1-Mavzu. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja: Kirish



Download 36,24 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi36,24 Kb.
#219646
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu.Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari


1-Mavzu.Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari

Reja:

Kirish

1.Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

2.Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari.

3.Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi.

4.Fanning asosiy sohalari,

5.Yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

6.Yosh va pedagogik psixologiyaning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni.

7.Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish

Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o’quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning) (Yosh davrlari da) tug’ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o’yin, o’qish, mehnat kabilar), erkak va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.

Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to’plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug’ilishidan to voyaga etgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo’lgunicha ulg’ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash Yosh davrlari psixologiyasi sohasining muhim jihatidir.

Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari, o’ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning psixikasi, ongi go’dakning dastlabki oddiy aks ettirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog’atga etgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol, to’la va anglab aks ettirish darajasigacha taraqqiy etadi.

Inson zotining turli jihatlarini o’rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiyena, pedagogika, etnografiya kabi fanlar shug’ullangani kabi uning kamol topishidagi qonuniyatlarni, subyekt psixikasini, ongining mantiqiy mexanizmlarini, umuman, odam zotining tug’ilganidan to voyaga etgunicha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari sistemasining alohida sohasi – bolalar psixologiyasi fani o’rganadi va tadqiq qiladi.

Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.Vallon, J.Piaje va boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol topishning o’ziga xos xususiyatlariga asoslangan (senzitiv – qulay) davrlari mavjud bo’lib, ular individning o’zi yashab turgan muhitda (bog’cha, oilada) tutgan o’rni, bilish jarayonlari, o’ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o’sish darajasi bilan bevosita bog’liqdir.

Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko’ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog’i – bolalar psixologiyasining predmetiga kiradi. Yosh davrlari psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o’zgarishi haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi.

Har bir fanning o’z predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham o’zi tekshiradigan sohasi hamda tadqiqot metodlari bor.

Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo’lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo’lsa, yosh davri yoki Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o’ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o’ziga xos xususiyatlarini ham o’rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o’rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo’lmaydi. Shuning uchun XXI asrga kelib «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi.


Download 36,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish