118
o‗zgarib boradi. Yoz vaqtida qimmatli va foydali bo‗lgan bunday kitoblardan
ko‗plari eskirib, ulardan fanning hozirgi muhim muammolarini aks ettiruvchi
ma‘lumotlarni topib bo‗lmaydi, ular kitobxonlarni sanoat hamda qishloq
xo‗jalik ishlab chiqarishida ancha takomillashgan yangi usul va metodlar bilan
allaqachonlar almashtirilgan amaliy usul hamda metodlardan foydalanishga
yo‗llaydi.
Bunday eskirish ijtimoiy-siyosiy tematikaga doir adabiyotga kuproq
taalluqlidir. Masalan, xalqaro ahvol masalalariga doir kitoblar tez eskiradi.
Sistemali katalog strukturasining o‗zgarishi ham turgan gan. Hozirgi
zamonning muhim masalalari uchun yangi bo‗linmalar tashkil qilish zarurati
paydo bo‗ladi, boshqa bo‗linmalar esa tubdan qayta qurib chiqishni yoki o‗z
ahamiyatini yo‗qotgan bo‗linmalar tariqasida olib tashlashni ham talab etadi.
Sietemali katalog tuzish uzoq davom etadigan jarayon bo‗lib, uning
boshlanishi ba‘zan ancha ilgarigi vaqtga to‗g‗ri kelganligidan, uning
strukturasini vaqt-vaqti bilan ko‗zdan kechirib, to‗ldirib borish zarur. Bu qayta
ko‗rish sistemali katalogni tahrir qilish deb ataladi. Mazmunan eskirib qolgan
materiallarni aniqlab olinishi, hamda eng muhim qaysi nashrlarning biror
sababga ko‗ra bo‗limda aks ettirilmay qolganligini belgilab qo‗yishi kerak. Bu
bosqichda har xil bibliografik manbalardan, ayniqsa
tavsiya bibliografiyasidan
keng foydalaniladi. Yoquv programmalarida tavsiya etilgan adabiyot
ro‗yxatlari, kitob ichida berilgan bibliogrfiya va boshka manbalar ham
foydalidir. Bibliografiyada uchraydigan asarlardan faqat fondda mavjud
bo‗lgan materiallarnigina katalogga kiritish kerak, albatta. Bo‗limda ular
tasvirlarining yo‗qligiga sabab ko‗pincha klassifikatsiyaning noaniqligi va
yetarli darajada o‗ylab qilinmaganligida bo‗ladi, shuning uchun tahrir qilish
jarayonida belgilangan indekslarning va kartochkalarning har bir bo‗linma
ichiga joylashtirilishining to‗g‗ri-noto‗g‗riligini tekshirish kerak.
Kitoblarni tokchalarga sistemali tartibda joylashtirish usulidan
foydalanadigan kutubxonalarda sistemali katalogni tahrir qilish ularning
tokchalardagi o‗rnini belgilab beradigan kitob shifrlarini tahrir qilish bilan
120
kiritish uchun ko‗rsatkichning barcha rubrikalarini osongina topish imkonini
beradi. Kutubxonalar amaliy ishida ba‘zan ko‗rsatkichga bunday kontrol
apparat o‗rniga ko‗rsatkichning ikkinchi, xizmat nusxasi tuziladi, lekin undagi
kartochkalar alfavit tartibida emas, balki indekslar tartibida joylashtiriladi.
Masala shu tarzda hal qilinganda xizmat ko‗rsatkichi ko‗proq joy oladi
(ko‗rsatilgan kontrol apparatga nisbatan), ammo uni tuzish kartochkalarning
ikki nusxasini ayni bir vaqtda mashinkada ko‗chirish, undan keyin bir
nusxasidan alfavit-predmet ko‗rsatkichi uchun va ikkinchi nusxasidan
kontorol ko‗rsatkich uchun foydalanish bilan yengillashtirilishi mumkin.
Sistemali katalogni va unga oid ko‗rsatkichni tahrir qilish murakkab
hamda sermehnat ishdir. Shunga qaramasdan, ularni, tahrir qilish zarur,
chunki shunday qilmasdan turib, sistemali katalogni kutubxonaning
kitobxonlarga xizmat ko‗rsatish borasidagi hozirgi vazifalari darajasida saqlab
turib bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: