Retrofleksiyada (insonga berilgan barcha imkoniyat va hayoti) odam o‘z mohiyatini to‘xtatadi. Uning iztiroblari ichida qolib, o‘zini yaxshi ko‘rishni boshlaydi yoki nafratlanadi va tugallanmas ichki dialog olib boradi.
Ushbu xatti-harakatning ma’nosi shundaki, bu shaxsga nisbatan atrofdagilarning munosabati aynan qanday ekanligini juda chuqur tahlil qiladi.
Bu toifadagi bolalar aynan 13-18 yoshga kirganlarni tashkil etib, ta’lim tizimi xodimlari va mutasaddilaridan ushbu toifadagilar bilan aniq va manzilli profilaktik va tushuntirish olib borishni tashkil etishni talab qiladi.
Asosiysi, tushkunlikka tushgan ushbu toifadagi bolalarning har kunlik taxminiy ro‘yxatini yuritish orqali ularni xulq-atvori hamda davriy harakatlaridagi (masalan oxirgi 1 oy yoki 10 kun va hok.) o‘zgarishlar haqida ota-onasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor axborot almashinuvi o‘rnatishni taqozo etadi.
Masalaning murakkabligi shundaki, ko‘pincha bu toifadagi bolalar boshqalarga nisbatan agressiv holatlarni namoyish etishmaydi va o‘z o‘zi bilan kurashadi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z joniga qasd qilish ko‘p holatlarda qizlarga xos bo‘lyapti va bu holatlar atrofdagi tengdoshlariga juda ham tez va kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Viloyat bo‘yicha oxirgi 5 yil ichida sodir qilingan 92 ta o‘z joniga qasd qilish holatlarining 52 tasi yoki 63 % aynan qizlar tomonidan sodir qilingan.
Shu bilan birga o‘z joniga qasd qilish hodisasi boshqalar uchun “yuqumli” bo‘lib, boshqalar uchun “o‘rnak” bo‘ladi va kelgusida boshqa tengdoshlar orasida ham bunday ayanchli holatlarni keltirib chiqaradi.
Ilmiy tilda aytganda, voyaga yetmaganlar orasida “suitsidik to‘lqin” paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, yana bir nazariya-psixonatologik yondashishda shaxs o‘z joniga qasd qilishni ruhiy tushkunlik deb biladi.
Masalan, shu sohadagi yirik ekspert A.Lichko “O‘z joniga qasd qilishni o‘smirlarning chegarali ruhiylik muammosi” deb baholaydi.
Unga ko‘ra, 10% o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilishga xohishi bor, 90% yordam berishga chaqiradi va bu hodisalarning 80% ularning yashash uylarida sodir bo‘ladi.
Suitsidal holat o‘smirlarning psixonatik va nopsixonatik shakllarining buzilishidan kelib chiqqan yoki tarqalgan holdir.
A.Lichko tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida o‘rganishga jalb qilingan 300 nafar o‘smir yigitlardan 34% da o‘z joniga qasd qilish belgilari kuzatilgan, ulardan aynan qasd qilish niyatida bo‘lganlari 20%, urinishlar 11%, avvaldan rejalashtirganlar 3% ni tashkil etgan.
Shundan kelib chiqib, A.Lichko 3 ko‘rinishdagi: aniq, ko‘rsatuvchan va affekt holatida sodir bo‘ladigan suitsid holatlari mavjudligi haqida fikr yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |