1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


Matbuot asarlarini klassifikatsiyalash tarixidan



Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/106
Sana08.08.2021
Hajmi1,43 Mb.
#142600
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
Bog'liq
kutubxona kataloglari

Matbuot asarlarini klassifikatsiyalash tarixidan. 
 Qadimgi dunyo va ilk o‘rta asrlar 
Kutubxonachilik  ishi  va  bibliografiya  taraqqiyoti  tarixida  kutubxona-
bibliografiya  klassifikatsiyasi  sxemalarini  ishlab  chiqish  katta  o‗rin  tutadi. 
Juda  qadim  zamonlardayoq  o‗sha  vaqtdagi  mavjud  kutubxonalarda 
qo‗lyozmalarni  ularning  mazmuniga  ko‗ra  bir  qadar  sistemalashtirilgan, 
qo‗lyozmalar ro‗yxatlari tuzilgan, bu ro‗yxatlar katalog vazifasini o‗tagan edi. 
Afsuski,  kataloglarning  asl  nusxalari  saqlanib  qolmagan  va  ularning  tuzilishi 
haqida  o‗sha  davr  adabiy  manbalarida  mavjud  bo‗lgan  fikrlarga  qarabgina 
muhokama yuritish mumkin. Bu manbalardan, masalan, ilgari eslatib o‗tilgan 
mashhur  Aleksandriya  kutubxonasining  katalogi  haqida  ma‘lumotlar  borligi 
ma‘lum  bo‗ldi.    Bu  katalogni  yunon  olimi  Kallimax  (eramizdan  avvalgi  III 
asr) tuzgan. 
Kutubxonada saqlangan qo‗lyozmalarning ancha qismi (90 000 ga yaqin) 
batafsil  ro‗yxatga  olingan  hamda  epos,  lirika,  tarix,  falsafa  va  boshqa 
bo‗limlar  bo‗yicha  sistemaga  solingan  edi.  Har  bir  bo‗lim  qo‗lyozmaning 
mazmuniga  muvofiq, tuzilgan  bo‗linmalarga ham  ega  bo‗lgan. Qadimgi  Rim 
kutubxonalarida  eramizning  dastlabki  asrlarida  qo‗lyozmalarning  tasvirlari 
mazmuniga  muvofiq  ravishda  gruppalarga  ajratilgan  kataloglar  bo‗lganligi 
ham ma‘lum. 
Qadimgi dunyo kutubxonalarida foydalanilgan kutubxona klassifikatsiya 
sxemalari  to‗g‗risida  aniq  ma‘lumotlarning  yo‗qligi  mazkur  sxemalarning 
ilmiy  darajasi  haqida  fikr  yuritishga  imkon  bermaydi.  Biroq,  antik  davrda 
ilmiy  bilimlarning  shundan  keyingi  taraqqiyotiga  katta  ta‘sir  ko‗rsatgan 
fanlarni  klassifikatsiyalash  tizimining  ishlab  chiqilishi  (qadimgi  zamonda 
Platon,  Aristotel  va  boshqa  faylasuflar  tuzgan  sistemalar)  o‗sha  vaqtlardagi 
kutubxona klassifikatsiyalari ham antik davrdagi fanning yuqori darajasini aks 
ettirgan, deb taxmin qilishga imkon beradi. Bu taxmin haqiqatga ancha yaqin, 
chunki  Gretsiya  va  Rim  kutubxonalari  ilmiy  tafakkur  markazlaridan  bo‗lgan 
bu kutubxonalarda yirik olimlar, faylasuflar, shoirlar faoliyat yuritganlar.  


 
 
 
40 
Ilk  o‗rta  asrlar  davrida  cherkov  hukmronligi  fan  va  madaniyatni 
inqirozga  olib  borgan  bir  vaqtda  monastirlar  va  soborlar  huzurida  ishlab 
turgan  kutubxonalar  bekiq  holda  bo‗lib,  kishilarning  juda  cheklangan 
doirasigina  ulardan  bahramand  bo‗lar  edi.  Bu  kutubxonalar  fondlarining 
asosini ilohiyotga oid kitoblar,  «cherkov otaxonlari»ning  ijodlari tashkil  etar 
edi.  Bu  kutubxonalarda  qadimgi  dunyo  mutafakkirlarining  saqlanib  qolgan 
asarlari va o‗sha vaqtlardagi maktablarda o‗qitiladigan fanlarga doir dunyoviy 
xarakterdagi  kitoblar  nihoyatda  oz  edi.  Kitoblar  javonlarda  yirik  bo‗limlar 
bo‗yicha  uncha  detallashtirmasdan  guruhlarga  ajratilar,  kataloglar  esa, 
kitoblarning  tokchalardagi  o‗rni  ko‗rsatnlgan  javon  ro‗yxatlaridangina  iborat 
bo‗lar edi.  
 
O‗sha  davrdagi  kutubxona  klassifikatsiyasi  sxemalariga  o‗rta  asrlarda 
rasm  bo‗lib, maktab ta‘limiga  asos qilib olingan  «etti  erkin san‘at»  sistemasi 
bir  qadar  ta‘sir  ko‗rsatgan  edi.  Bu  sistema  fanlarning  ikki  kompleksini: 
«trivium» (uch fandan iborat kompleks) va «kvadrivium» (to‗rt fandan iborat 
kompleks) ni o‗z ichiga oladi. Birinchi kompleksga grammatika, dialektika va 
ritorika,  ikkinchi  kompleksga  —  arifmetika,  geometriya,  muzika  va 
astronomiya  kirar  edi.  Bu  fanlarning  mazmunini  o‗sha  davrdagi  o‗qimishli 
kishi  uchun  zarur  deb  hisoblanadigan  oddiy  amaliy  bilimlar  tashkil  qilardi. 
Masalan,  gramatika,  asosan  katoliklar  cherkovining  rasmiy  tili  bo‗lgan  lotin 
tilini  o‗rgatish  bilan  tugar,  dialektika  deganda  ilohiyot  mavzularida  uzoq 
sxolastik bahs olib borish mahorati tushunilar edi. 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
41 

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish