1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


Katalog bo‘linmalarini vujudga keltirish



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

Katalog bo‘linmalarini vujudga keltirish 
Klassifikatsiyalash paytida bir xil katalog indeksini olgan matbuot asarlari 
tasvirlarining gruppasi sistemali katalogning mustaqil bo‘linmasini tashkil etadi. 
Kutubxona fondini mustaqil to‘ldirib borish jarayonida katalog bo‘linmasiga 
yangi keltirilgan kitoblarning tasvirlari kiritiladi, yo‘qolgan yoki fonddan 
chiqarilgan kitoblar esa o‘z vaqtida katalog hisobidan o‘chirib tashlanadi. Bundan 
shu narsa ravshan bo‘lib turibdiki, sistemali katalog bo‘linmalarini vujudga 
keltirish – kutubxona mavjud bo‘lib turgan hamma vaqt mobaynida uzluksiz 
davom etadigan jarayondir. 
Shuni nazarda tutib, katalog tuzish paytida unga yangi keltirilgan kitoblarga 
mo‘ljallangan kartochkalarni shunchaki kiritib qo‘yish bilan cheklanish 
yaramaydi, katalog bo‘limlari va bo‘limchalarini vujudga keltirishga chuqur 
o‘ylagan holda yondoshish zarur. Kitob fondi orta borgan va bo‘linmalardan har 
birida shunga muvofiq tarzda tasvirlar soni ko‘paya borgan sari bir vaqtlar qabul 
qilingan bo‘linmalarni maydalash yetarli bo‘lmay qolishi, qo‘shimcha ravishda 
detallashtirishni (masalan, umumiy va analitik aniqlagichlardan foydalanish yo‘li 
bilan) taqazo qilishi mumkin. 
Bo‘limlarni vujudga keltirish jarayonida sistemali katalogni matbuot 
asarlarining tasvirlari bilan to‘ldirib borish haqida bosh qotirilar ekan, katalogda 
har bir kartochkaning o‘rnini ko‘rsatib turadigan uning pastki qismining chap 
tomondagi burchagida joylashgan katalog indeksini unutmaslik kerak. Shuning 
uchun agar kitobning ilgari o‘tkazilgan klassifikatsiyasiga o‘zgartishlar kiritish 
talab etiladigan bo‘lsa, uning kitob va kartochkalardagi indekslariga ham 


114 
tuzatishlar kiritish lozim. Shunday qilib katalogning bir bo‘linmasiga hamisha 
bitta katalog indeksiga ega bo‘lgan, muayyan bo‘linma indeksiga mos keladigan 
kartochkalar quyiladi. 
Tasvirlar orasida: 
asosiy tasvirlar
(kitob tokchalarining xuddi o‘sha 
bo‘limiga qo‘yiladigan kitoblar uchun), 
qo‘shimcha tasvirlar 
(asosiy mazmuniga 
ko‘ra boshqa bo‘linmalarga o‘tkazilgan, lekin bu yerda ham qo‘shimcha tarzda 
aks ettirilgan kitoblar uchun) va 
analitik tasvirlar
(asarlarning tomlaridan
tuplamlardan yoki vaqtli nashrlardan olingan maqola hamda boshqa materiallar 
uchun) bo‘lishi mumkin. Fondda muayyan masalaga doir mavjud matbuot asarlari 
mazmunining bir xilligi bu tasvirlarni birlashtirishga sabab bo‘lgan. 
Katalogda hamma bo‘linmalar o‘z indekslariga va rubrikalarning 
jadvallardagi joylashuv tartibiga muvofiq tarzda joylashtiriladi. Bo‘lim ichida 
aniqlagichlar yordamida tuzilgan bo‘linmalar aniqlagichsiz xuddi shu indeksga 
ega bo‘lgan bo‘limdan bevosita keyin joylashtiriladi. Agar bir bo‘limda har xil 
aniqlagichlar yordamida tuzilgan bo‘linmalar uchrab qolsa, ularni quyidagi 
tartibda joylashtirishni tasviya etamiz: 
aniqlagichsiz indeks 
shakl aniqlagichlari bo‘lgan indeks 
geografik aniqlagichlari bo‘lgan indeks 
munosabat aniqlagichlari bo‘lgan indeks 
analitik aniqlagichlari bo‘lgan indeks 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish