MBBT iga qo’yiladigan talablar d) maʼlumotlaring himoyasi va yaxlitligini taʼminlaydi. Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) boʼlgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar maʼlumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan maʼlumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) taʼminlanadi. Gap shundaki, MBBT koʼplab foydalanuvchilar ishi jamoa rejimiga asosan tuziladi.
MBBT iga qo’yiladigan talablar Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) ma'lumotlar bazasiga asoslangan ATning muhim tarkibiy qismidir. Axborot tizimining ma'lumotlar bazasini yaratish va saqlash uchun MBBT kerak. MBBT ning dasturiy qismlariga yadro va xizmat ko'rsatish vositalari (yordamchi dasturlar) kiradi.
MBBT iga qo’yiladigan talablar MBBT yadrosi - bu ma'lumotlar bazasini yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur va yetarli dasturiy ta'minot modullari to'plami, ya'ni foydalanuvchilarga axborot xizmatlari bo‘yicha standart vazifalarni hal qiladigan universal qism. Xizmat dasturlari foydalanuvchilarga tavsiflangan predmet soha va ma'lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga qarab bir qator qo'shimcha imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etadi.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimibu kompyuterda turli xil ilovalar uchun umumiy ma'lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarbligini saqlash va foydalanuvchilarning o'z vakolatlari doirasida undagi ma'lumotlarga samarali murojaatini ta'minlashga mo'ljallangan dasturiy tizimdir.
MBBT iga qo’yiladigan talablar MBBTning muhim xossasi shundaki, u ma'lumotlar bazasining ikkita mustaqil ko'rinishini ajratish va qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi:
ma'lumotlarning foydalanuvchi "nuqtai nazaridagi ko'rinishi" "mantiqiy" ko'rinishda va
tizimning " nuqtai nazaridagi ko'rinishi" - "jismoniy" (saqlanadigan ma'lumotlarni tashkil etish) ko'rinishda.
MBBT iga qo’yiladigan talablar Ishlab chiquvchi ma'lum bir MBBT vositasi bilan ma'lumotlar bazasini yaratish uchun ma'lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini, uni saqlash muhitida tashkil etilishini va ma'lumotlarining foydalanuvchi tomonidan ko‘rinishini tavsiflaydi (mos ravishda ma'lumotlar bazasining kontseptual sxemasi, saqlash sxemasi va tashqi sxemalari). Ushbu sxemalarni qayta ishlash orqali MBBT talab etilgan strukturali bo'sh ma'lumotlar bazasini yaratadi va uni predmet soha ma'lumotlari bilan to'ldirish va undan keyingi ishlashlar uchun vositalar taqdim etadi.