Fanning predmeti, maqsadi va o’rganish ob’ekti Hujjatlarning aylanishining mohiyati va strukturasi. Ofislarni boshqarishda axborot almashishning ahamiyati, rahbar va xodim o’rtasidagi kommunikatsiya.
Fanning predmeti, maqsadi va o’rganish ob’ekti
Fanning predmeti, maqsadi va o’rganish ob’ekti
Tashkilotlarning hozirgi iqtisodiy munosabatlar sharoitida ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish u yerdagi ofis hujjatlaridan samarali foydalanishga bevosita bog’liqdir. Zamonaviy ofislarni boshqarishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi.
Hozirgi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan qo’shma va xorijiy korxonalardagi boshqarish hamda ish yuritish tajribalarini o’rganish ushbu fanning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Zamonaviy ofislarni boshqarish o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
Zamonaviy ofislarni boshqarish o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
-ish yuritish va ofis texnikasi tarixini o’rganish;
-zamonaviy tashkilotlarda hujjatlar aylanish tizimini samarali tashkil etish;
-boshqarishni hujjatlar bilan taminlashni o’rganish texnik vositalardan foydalangan holda hujjatlar aylanishini tashkil etish.
-elektron pochta va yangiliklarni guruxlarga ajratish;
-tashkilotlar faoliyatini rejalashtirishda hujjatlar oqimi;
-xodimlar ish vaqtini to’g’ri rejalashtirishni o’rganish;
-axborot oilsh va ulardan foydalanishni nazorat qilish;
-internetda ishlashda sir saqlash va xavfsizligini ta’minlash;
-prezentatsiya qilish san’ati;
-xodimlar karerasini rejalashtirish.
Hujjatlarning aylanishining mohiyati va strukturasi.
Tashkilotda hujjatlarni shakllanishidan to uni bajarilib yakunlanguniga qadar yoki yuborganligiga qadar bo’lgan harakatlar hujjatlar aylanishi deb ataladi.
Hujjatlar aylanishiga quyidagilar kiradi:
-Hujjatlarning to’g’ri harakatlanishi, punktlar (instantsiyalar) sonining eng kam bo’lishi, qaytadigan hujjatlarning minimal bo’lishi;
-Rahbar va xodimlar o’rtasida hujjatlarni taqsimlashda, ularning bajaradigan funktsiyalariga mosligi ta’minlash;
-Hujjatlarni zarur punktlarga borishini ta’minlash, keraksiz va takroriy harakatlariga yo’l qo’ymaslik;
-Harakatlar yo’nalishining bir xilligini saqlab qolish, ommaviy hujjatlar uchun texnologik operatsiyalar tarkibini bir marta bo’lishini ta’minlash.
-Hozirgi kunda axborot yuborishning qog’ozsiz ko’rinishidagi aloqa kanallariga ustivorlik berilishi kerak.
Hujjatlar aylanishining texnologik jarayoni sifatida bir nechta tarkibiy qismlarga – hujjatlar oqimga bo’linadi:
1.Tashkilotlarga kelayotgan hujjatlar oqim (kiruvchi hujjatlar oqim);
2.Yuborilayotgan hujjatlar oqim (chiquvchi hujjatlar oqim);
3.Ichki hujjatlar oqim.
Ofislarni boshqarishda axborot almashinuvining ahamiyati, rahbar va xodim o’rtasidagi kommunikatsiya
Tashkilotlarning iqtisodiy samaradorligi, boshqarish samaradorligiga bevosita bog’liqdir. Boshqarish samaradorligini ta’minlovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Boshqarish va ishlab chiqarish o’rtasidagi mutonosiblik;
-Boshqarish kommunikatsiyasining samaradorligini oshirish.
Kommunikatsiyaning samaradorligi deganda boshqarish ob’ekti va sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro axborot almashinuv jarayonidagi xarajatlarni kamaytirish, vaqt omilining qaytarib bo’lmasligi va xakozolar.
Tashkilotdagi xodimlararo, rahbar va xodimlar o’rtasidagi bevosita muloqot quyidagi usullarda amalga oshiriladi( 1 -rasm):
O’zaro bir-birini bilish borasida shaxslararo idrok etishning uchta muxim omili mavjud ( 2-rasm):
O m i l l a r 1.Identifikatsiyalash 2.Reflektsiya 3.Steriotiplashtirish
M a z m u n i -Aynan o’ziga o’xshatish -Individ suhbatdoshni qanday idrok etmoqda -Bir xil qolipga solish