1. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi Mehnat bozorining turlari va modellari



Download 85,83 Kb.
bet10/19
Sana03.09.2021
Hajmi85,83 Kb.
#163148
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
20-ish turlari haqida tushuncha mehnat

Keksa yoshdagi kishilarning ish bilan bandligi muammosi bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayotgan hamma mamlakatlarda kuzatiladi. XMTning dunyo bo’yicha ish bilan bandlikning ahvoli to’g’risidagi 162-tavsiyasida (1980 yil) bunday deyiladi: «Keksa yoshli xodimlar mehnat bozorida duch kelayotgan ko’pgina qiyinchiliklarga yosh belgisi bo’yicha kamsitish asos bo’lmoqda. Ish beruvchilar keksa xodimlar ishda yangi ko’nikmalarni egallab ololmaydilar, ishlab chiqarishdagi innovasiyalarga moslashmaydi, yangi axborot va kommunikasiya texnologiyalarini to’la-to’kis egallamaganlar, mehnatni tashkil etishning yangi shakllari ilgari surayotgan talablarga javob bermaydilar, deb hisoblaydilar. Pensiya yoshiga yetgan bu mehnatchilar ish joyida qisqa vaqt bo’lishlari mumkinligi sababli ish beruvchilar keksa ishlovchilarga professional o’qish uchun imkon berishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydilar».

Keksa yoshli xodimlarning ish bilan bandligiga yordam berish — muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifadir. Bu vazifani hal qilish chog’ida fuqarolarning ushbu toifasi ko’pincha yuqori malakali bo’lishini, katta ish tajribasiga egaligini, mehnat ko’rsatkichlarining barqarorligi, noqulay ish sharoitlariga sabr-toqat bilan munosabatda bo’lishi, yuqori malaka talab qilmaydigan va faqat ma’lum darajada moddiy ta’minot beradigan ishlarda ishlashga roziligi bilan ajralib turishini hisobga olish zarur.



Nogironlar aholining ijtimoiy jihatdan bo’sh himoyalangan yana bir toifasi bo’lib, bu toifa davlat va jamiyat tomonidan faol qo’llab-quvvatlanishga muhtoj. XMTning «Nogironlarni professional qayta tiklash va ish bilan band qilish» 168-tavsiyasida (1983 yil) mehnat qiluvchi nogironlar imkon bo’lgan yerda ish joyiga ega bo’lish uchun o’zlarining istaklariga javob beradigan hamda o’zlari shaxsan unga mos bo’lgan hollarda real tarzda ish olishlari, uni saqlashlari va xizmatda yuqorilab borishlarini ta’minlash ma’nosida teng imkoniyat va muomaladan foydalanishlari kerak deb ko’rsatiladi.

Nogironlarni ishga joylashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar davlat tomonidan maxsus choralar ko’rilishini, shu jumladan nogironlarni professional o’qitish va keyinchalik ular ishga joylashishini tashkil etish, ish joylarini va ishning tashkil etilishini nogironlarning imkoniyatlariga moslash borasida ish beruvchilarni moliyaviy rag’batlantirishni; umumiy asoslarda ish olish imkoniga ega bo’lmagan nogironlar uchun turli xil ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etishda tegishli yordam ko’rsatishni; nogironlarga mo’ljallangan transport vositalarini rivojlantirishga yordam berishni; nogironlar mehnatga muvaffaqiyatli jalb etilganligi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turish chora-tadbirlarini ko’rishni talab qiladi.

Professional mehnat bozorlarini (ta’lim, sog’liqni saqlash xodimlari, muhandislar, malakali ishchilar va boshqalarning mehnat bozorlari) rivojlantirish mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat bilan, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari, institusiyalashish darajasi, ya’ni xodimlarning ushbu toifalari professional tashkilotlar, shu jumladan, har xil uyushmalar, jamiyatlar, professional klublar va, turgan gapki, kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan qay darajada qamrab olinganligi bilan belgilanadi.

Mehnat bozori modellari ularning ushbu hodisani tavsiflash andozasi sifatidagi maqsadiga qarab, turlicha bo’lishi mumkin. Mehnat bozoridagi raqobatchilik darajasiga qarab, sof raqobat bozori modeli, monopsoniya modeli, kasaba uyushmalari harakati hisobga olinadigan model, ikki tomonlama monopoliya modeli4 ajratiladi.




Download 85,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish