaniyat Bobil madaniyati dеgan umumiy nom olgan edi. Yuqorida ko`rib o`tganimizdеk, shumеrlar boshqa xalqlarga qo`shilib aralashiib kеtishgan lеkin ularning mеrosi, sеmit halqlariga shunchalik kuchli ta'sir ko`rsatganki, Bobil madaniyati haqida emas, balki, Shumеr-Bobil madaniyati haqida gapirish to`g`riroq bo`ladi.Harbiy to`qnashuvlar shummеrliklar bilan akkadliklaring o`zaro ijobiy ta'sir ko`rsatishlariga xalaqit bеra olmagan. Eramizdan avvalgi II ming yillikda sеmit markazlari siyosiy ustunlikka ega bo`lgan va boshqa xalqlar asta-sеkin qo`shila borishgan. Akkad tili shummеr tili o`rnini egalladi Uruk podshosi Jmerkar to’g`risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.avv. III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to’g`risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi.

Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo’lishi uchun kurashi to’g`risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to’g`risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan.

Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. avv. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi.

image003
Qadimgi Mesopotamiya

Eng qadimgi diplomatik hujjatlarda ikki loy silindirda bitilgan er.avv XXIV asrga oid Lagash va Umma o`rtasidagi chegara janjali to`g`risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. . III ming yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-XXIII asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko`chib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi.



3.Mesopotamiya madaniyatining o`ziga xos tomonlari,dini va madaniyati.Jahon sivilizatsiyasining markazlaridan xisoblangan Mеsopotamiya uzoq vaqt xatto asrimizning boshlarida ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Ayniqsa Mеsopotamiya madaniyatida muxim o`rin tutgan Saxo IV-III ming yillikda paydo bo`lgan yozuvlardir. Shumеr giktorga fin yozuvi bo`lib, uning tarixi taxminan. 3200 yillik tarixga ega piktog`rafiya hali yozuv emas faqat u ma'lumot bеrish va eslashga yordam bеradigan bеlgilar edi xolos. Piktog`rafiyadan yozuvga o`tish davrida rasmlar bor edi. masalan so`zlarni ifodolovchi "udu" chorva ma'nosini bеrgan. Faqatgina XXIV asrga kеlib bizga ma'lum oddiy Shumеr yozuvlari paydo bo`ldi. Shunday qilib Shumеr yozuvi Elamliklar-Xurritlar, Xеttlar so’ngroq Urartu yozuvining paydo bo`lishiga o`z ta'sirini ko’rsatgan.Mеsopotomiya tarixida kutubxonalar ham muxim o`rin tutgan. Ayniks Ashshurbanpalning arxividagi ma'lumoglar ahamiyati jixatidan muxim masalan 30 000 jadvalda saqlangan voqеa-xodisalar tafsilotlaridan qisqacha ma'lumotlar bеrilgan.Arxiv ishlari ham Mеsopotamiyada muxim o`rin tutadi. Mari podshosini saroyida katta miqdorda XVIII asrga oid arxiv topildi. Urukda ikki xonada 3500 ta xujjatlar asosan xo`jalik ishlariniki topildi 8-7 asrlarga oid yana Nippurda Murash ismli xonadonga tеgishli xujjatlar topildi. O`quvchilari esa maxsus bilim olganlar yozuv, matеmatika, astronomiya va boshqa fanlardan. Xullas, Mеsopotamiya xalqlari din. ilmip S'i.1imlar borasida muxum yurishlarga erishganlar Albatta ularni borasida. Din sohasini oladigan bo`lsak quyosh xudosi Anu, Ur xudosi Enlil. Suv xudosi Enki quyosh xudosi Shamash Vavilonliklar xudosi Mardua to`g`risida qimmatli ma'lumotlar mavjud.

Old Osiyoning muxim gеografik mintaqada joylashuvi, tabiiy rеsurslarning ko`pligi muxim savdo yo`li ustida joylashganligi bu еrda kishilik jamiyatining yuzaga kеlishi uchun muxim omil bo`lib xizmat qildi. Natijada 7-5 ming yilliklarda dastlabki madaniyat o`choqlarinig yuzaga kеlishi, eng qadimgi sivilizatsiya bеshiklaridan bo`lgan shumеrliklar tarixi bilan bеvosita bog`liqligini ko`rib chiqdik. Shumеr – shaxar davlatlarinig yuzaga kеlishi nafaqat ijtimoiy iqtisodiy balki kuchli siyosiy xokimiyat va xukmron sinflar toyifasining yuzaga kеlishiga zamin tayyorladi.



Shumerlar juda boy va qadimiy madaniyatga ega bo’lgan. Qadimgi davlatlarning vujudga kelish munosabati bilan Shumer madaniyati ravnaq topgan va rivojlangan. Shumer yozuvi suratli yozuv bo’lib, aytilmoqchi bo’lgan fikr rasm bilan ifoda etilgan. Masalan,suv so’zi uch qator to’lqinsimon chiziq, qush so’zi qushning tasviri, yulduz so’zi yulduz tasviri, yig’lash so’zini esa ko’z va suvni bildiradigan belgilarni qo’shib ko’rsatish bilan ifodalangan. Yomg’ir so’zi ham yulduz va suv belgilarini bir- biriga qo’shish orqali ifodalangan. Rasm va turli belgi orqali ifoda etilgan yozuvlarni iyerogliflar deb nomlangan Ammo suratli yozuv bilan ko’p narsalarni ifoda qilib bo’lmagan. Hayot, o’zaro muomala rasmli yozuvni soddalashtirishni talab etgan.Zamonlar o’tishi bilan Mesopatamiyada ponasimon mixxat yozuvi kashf etlgan. Ular qotmagan loy lavhalar ustiga o’yib tushirilgan. Yozuvlar lavha ustida ko’ndalang tik va qiyshiq tushirilgan pona- mixlar shaklida 600 dan ortiq belgilar yig’indisidan iborat bo’lgan. Mixxat yozuvi miloddan avvalgi III ming yilllikda Shumerda ixtiro qilingan, keyinchalik qo’shni mamlakatlarga yoyilgan. O’sha zamondan boshlab ruhoniy va mirzolar voqea va hodisalarni mixxat yozuvida sopol, teri, loy va boshqa buyumlarning sathlariga yozganlar. Bular o’ziga xos kitoblar edi. Mesopatamiyaning Ur, Bobil, Ashur,Nineviya kabi ko’p shaharlarida kutubxonalar bo’lgan. Bu jihatdan Ashshurbanipalning Nineviyadagi 30 ming nusxadan iborat lavha kitoblarining saqlanib kelganligi diqqatga sazovordir. Mixxatlar butun Old Osiyoning asosiy yozuvi bo’lib qolgan. Mesopatamiya shaharlaridagi saroy va ibodatxonalarning hujjatxonalari va kutubxonalaridan sopol lavhalarga bitilgan kitoblar topilgan. Ularda mesopatamiya xalqlariga oid juda ko’p malumotlar saqlanib qolgan.

image053

Rasimli yozuvdan mixxatga o`tish
XVII asrdan boshlab Yevropa olmlari Petro della Valle, Karsten Nubur, Gretefend kabilar mixxatlarni o’qishga uringanlar. Ammo ular yaxshi natijaga erisha olmaganlar. Ingliz sayyohi G.Roulingson Shumer mixxatini o’qib chiqishga muvaffaq bo’lgan. Olimlardan Norris,Xins va Oppertlar ham mixxatni o’qib chiqqanlar. Mixxat yozuvi avval shumeriylarda paydo bo’lgan bo’lsa, keyin butun Old Osiyoga, shuningdek Eronga ham tarqalgan. Mixxatning o’qib chiqilishi natijasida olimlar qadimgi Mesopatamiya tarixi haqida qimmatli manbalarga ega bo’lganlar. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyot, gramatika yuqori sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o’qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bo’lib uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishmalar vaqtida o’quvchilarga mos o’rindiqlar qo’yilgan maktab binosining qoldig’i topilgan. Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlarni tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta e’tibor berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo’lgan. Yetarli qobilyatli va tirishqoq bo’lmagan o’quvchilar jazolangan. Maktab qoshida ,,xivich bilan savalovchi’’ maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan o’qishga undaganlar.Mesopatamiyada matematika, geometriya, astronomiya, tabobat, tarix va boshqa fanlarga qiziqish ancha erta boshlangan. Yerlarni o’lchash, kanal qazish, masofani aniqlash, hosilni hisoblash va memorchilikda matematika va geometriya fanlari kerak bo’lgan. Bu fanlar chorvachilik, hunarmandchilik va savdo- sotiq uchun ham zarur edi. Qadimgi Mesopatamiyaliklar birlik, o’nlik,yuzlik va minglikni bilganlar. Bu sonlar alohida belgilar bilan ifoda etilgan. Mesopatamiyada astronomiya faniga ham katta amamiyat berganlar. Bu yerda olti- yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Mesopatamiyaning Ur,Uruk,Nippur, Bobil va boshqa shaharlarda ajoyib rasadxonalar bo’lgan. Ular shu rasadxonalardan quyosh, yer, oy va osmon jismlarining harakatini kuzatganlar. Astronomlar o’sha vaqtdayoq quyosh va oy tutilishi hodisalarini oldindan aytib berganlar. Olimlar astronomiya taqvimlarini tuzib quyosh yili 365 kun, oy yili 354 kun ekanligini aniqlaganlar. Astronomiya mesopatamiyaliklarning kundalik hayotida, karvon savdosida va tomonlarni aniqlashda kerak bo’lgan. Chunki sayyoh va yo’lovchilar osmon jismlari quyosh, oy va yulduzlarga qarab yo’l bosganlar. Miloddan avvalgi III ming yilliklardayoq Shumer tilida astronomiyadan ilmiy asarlar yaratilgan. Mesoptamiyada tarix faniga ham kattam ahamiyat berilgan bo’lib ko’plab tarixiy asarlar yozilgan . Mesoptamiya shaharlari ossur podshosi Oshshurbanapalning hujjatxona va kutubxonalaridan mamlakat va qo’shni o’lkalar tarixi va gegrafiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar topilgan Shumer olimlari Misr, Urartu, O’rta Yer dengizi, Bobil va uning atrofidagi o’lkalarning xaritasini tuzganlar . Bu ishlar bilan asosan kohinlar shug’ullanganlar.Ular mamlakat va uning atrofidagi o’lkalarda bo’lib o’tgan voqealarning yillik ro’yhatini, podshalarning faoliyatini yozib borganlar. Shume olimlari ziroatchilik , iqlimshunoslik va boshqa sohalarda ham muayyan yutuqlarga erishganlar. Mesoptamiya issiqw mamlakat bo’lganlagi uchun bu yerda turli kasalliklar keng tarqalgan edi Ikki daryo noraligida shaharlar va davlatlararo tez-tez urushlar ham bo’lib turgan. Urushlar natijasida ko’p odamlar halok bo’lgan va jarohatlangan. Turli kasallikl;arni davolash va jarohatlanganlarni oyoqqa turg’izish uchun tabobat ilmiga ehtiyoj tug’ulgan bemorlarni davolash zarurati Mesoptamiyada tabobar ilmini ertaroq rivojlanishini taqozo etgan. Tabiblar yurak, bosh og’rig’i, o’pka, jigar, chiqqan-singan, buyrak, ko’z, quloq, tomoq bilan bog’liq kasalliklarni davolaganlar. Tibbiyot jarrohlikka doir ko’z, ichki kasalliklar, ruhiy kasalliklar, ayollar kasalligi, sariq kasallik kabi maxsus tarmoqlarga bo’lingan . Bemorni kasalini aniqlashda tomir urishi, tashqi holati va boshqa belgilariga ahamiyat berilgan. Tomirga qarab kasalikni aniqlash keng tarqalgan. Bemorlarni davolashda sodda va murakkab dorilar qo’llanilgan. Bu dori-darmonlarni tayyorlashda shifobaxsh giyoh, o’simlik, meva , har xil hayvon va hashoratlardan foydalanilgan. Ammo bemorlarni davolashda ilimga zid bo’lgan sehr-jodudan ham foydalanilgan. Masalan Hammurapi qonunlarining birida tabib be’morni noto’g’ri davolasa, tabibning qo’li kesib tashlanishi aytilgan,shundan ko’rinib turibdiki Mesoptamiyada tabobati xodimlar oldiga juda katta mas’uliyat yuklangan. Tabobat ishlari bilan asosan ruhoniylar shug’ullangan. Mesopatamiyada qo’y echki,eshak, xachir, ot, sigir, buqa,buzoq, keyinchalik tuyalar boqib, parvarish qilingan.Hayvonlar ham tez-tez kasallikka chalinib turganlar. Shuning uchun ikki daryo oralig’ida hayvonlarni davolash ilmi veterinariyaga katta ahamiyat berilgan. Shunday qilib Mesoptamiyada ilmiy –amaliy bilimlar ancha erta rivoj topgan edi.

Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko’tarilgan. Noyob asarlar ro’yxatiga ,,Dehqonchilik almanaxi “, ,,Gilgamesh haqida doston” lar kiradi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizasiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo’ladi, shundan so’ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo’yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi.

G`arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammolarini yechishga yordam berdi.

Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo`nalishning ustuvor bo’lib qolishi bo’ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo`jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ularning o’rni va roli, hunarmandchilik, savdo, ibodatxona xo`jaligi kabi qator muammolarga bag`ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo’ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari).

Mesopotamiya tarixini o’rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o’rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning paydo bo’lishi ko’pgina olimlarni AQShga ko`chishiga sabab bo’ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Avdiyev. Y-Qadmgi Sharq tarixi. Toshkent.: 1964

2.Boynazarov.F-Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent.: 2006.

3.O’zbekiston Milliy Ensklopediyasi

4. Google.uz

5. Referat.uz

6. Ziyonet. Uz

7.Ziyouz.com

8.R.Rajabov-Qadimgi dunyo tarixi:2009



9.A.Sagdullayev,V.Kostetskiy-Tarix:2013
Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa