1-Mavzu: XI xv asrlarda Angliya Mustahkamlash uchun savollar


Mustahkamlash uchun javobllar



Download 183,25 Kb.
bet57/65
Sana28.02.2021
Hajmi183,25 Kb.
#60747
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixidan Topshiriqlar (Lotincha)01

Mustahkamlash uchun javobllar:


XV–XVII asrlardagi Buyuk geografik kashfiyotlar Evropada kapitalning dastlabki jamg‘arilish jarayoni bilan bog‘liq edi. YAngi savdo yo‘llarining ochilishi, kashf etilgan erlarning o‘zlashtirilishi va u erlardagi boyliklarning talanishi bu jara- yonni tezlashtirdi, mustamlaka tizimining shakllanishiniboshlab berdi, jahon bozorining tarkib topishiga, Evropada savdo kapi- talining, bank ishi va kreditning rivojlanishiga olibkeldi.

Qit’alar o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlandi, jahon savdosi O‘rta dengizidan Atlantik okeaniga ko‘chdi.

Ilk yangi davrda Evropa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining xarakteri ham ko‘p jihatdan geografik kashfi- yotlar bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu paytga kelib texnik va iqtisodiy taraqqiyotda erishilgan yuqori natijalar evropaliklarga ochilgan yangi erlardan unumli foydalanish imkonini berdi.

Salib yurishlaridan keyinoq SHarq bilan o‘rnatilgan jadal savdo aloqalari, natijasida hind, arab va fors matolari, zargar- lik va hasham buyumlarining Evropaga oqib kelishi geografik kash- fiyolarning iqtisodiy asoslarini tashkil qildi.

XV asrdagi geografik kashfiyotlar Pireney yarim oroli dav- latlari – Ispaniya va Portugaliya dengizchilari tomonidan amalga oshirildi.

Geografik kashfiyotlarning birinchi, portugal bosqichi (1418 – 1460) shahzoda Enrike Dengiz Sayohatchisi1 (1394 –1460) nomi bilan bog‘liq. Bu iqtidorli tashkilotchining dengiz ekspeditsiyalaridafaqat zodagonlar emas, savdogarlar ham ishtirok etganlar. Hali XV asrning 20 –30-yillaridayoq portugaliyaliklar Madeyra oroli- ni, Kanar va Azor orollarini kashf etdilar, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab janubga qarab ancha siljishdi. Ular Bahodur burnini ayla- nib o‘tib, 1434 yili Gvineya va YAshil burun orollari qirg‘oqlariga, 1462 yili esa Sьerra-Leone qirg‘oqlariga etdilar. 1486 yili Bar- tolomeo Diash1tomonidan Afrikaning janubiy qirg‘oqlarida Ezgu Umid burnining kashf etilishi Hindistonga ekspeditsiya tayyorlash uchun real imkoniyat yaratdi.

Portugaliyalik dengizchilarning kashfiyotlari, sayohat davrida dengizlarning oqimlari, shamolning yo‘nalishi kabilar to‘g‘risida ular to‘plagan bilimlar kartografiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. XVI asr boshlarida tropiklar chizig‘i, ekvator va kengliklar shkalasi aks ettirilgan dastlabki xaritalar paydo bo‘ldi.

Erning yumaloqligi haqidagi ta’limotdan kelib chiqib, itali- yalik olim, astronom va kosmograf Paolo Toskanelli2 dunyo xarita- sini yaratdi. Unda Osiyo qirg‘oqlari Atlantik okeanining g‘arbiy sohillarida qilib belgilangan edi. Olim Evropa qirg‘oqlaridan g‘arbga qarab suzib Hindistonga borish mumkin deb hisoblaydi. U erning ekvator bo‘ylab uzunligini noto‘g‘ri tasavvur qilib, 12 ming km. xatolikka yo‘l qo‘yadi. Keyinchalik buni buyuk kashfiyotga olib kelgan buyuk xato deb atashdi.

XV asr oxiriga kelib kemalarni boshqarish asboblari (kompas3, usturlab4) va san’ati ancha rivojlanib, ularning ochiq dengizdagi holatini aniqroq belgilash imkoniyati paydo bo‘ldi. Kemalarning yangi turi – karavellalar 5 paydo bo‘lib, paruslar tizimi yordamida shamol oqimi bo‘ylab va shamolga qarshi ancha tez – soatiga 22 km. tezlik bilan suzish mumkin bo‘ldi.

Evropaliklar tomonidan Osiyoga O‘rta dengizi orqali o‘z- lashtirilgan savdo yo‘llari, quruqlikdan o‘tuvchi karvon yo‘llari, shu jumladan Buyuk ipak yo‘li 1453 yili Konstantinopolni zabt etganturklartomonidanyopibqo‘yildi.NatijadaEvropaSHarqdan keladigan tovarlardan ajralib qoldi. Matolar, qand, bo‘yoqlar, murch, zanjabil, gullar va ziravorlar Evropa bozorlariga qariyb kelmay qo‘ydi.Ayniqsa,murchning etishmasligi kundalik tur- mushga qattiq ta’sir qilar edi. Zero, XVIasrda murch oldi-sot- tida pulning o‘rnini bosishi, kelin uchun beriladigan sep sifa- tida qo‘llanilishi mumkin edi. Bu hol evropalik savdogarlarni Hindistonga, «Ziravorlar orollari»ga va evropaliklarga deyarli ma’lum bo‘lmagan, ammo afsonaviy boy deb qaralayotganYAponiya

va Xitoyga yangi yo‘llarni izlashga majbur qildi. Evropaliklar- ni tashabbus ko‘rsatishga majbur qilayotgan yana bir sabab pul zarb qilishda qo‘llaniladigan qimmatbaho metallarning etishmasli- gi edi. Bu pullarsiz savdo, xususan, SHarq bilan savdo ham jadal rivojlanishi mumkin emasdi. Allaqachon boylik belgisi bo‘lib qolgan oltinning yangi zahiralarini topish evropalik savdogar-

lar, zodagonlar va hatto hukmdorlarni ham bezovta qilib qo‘ygandi.

Kishilardagi tadbirkorlik ruhi, boylikka, kapital jamg‘arishga intilish, insonning imkoniyatlariga ishonch tuyg‘usi eng dadil re- jalarni ham amalga oshiriladigan qilib qo‘ydi.

Hindistonga g‘arbdan yo‘l ochish fikri shunday dadil rejalar- dan edi. O‘z-o‘zicha bu g‘oya yangi emasdi 1, uni antik davr allomalari- ning kitoblaridan, arab-musulmon olimlari asarlaridan ham to- pish mumkin edi. Xususan, buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo‘lib okean ortida er borligini taxmin qilgan.

Hindistonga yangi yo‘llarni topish evropaliklar uchun hayotiy za- ruratga aylanib qolganida Atlantik okeani orqali (dengizchilar uni «Zulmat dengizi» deb atashardi) g‘arbga tomon suzib, bu mam- lakatga borish rejasi paydo bo‘ldi. Bu loyihani amalga oshirishga jon-jahdi bilan kirishganlardan biri genuyalik Xristofor Ko- lumb edi. U Portugaliya, Angliya va Fransiya qirollik uylariga

o‘zining Toskanelli tomonidan ma’qullangan, Atlantik okeanida g‘arbga qarab suzib, Hindiston qirg‘oqlariga borish rejasini taklif qildi. Portugaliyaliklar bu davrga kelib Afrika orqali Hindistonga yo‘l ochish arafasida turgan edi, shu sababli qirol Alьfons V Kolumbga rad javobini berdi. Fransiya va Angliya esa ekspeditsiya hozirlash uchun etarli flotga ega emasdi, buning usti- ga bu mamlakatlardagi ichki vaziyat ham ekspeditsiya jo‘natish imko- nini bermasdi. SHu sababli Kolumb Ispaniyaning buyuk qirollari Izabella va Ferdinandni1 yangi dengiz yo‘llarini ochish maqsadida ekspeditsiya jihozlashga ko‘ndirish uchun uzoq yillar urindi.

Nihoyat, 1492 yil 17 aprelda Ispaniyaning qirollik oilasi Kolumb bilan shartnoma tuzdi va ekspeditsiyaga pul ajratdi. SHart- nomaga binoan X.Kolumb yangi ochilgan erlarning vitse-qiroli qilib tayinlanishi, admiral unvonini meros qilib olishi, yangi ochilgan erlardan olinadigan foydaning 1/10 qismini, yangi er- lar bilan qilinadigan savdodan tushadigan daromadning esa 1/8 qismini egallashi lozim edi.

1492 yil 3 avgust kuni «Santa Mariya», «Pinta» va «Ninьya» kemalarida Kolumb ekspeditsiyasi yo‘lga chiqdi. Kolumbning ko‘plab qiyinchiliklarni engishiga to‘g‘ri keldi: noma’lum tomonga suzish uchun tayyor turgan dengizchilarni topish oson emasdi, uzoq suzish vaqtida ularda muvaffaqiyatga ishonchni saqlab turish ham qiyin edi. Ekspeditsiya boshlanganiga 70 kun o‘tgandan so‘ng 1492 yil 12 oktyabrь kuni dengizchilar Guanaxani oroliga etib keldilar. Orol- ni Kolumb San-Salьvador – «Muqaddas Xaloskor» deb atadi va ispan qirollarining bayrog‘ini o‘rnatdi. Keyin Gaiti va Kuba orollari kashf qilindi. Dengizchining bu Hindiston ekanli-

giga ishonchi komil edi va shuning uchun yangi ochilgan erlarning aholisini «hindular» deb atay boshladilar.



Kolumbning kashfiyoti portugaliyaliklarni bezovta qilib qo‘ydi.1494yiliRimPapasivositachiligidaTortesilьyasshahrida shartnoma imzolandi. Unga muvofiq Azor orollaridan g‘arbda joy- lashgan erlarga egalik qilish huquqi Ispaniyaga, sharqda joylash- gan erlarga egalik qilish huquqi esa Portugaliyagaberildi.

Kolumb esa keyin, 1493–1496, 1498 –1500, 1502 –1504 yillari, yana uchta ekspeditsiya uyushtirdi. Buning natijasida Kichik Antilorollari, Puerto-Riko oroli, YAmayka, Trinidad va Markaziy Ame- rika hamda Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlari kashf etildi.

1502–1504 yillardagi YAngi Dunyoga to‘rtinchi ekspeditsiya- si vaqtida Kolumb Hind okeaniga chiqish va dunyo bo‘ylab suzish uchun imkoniyat ochishga harakat qildi. Bu oxirgi sayohat davomi- da Kolumb buyuk kashfiyot qildi: u Kubadan janubda qit’aning qirg‘oqlarini topdi va Karib dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab 1500 km



hududni tadqiq qildi. Atlantik okeanini «Janubiy dengiz»dan va Osiyo qirg‘oqlaridan quruqlik ajratib turganligi isbotlandi. SHunday bo‘lsada, admiral o‘zi tasavvur qilganidek, Atlantik okea- nidan Hind okeaniga o‘tish yo‘linitopmadi.

YUkatan qirg‘oqlari bo‘ylab suzish davrida Kolumb nisbatan rivojlangan qabilalarga duch keldi. Ular rangli mato tayyorlashni bilishar, bronza idishlardan va boltalardan foydalanishar, me- tall eritishni bilishar edilar. O‘sha paytda admiral bunga e’tibor bermaydi, biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu erlar rivojlan- gan madaniyat mamlakati, Amerikaning buyukssivilizatsiyalaridan biri – mayyalar davlatining erlari edi.

Kolumb so‘nggi bor Amerikadan qaytib Ispaniya qirg‘oqlariga kelgandan ikki hafta keyin qirolicha Izabella vafot etadi. Admi- ral o‘zining oxirgi tayanchidan judo bo‘lgan edi. Kolumbning yangi ochilgan erlardan olinadigan foydadan o‘z ulushini olish uchun qilgan barcha harakatlari zoe ketdi. U 1506 yili hamma unutgan, qashshoq holatda vafot etdi. Buyuk dengiz sayohatchisining o‘lganligi haqidagi xabar ham 27 yildan keyin matbuotda e’lon qilindi.

Xristofor Kolumb umrining oxirigacha Hindistonga yangi yo‘l ochganligiga ishonib yashadi.

Hindistonga eltuvchi dengiz yo‘lining kashf etilishi.

Hindistonga eltuvchi dengiz yo‘lini 1498 yili portugaliyaliklar kashf etishdi. 1497 yili Portugaliya qirg‘oqlaridan suzib ketgan Vasko da Gama 1 ekspeditsiyasi Ezgu Umid burnini aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab shimol tomon- ga suzgan portugaliyalik dengizchilar Mozambikdagi arab savdo shaharlarini kashf etishdi. 1498 yil may oyida esa arab dengiz chisi Ahmad ibn Majid 1 ko‘magida ular Hindistonning Kalьkut- ta portiga etib keldilar. Evropada sotish uchun ko‘plab mollarni yuklagan ekspeditsiya 1499 yili Portugaliyaga qaytib keldi. Qariyb ikki yil davom etgan sayohat nihoyatda og‘ir kechdi. Yo‘lda ekipaj a’zolarining 2/3 qismi halok bo‘ldi. Lekin shunga qaramasdan, Va- sko da Gama ekspeditsiyasining muvaffaqiyati Evropaga katta ta’- sir ko‘rsatdi. Evropa savdogarlari, birinchi navbatda portugali- yaliklar, SHarqqa qarab otlandilar. Portugaliyaliklar Hindiston bilan savdo qiluvchi arablarni bu erdan siqib chiqarishdi va bu savdoni Portugaliya qirolining monopoliyasi deb e’lon qildilar. Lissabonga ziravorlar va shirinliklar olib kelgan savdogarlar 800 foizgacha foyda olardilar.

Savdo yo‘llarining O‘rta dengizidan okeanlarga ko‘chishi nati- jasida Gollandiyaning Antverpen shahri jahon savdosining yangi markaziga aylanib, Evropa bozorlaridagi narxni belgilaydigan bo‘ldi.

1500 yili Hindiston va Antverpenda ziravorlar narxidagi farq quyidagicha edi



Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish