1. Mehnat va ish haqi tushunchasi mehnatga haq to‘lashning sintetik va analitik hisobi


Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi



Download 55,11 Kb.
bet9/16
Sana07.07.2022
Hajmi55,11 Kb.
#753291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
KURS ISHI .................. TUGADI.2022

Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi. Kasal kunlar uchun nafaqa 
hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 

1.Xodimga o‘tgan oyda hisoblangan ish haqi, shuningdek o‘rtacha oylik mukofotlar 


summasi asos qilib olinadi va u kasal bo‘lgan oydagi kalendar ish kunlari soniga
bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasini beradi. Aytaylik, 
yuqoridagi misolda keltirilgan buxgalterning dekabrdagi ish haqi 20000 so‘m, o‘rtacha 
oylik mukofat summasi 5000 so‘m bo‘lgan. Unda o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasi 
yanvar oyi uchun 1000 ( 25000 : 25 ) so‘m bo‘ladi. 

2.Kasal kunlarga nafaqa hisoblash uchun bir kunlik o‘rtacha to‘lov summasi 


nafaqani to‘lash koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Ushbu koeffitsiyent O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya Vazirligidan 2000 yil 19 yanvarda 873 –tartib raqami bilan 
ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini berish 
to‘g‘risida Yo‘riqnoma”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2002 yil 28 fevraldagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash 
me’yorlarini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 71-son qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda 
boshlab xodimning xizmatlari, mehnat staji, kasallik toifasi, bolalarining soniga qarab 
quyidagicha belgilangan: 

1.Ish haqining 100 % miqdorida: 

Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari hisoblangan xodimlarga; 

Baynalmilalchi jangchilarga va ularga tengashtirilgan shaxslarga; 

Qaromog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar uchun –18 yosh) to‘lmagan uch nafar va 


undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga; 

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga, 


Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya 
qilingan xodimlarga; 

Ko‘chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon 


bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘lik kasalliklarga chalingan xodimlarga; 

Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni 


o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar qatoridan nogiron xodimlarga; 

Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga. 



2.Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo‘lgan miqdorda: 

Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular 


tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar to‘lab kelinishi muddatiga (ish stajiga) 
qarab. 
 
3.Oylik ish haqining 60%dan 80 % gacha bo‘lgan miqdorda - qolgan hollarda, 
xodimlarning umumiy ish stajiga qarab. 
Davlatimiz qonunlariga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun 
nafaqalar o‘z sog‘ligiga ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida, 
jinoyat sodir etgan va ular bilan bog‘liq boshqa hollarda vujudga kelganda 
hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. 

Bizning misolda keltirilgan buxgalter barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha uchinchi 


guruh bo‘yicha nafaqa oluvchi hisoblanadi. Shuning uchun uning bir kunlik nafaqa 
summasi to‘lov koeffitsiyentiga ko‘ra 600 so‘mni (1000 x 0,6 ) tashkil qiladi. 

Bir kunlik nafaqa summasi kasal bo‘lgan kalendar ish kunlari soniga 


ko‘paytiriladi. Topilgan summa kasal kunlar uchun hisoblanadigan nafaqaning 
summasini bildiradi. Bizning misolimizda buxgalterga hisoblanadigan nafaqa summasi 
6000 so‘mni ( 600 x10) tashkil qiladi. 

Ishbay ishlovchi xodimlarga kasal kunlar uchun nafaqa hisoblashda oxirgi ikki 


oylik ish haqi va o‘rtacha oylik mukofat summasi asos qilib olinadi. Qolgan hisob-
kitoblar yuqorida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.


Download 55,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish