O‘z joniga qasd qilishning profilaktikasi
O‘tgan asrlarga nazar tashlasak, davr va zamon doimo bir muammo - o‘z joniga qasd qilish fenomeni bilan to‘qnashadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu hodisalar nafaqat doimiy qiziqish yoki ko‘rsatkichlarni sharhlash balki, jamiyatda, oilada yoki jamoada mehr-muruvvatni, e’tiborni va shu bilan birga bu kabi hodisalarning ildizini, tag-tubini aniqlashni talab etadi.
O‘z joniga qasd qilish muammosi barcha mutaxassislar, shu jumladan, shifokorlarni, psixologlarni, pedagoglarni, sotsiologlarni ham qiziqtirib kelmoqda.
Qisqacha qilib aytganda, o‘z joniga qasd qilish hodisalarining sabablarini o‘rganish keng tus olayotganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida ko‘proq e’tibor berilayotganligi yangi bir fan-suitsidologiya fanini vujudga keltirmoqda.
Ma’lumki, har yili suitsidologiyaga oid maqolalar jurnallarda chop etiladi, xalqaro simpoziumlar o‘tkaziladi hamda ko‘pgina davlatlarda o‘z joniga qasd qilishni oldini olish bo‘yicha assotsiatsiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Quyida keltirilayotgan olimlar va ekspertlar fikrlari psixologik uslub yordamida voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga bag‘ishlangan.
O‘z joniga qasd qilishning murakkabligi va har tomonlama fenomeni uning qay tarzda vujudga kelishini o‘rganish va tushuntirishni nazarda tutadi.
Masalan, andropologik yondashuvda E.Krechmer va U.Sheldonning “Konstitusional” fikri berilib, u o‘z joniga qasd qiluvchining xarakterologik xususiyatini nazarda tutadi.
Muammoni psixologik yondashuv bilan hal etishda Z.Freydning “Vlecheniya k smerti”, ya’ni “O‘limga yo‘naltirish” ortiqcha asabbuzarlik natijasida vujudga keltirilishi ta’kidlangan.
“Tushkunlik va melanxoliya” nomli ilmiy ishida Z.Freyd o‘z joniga qasd qiluvchilarning xulqini yoritgan.
Uning fikricha, barcha o‘z joniga qasd qiluvchilar o‘z xulqi bilan shuni ko‘rsatadiki, ularning muammolari hal etilmaydi va shu muammolar ularni oxiratga olib keladi.
Faqatgina sadizm o‘z joniga qasd qiluvchilarning sirini fosh etishga qodir va o‘z navbatida melanxoliya (qorong‘ulik, yopiqlik) ni ham qiziqarli, ham xavfli qiladi.
Ma’lumki, nevrotik (asabiy) voyaga yetmagan bolalar hech qachon birovning joniga qasd qilishmaydi, aksincha, shu haqda o‘ylasalar ham aynan o‘z joniga qasd qilishadi.
Yana bir nazariya - “Geshtaltterapiya” o‘z ichiga insonning hayotiy faolligini uzluksiz jarayon va atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liqligini oladi. Lekin, muloqotga bir necha fenomen to‘sqinlik qiladi.
Bular har bir bosqichda paydo bo‘lgan fenomenlar. Inson muloqot o‘rnatmaslik uchun unga to‘sqinlik qiladi.
Ular bizga himoyalovchi mexanizmlar orqali, ya’ni introeksiya, proeksiya, retrofleksiya va konflyuensiya berilgan.
Introektor odam boshqalar xohlaganini qilsa, aksincha, introektor-vektor o‘z o‘ziga qasd qilishga ko‘proq qodirligi, biror kishi yoki avtoritetning unga nisbatan kamsitilishi sezilganda, u o‘zini qurbonlikka undaydi.
Bu toifadagilar ushbu holatlarni atrof-muhit bilan bog‘lashadi va odatda o‘z xohish va emotsiyalari uchun javob bermasligi uchun qilishadi. Shunday qilib, inson shaxsiy “Men”ni olib tashlaydi, asab tizimidagi destruksiyaga (buzilish) olib keladi va o‘z joniga qasd qiluvchi shu qismlarni topmagan holda ularni yechimini izlashni boshlaydi. Eng achinarlisi, uning yechimi aksariyat hollarda suitsid (o‘z joniga qasd qilish) bilan tugaydi.
Shunga qarab, u odamlardan asta-sekin uzoqlasha boshlaydi, chunki uning fikricha, boshqa kishilar unga nisbatan sovuqqonligini his eta boshlaydi, boshqalar uni yomon ko‘rishi, nafratlanishi, yomonlik tilashini juda ko‘p o‘ylaydi va shu tufayli tushkunlikka tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |