1-Mavzu: XI xv asrlarda Angliya Mustahkamlash uchun savollar



Download 183,25 Kb.
bet58/65
Sana28.02.2021
Hajmi183,25 Kb.
#60747
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixidan Topshiriqlar (Lotincha)01

(gramm kumush hisobida)2:





Hindistonda

Antverpenda

1 kg. Zanjibil0,9




22,1

1 kg. Zira

2,6

38,5

1 kg. Qalampirmunchoq3,5




47,0

Portugaliyaliklar arablarga nisbatan o‘ta qattiqqo‘llik bilan Hindistonning qirg‘oq bo‘yi aholisini, keyin esa Malakk va In- doneziya aholisini ekspluatatsiya qildi. Ular hind rojalaridan arablar bilan har qanday savdoni to‘xtatishni, arab aholisini o‘z hududlaridan quvib chiqarishni talab qildilar. Portugaliyali- klararablarningvamahalliysavdogarlarningkemalarigahujum qilib, ularni talar, ekipaj a’zolarini esa qiribtashlardilar.Ayniqsa dastlab eskadra komandiri, keyin Hindistonning vitse-qiroli bo‘lgan Alьfons d’Albukerke 1zolimligi bilan mashhur bo‘ldi. U portugaliyaliklar butun Hind okeani qirg‘oqlari bo‘ylab mustahkam joylashishi, arab savdogarlari uchun okeanga chiqadigan barcha yo‘llar yopilishi kerak, deb hisoblar va Arabi- stonning janubiy qirg‘oqlaridagi himoyasiz shaharlarni talaredi. Arablarning Hind okeanidan portugaliyaliklarni quvib chiqarish uchun qilgan harakatlari muvaffaqiyat qozonmadi. Ular1509

yili Hindistonning shimoliy qirg‘og‘idagi Diu yaqinida qattiq mag‘lubiyatga uchradilar.

Hindiston bilan savdoni monopoliya qilib olgan portugaliya- liklar bu boy mamlakatga g‘arbiy yo‘lni izlashda davom etdilar.

XV asr oxiri XVI asr boshlarida florensiyalik dengizchi va astronom Amerigo Vespuchchi2 portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tar- kibida Braziliya qirg‘oqlarini tadqiq etdi va 1501 yili Kolumb ochgan erlar Hindiston qirg‘og‘i emas, yangi materik degan xulosaga keldi. Endilikda yangi materik Amerika3 deb atala boshlandi. 1515 yili yangi erlarni Amerika deb atagan birinchi globus Germaniyada paydo bo‘ldi. Keyin shu nomdagi atlas va xaritalar ham chiqarildi.

Hindistonga g‘arbiy yo‘lning ochilishi. Kolumb ochgan erlar Hindiston emas yangi materik ekanligini anglash ham dengizchi- larning Hindistonga g‘arbiy yo‘lni ochishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndira olmadi. 1513 yili Vasko Nunьes Balьbao otryadi Panama bo‘g‘ozini kesib o‘tgandan so‘ng ulkan okean borligi ma’lum bo‘ldi. Balьbao uni Janubiy dengiz deb atadi. 1519 yil 20 sentyabrda por- tugaliyalik tajribali dengizchi Fernando Magellan (Magaylьyansh4) boshchiligidagi ekspeditsiya Ispaniya qirolining bayrog‘i ostida eng uzoq va fojiali safarga jo‘nab ketdi. U ko‘pchilik hali ham Hindiston deb atayotgan yangi qitьani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbga yo‘l ochish vazifasini oldiga qo‘ygan edi. Bir yildan so‘ng,ya’ni 1520 yil noyabrda ekspeditsiya Amerika qit’asi bilan Olovli Er orasida suvning murakkab ko‘tarilish va tushish tizimiga ega bo‘lgan bir bo‘g‘ozni aylanib o‘tib (keyinchalik uni Magellan bo‘g‘ozi deb atashdi), notanish ulkan okeanga chiqdi. Bu okeanda suzgan uch

oy davomida biron marta ham bo‘ron turmadi, ob-havo qulay keldi. Okeanning boshqa paytlarda bo‘ronli bo‘lishini bilmagan Magel- lan unga Tinch deb nom berdi. Ekipaj a’zolari suvsizlik, ochlik va va kasallikdan nobud bo‘ldilar. Ular faqat 1521 yil 6 mart kuni Marian orollari guruhiga kiruvchi kichik bir orolga etib keldi- lar va oziq-ovqat hamda suvni g‘amlab olish imkoni tug‘ildi. G‘arbga qarab suzishni davom ettirib, Magellan Filippin orollariga etib keldi va shu erda mahalliy aholi bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi. Ekspeditsiyaning qolgan a’zolari d’Elьkano boshchiligida suzishni davom ettirdilar va Molukk orollariga etib keldilar. U erdan ziravorlar va shirinliklar yuklab oldilar.

1522 yil 6 sentyabrь kuni Magellan ekspeditsiyasning tirik qolgan a’zolari Ispaniyaning Sen-Lukar portiga etib keladi (ular shu portdan ketishgan edi). Ekspeditsiyaning 253 a’zosidan faqat 18 kishi omon qolgan edi. Ammo endi Er yumaloq ekanligi va uni ayla- nib suzib dastlabki portga qaytib kelish mumkin ekanligi amalda isbotlandi. Bundan tashqari, kema kundalik daftaridan ma’lum bo‘ldiki, doimiy g‘arbga qarab suzgan dengizchilar uch yilda 1 kunni

«tejab qoldilar», bu esa Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ham isbotladi.

YAngi erlarning ochilishi Ispaniya bilan Portugaliya o‘rtasidagi ziddiyatlarning yanada kuchayishiga olib keldi. Uzoq tortishuvlar- dan so‘ng 1529 yili bu ikki davlatning Tinch okeanidagi ta’sir zonalarini belgilovchi Saragoss shartnomasi imzolandi. Unga bi- noan Ispaniya Molukk orollariga bo‘lgan o‘z da’vosidan voz kechdi, ammo Filippin orollari ustidan o‘z hukmronligini saqlab qoldi.

Bu orollar ispan taxtining vorisi, shahzoda Filipp sharafiga

(u keyinchalik qirol Filipp II) shunday atala boshlandi. Ammo yana uzoq vaqt Magellan sayohatini qaytarishga hech kim jur’at qilmadi va Tinch okeani orqali Osiyo qirg‘oqlariga ochilgan yo‘l amaliy ahamiyatga ega bo‘lmadi.

Karib havzasidagi ispan mustamlakalari. Meksika va Pe- runingzabtetilishi.1500–1501yillariispanekspeditsiya- lari Janubiy Amerika qirg‘oqlarini shimol tomon tadqiqetib,Florida va Meksika ko‘rfaziga etdilar. Bu davrga kelib ispanlar Katta Antil orollari: Kuba, YAmayka, Gaiti, Puerto-Rikoni; Ki- chik Antil orollari: Trinidad va Tobago, Barbados, Gvadelupa va boshqalarni hamda Karib dengizidagi mayda orollarni egallagan edilar. Ispan mustamlakachilari va hukumati ayniqsa Kubaga kat- ta e’tibor qaratdilar. Ular Kubani «yangi dunyoning eshigi» deb bilishar edi. Bu erda qal’alar, ko‘chib keluvchilar uchun qo‘rg‘onlar, yo‘llar qurila boshlandi, paxta, shakarqamish ekinzorlari paydo bo‘ldi. Kuba va boshqa Antil orollarida xo‘jalikni shakllantirish jarayonida odamlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi va Ev- ropadan olib kelingan kasalliklar tufayli mahalliy aholining soni keskin kamayib ketdi. SHu sababli XVI asr o‘rtalaridan bosh- lab Antil orollariga Afrikadan qullar olib kelish boshlandi.



Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish