1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari Reja: Yurist yozma nutqining shakllantirish


-Mavzu:Axloqiy sifatlarning huquqshunos takomiliga ta`siri



Download 4,54 Mb.
bet29/66
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#202568
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Bog'liq
Ma`ruza matn Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya(1)

8-Mavzu:Axloqiy sifatlarning huquqshunos takomiliga ta`siri

Reja:

1. Axloqiy sifatlarning huquqshunos takomiliga ta`siri

2.Axloqning o‘ziga xos xususiyatlari

Axloq shunchaki munosabatlami  tartibga  keltirish  uchungina  emas,  balki  ulami 

uyg‘imlashtirish  uchun  ham  zarur.  Munosabatlami  boshqarish  ikki 

xil  usul  bilan  amalga  oshiriladi:  xulq-atvomi  rag‘batlantirish  va 

jazolash.  Axloq  jamiyatdagi  munosabatlami  tartibga  soladi  va 

ijtimoiy  rivojlanish  ehtiyojlari  ifodalanadigan  maqsadlami  ilgari 

suradi.Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-huquqiy 

bilimlar  negizida  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etish  borasidagi 

ko'nikma  va  malakalami  hosil  qilish,  unda  ijobiy  mazmundagi 

huquqiy  sifatlami  qaror  toptirish  va  huquqiy  madaniyatni 

shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.  Shaxs 

huquqiy  madaniyatini  shakllantirish  huquqiy  ta’lim  va  tarbiya 

jarayoning muhim bosqichidir.

Huquqiy tarbiyani tashkil  etish jarayonida  quyidagi vazifalar hal 

etiladi:

-   o'quvchilarga  huquqiy  me’yorlar,  qonunlar  va  ijtimoiy- 

huquqiy  munosabatlar  mohiyati  hamda  ularning  ijtimoiy  hayotdagi 

ahamiyati to'g'risida ma’tumotlar berish;

-   o'quvchilarda huquqiy bilimlami  egallashga bo'lgan ehtiyojni 

yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

-   o'quvchilarda  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etish  borasidagi 

ko'nikma va malakalami hosil qilish;

-   ularda ijobiy mazmundagi huquqiy  sifatlar (huquqiy tasawur, 

huquqiy  idrok,  huquqiy  tafakkur,  huquqiy  savodxonlik,  huquqiy 

mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy 

salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;

-   o'quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy m e’yorlar, 

qonunlarning  ijtimoiy  hayotdagi  ahamiyatini  to'g'ri  baholash, 

harakat  va  harakatsizlikning  qonuniy  bo'lishiga  erishish,  davlat 

Konstitutsiyasi  va  ramzlarini,  shuningdek,  fuqarolik  huquq  va 

burchlarini  hurmat  qilish,  yuridik  xizmatlarga  nisbatan  ehtiyojni 

qaror  toptirish,  har  qanday  ko'rinishdagi  huquqbuzarliklarga  qarshi 

murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.

Huquqiy  ong  huquq  va  qonuniylikka  munosabatdagi  e ’tiqodlar, 

tasavvurlar,  baholar,  his-tuyg'ular  va  ma’naviyatning  boshqa 

tarkibiy  qismlari  tizimidir.  Boshqacha  aytganda,  huquqiy  ong 

muayyan  jamiyatning  moddiy  hayot  tarzi  bilan  belgilanadigan 

tasawur,  idrok,  tafakkur  va  e’tiqodlar  tizimi  bo'lib,  ijtimoiy- 

psixologik  hodisa  sifatida  murakkab  tuzilishga  ega.  M a’lumki, 

huquqiy  ong  ikki  tarkibiy  qismdan,  ya’ni  huquqiy  mafkura  va 

huquqiy  ruhiyatdan  iborat.  Huquqiy  mafkura  huquqning  mohiyati, 

ahamiyati va talablari to'g'risidagi  g‘oyalar, qadriyatlami o'z ichiga olsa,  huquqiy  ruhiyat  hissiyotlar,  kayfiyatlar,  kechinmalar,  y a’ni 

huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq.

Huquqiy  munosabat  huquq  normalari  bilan  tartibga  solingan 

ijtimoiy  munosabatlardir.  Binobarin,  huquqiy  munosabat,  birinchi 

navbatda,  yuridik  normalami  amalga  oshirishning,  huquq  amal 

qilishining  natijasidir.  Aynan  huquqiy  munosabatlar  orqali  huquq 

«yashaydi», amal qiladi,

Huquqiy  faoliyat  -   huquqiy  m e’yorlar,  qonunlar  talablariga 

nisbatan  ongli  yondashish,  ularga  qat’iy  va  og‘ishmay  amal  qilish, 

qonunlami  hurmat  qilish,  ulami  shaxs  erkini  himoya  qilish  kafolati 

sifatida  e’tirof  etish,  huquqiy  munosabatlar  jarayonidagi  faol 

ishtirokni  tashkil  etishga  yo'naltirilgan  amaliy  xatti-harakatlar 

majmui.


Huquqiy  madaniyat  -   bu  kishilaming  huquqiy  bilim  darajasi, 

huquqqa nisbatan ongli  munosabati,  huquqni hurmat  qilish va unga 

rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, 

u  eng  avvalo,  huquqiy  ongning  muayyan  darajasi,  ya’ni  huquqiy 

voqelikni  ongli  ravishda tushunib,  o ‘zlashtirishni;  umumiy madaniy 

asoslar,  yuksak  madaniylik  darajasi,  milliy  negizlari  va  manbalar, 

tarixiy xotira, urf-odatlar va an'ana! ami; aholi tomonidan qonunlami 

bilishning  tegishli  darajasi,  huquq  normalariga  hurmatning  yuqori 

darajasini,  ular  riufuzini;  huquqiy  faoliyat,  huquqiy  ijodkorlik, 

huquqni  muhofaza  etish,  boshqaruv  va  boshqa  organlar  ishining 

samarali  usullarini  hamda  fuqarolar  va  mansabdor  shaxslaming 



qonunga itoatkorligini talab etadi.

Axloqning o‘ziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat’iy amrlik, m e’yoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qat’iy amr o zini tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun-qoidalami bajarishini taqozo etadi. U shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va jamiyat manfaatlari ustuvorligini ta’minlaydi, ayni paytda shaxs erkinligini cheklamaydi, faqat o‘zboshimchalikka yo‘l qo'ymaydi. Unga ko‘ra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qat’iy amr tug‘ma axloqiy hodisa, uning talabi so‘zsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi. Ikkinchi xususiyat — axloqning m e’yoriylik jihati bilan bog‘liq. M e’yorlar, qonun-qoidalar, pand-o‘gitlar v.b. shakllar vositasida axloq boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yo‘lga solinadi, fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning axloqiy sifatlari jamiyat talablariga moslashtiriladi, tashqi da’vat ichki yo‘nalmaga, shaxs ma’naviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzod avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy me’yorlarning ikki turi mavjud: xatti-harakatning yo‘l qo'yib bo‘lmaydigan shakllarini anglatuvchi taqiqlar (odam o‘ldirma, yolg‘on gapirma, o‘g‘irlik qilma va h.k.) va o‘zni tutishning eng yaxshi ko‘rinishlariga da’vat (halol bo‘l, rostgo‘y bo‘l, ezgu ishlar qil va h.k.). Axloqning o‘ziga xos uchinchi xususiyati esa insonning o‘z xattiharakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson xatti-harakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tom onidan umum qabul qilingan axloqiy m e’yorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil topadi. Shunga ko‘ra, baholash ko‘rinishlari ham ikki xil bo'ladi. Birinchisi — ijobiy: m a’qullash, rozilik, ikkinchisi — salbiy: tanbeh va norozilik. Bu xususiyatlar faqat axloqqa xos. Shu bilan birga uning yana boshqa ikki xususiyati borki, ular nafaqat axloqqa, balki ma’naviyatning barcha sohalari uchun umumiylik tabiatiga ega. Ularga alohida to'xtalib o‘tamiz. Biz shu o‘ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni butun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida talqin etib keldik. Zotan, axloq eng awalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va m e’yorlar barcha mintaqalar hamda millatlar uchun bir xil m a’no kasb etadi. Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to ‘g‘rilik, rostgo'ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom m a’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero, o'zbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, arabcha yolg‘on, deyish mumkinmi? Albatta, yo‘q. Lekin, ayni paytda, axloqda umuminsoniylik jihatlaridan tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bo‘lgan ko‘rinishlarida — xulqiy xatti-harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Axloqning insoniylashtirish vazifasi ham muhim. U odam zodni hayvoniy xislatlardan — zulm , zo‘ravonlik, zug‘um, adolatsizlik, insofsizlik kabi qator illatlardan forig1 bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlar bilan yo g rilib yashashi, doimo komillikka intilishiga ko‘maklashish bilan belgilanadi. Ayni paytda mazkur vazifa axloqiy qonun-qoidalar www.ziyouz.com kutubxonasi hamma uchun majburiyligini, ular oldida, ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnidan qat’i nazar, barcha odamlarning teng ekanini ta’minlashga, jamiyatda obro'parvarlik (avtoritarizm) axloqini inkor etishga va insonparvarlik (humanizm) axloqini barqaror qilishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, biz ikki bob mobaynida baholi qudrat qisqacha axloqning ichki murvatlari to ‘g‘risida fikr yuritdik. Endi uning tashqi m a’naviy olamda tutgan o‘rniga, undagi boshqa ijtimoiy-ma’naviy hodisalar bilan o‘zaro aloqalariga to‘xtalib o‘tamiz.




Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish