Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
|
|
|
Kassir, ombor mudiri
|
1,112
|
1,011
|
Rahbarning kotibasi
|
1,218
|
x
|
Yengil avtomobil haydovchisi
|
1,0 — 1,011
|
x
|
Qorovul
|
1,0
|
1,0
|
Binoni yig‘ishtiruvchi
|
1,0
|
1,0
|
Har xil ishlarni bajaruvchi ishchi
|
1,0
|
1,0
|
Izoh. Lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) ro‘yxati, shuningdek ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari bilan kelishgan holda boshqarma faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib shtat jadvalida belgilanadi.
XULOSA
Ish haqi aholining asosiy daromad manbalaridan biri bo'lib qolayot-
gan hozirgi sharoitda mehnatga haq to'lashni huquqiy tartibga solishni
takomillashtirish, uning mehnat unumdorligi, mahsulot sifatini, xodim
moddiy ahvolini yaxshilashdagi ahamiyatini oshira borish muhim
ahamiyatga ega. Ish haqi xodim mehnatiga haq to'lash shaklidir. Iqtisodiy
toifa sifatida ish haqi milliy daromadning xodimlarga berilishi kerak
bo'Igan, qayd etilgan qismidan iborat. Ishlab chiqarish korxonalarida
olingan sof daromad, davlat muassasalarida esa davlat byudjeti hisobidan
ajratiigan mablag'lar ish haqining manbai hisoblanadi.
Huquqiy nuqtai nazardan ish haqi mehnat shartnomasi tomonlaming
o'zaro huquqlari va majburiyatlarini ifodalaydi. Ish haqi xodim bajargan
ishning miqdori va sifatiga, ishning yakuniy natijasiga ko'ra belgilanadi va
uning eng ko'p miqdori cheklanmagan. Xodimlar va ulaming oila a'zolari
huquqlarini himoya qilish maqsadida ish haqining eng kam miqdori
belgilab qo'yiladi va bu miqdor narx-navoning oshib borishiga mutanosib
ravishda indeksasiyalanib, oshirib boriladi.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida ish haqi yollanma mehnat-
kashlarga hech bir kamsitishlarsiz, belgilangan eng kam oylik ish haqidan
kam bo'lmagan miqdorda to'lanadigan haqdan iborat. Ish haqi to'lashning
xalqaro-huquqiy, umumdemokratik va umuminsoniy prinsiplari BMTning
«Iqtisodiy, ijtimoiy va ma'daniy huquqlar to'g'risida»gi Paktida (7-mod-
da), Xalqaro Mehnat Tashkilotining 95-sonli «Mehnatga haq to'lashlikni
muhofazalash haqida»gi, 100-sonli «Erkak va ayollarga teng mehnat
uchun teng ish haqi to'lash to'g'risida»gi (1951-y.) Konvensiyalari, bir
qator tavsiyalari bilan belgilab qo'yilgan.
Ish haqi tarkibi asosiy va qo'shimcha qismlardan tashkil topadi.
Ta'rif razryadi yoki mansab maoshi ish haqining asosiy qismini, ishning
natijalari bo'yicha to'lanadigan mukofotlar va boshqa ustama to'lovlar esa
qo'shimcha qismini tashkil etadi.
Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik
chegarasidan pastga tushmagan holda ish haqi miqdorini belgilashni qonun
xodim va ish beruvchilaming bevosita o'zlariga havola etib qo'ygan
bo'lib, ish haqi to'lash shartlarini belgilash, usullarini aniqlash, ishbay
yoki vaqtbay ish haqi to'lash shaklini tanlash xodimlar vakillik organlari
bilan ish beravchilaming o'zaro kelishuviga ko'ra, jamoa shartnomalari,
jamoa kelishuvlarida belgilab qo'yish yo'li bilan aniqlanadi.
Jumladan, Mehnat Kodeksining 153-moddasida aytilishicha:
«Mehnat haqining miqdori ish beravchi bilan xodim o'rtasidagi
kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan
belgilangan eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas va uning eng
ko'p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi».
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlari, qo'shimcha to'lovlar,
ustamalar, rag'batlantirish tarzidagi to'lovlar jamoa shartnomalarida,
shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo"mitasi yoki
xodimlaming boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan
boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
Byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta'minlanadigan muassasalar
va tashkilotlaming, shuningdek, davlat korxonalarining xodimlari mehna-
tiga haq to'lash shartlarining eng kam darajasi qonun hujjatlari bilan
belgilanadi. Tabiiy iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo'lgan joylarda
mehnat haqiga rayon koeffitsientlari va ustamalar belgilanadi. Rayon
koeffitsientlari va ustamalar joriy qilinadigan joylaming ro'yxati, shuning
dek, ulami qo'llanish tartibi va miqdori O'zbekiston Respublikasi huku-
mati tomonidan belgilanadi.
Mehnatga haq to'lashda hozirgi paytda amalda bo'lgan yagona ta'rif
jadvalining ahamiyati katta bo'lib, uning vositasida bir xil miqdorda va
sifatga ega bo'lgan mehnat uchun bir xil haq to'lash, ish haqi sohasida
yagona siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy adolatni ta'minlashga erishiladi.
Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida mehnatga haq to'lashdagi asoslan-
magan tegsizliklarning oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |