Universal O‘nlik klassifikatsiya strukturasi
Universal O‘nlik klassifikatsiya axborot manbalarni va hujjatlarni
klassifikatsiya qilishda xalqaro klassifikatsiya hisoblanadi. Bu sistema fan va
texnikaning barcha bo‘limlarini aks ettirishda universal xalqaro sistemadir. Unga
fan va texnika erishayotgan barcha yangiliklarni jadval strukturasida jiddiy
o‘zgarishlarsiz doimo to‘ldirib, kiritib boradi. Bo‘limlarni o‘zaro aloqasini aks
ettirish ham boshqa klassifikatsiyaga qaraganda bir qator yutuqlarga ega.
Bo‘limlarni aks ettrish uchun faqatgina arab raqamlaridan foydalaniladi. Ular
barcha xalqlar uchun tilidan, qanday alfavitdan foydalanishlaridan qat’iy nazar
barcha uchun tushunarlidir. Bu Universal O‘nlik klassifikatsiyani xalqaro, barcha
xalqlar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan sistemaga
aylantirdi.
Ilk Universal O‘nlik klassifikatsiya
jadvali 1905 yil
Bryuselda fransuz tilida nashr etilgan. 1927-1933
yillarda 2-qayta nashri fransuz tilida. 3-xalqaro nashri
nemis tilida norma va standartlar nashriyoti tomonidan
1934-1953 yillarda nashr etilgan. 4-xalqaro nashri
ingliz tilida, 5-nashri fransuz tilida, 6-nashri yapon
tilida, 7-nashri ispan tilida. 1958 yilda 8-nashri nemis tilida nashr etilgan.
Universal O‘nlik klassifikatsiyaning rivojlantirish bilan XHF (Xalqaro Hujjatlar
Federatsiyasi) shug‘ullangan. 1950 yildan bugunga qadar XHF Fan va texnika
taktibini hisobga olgan holda Universal O‘nlik klassifikatsiyaga o‘zgartirishlar
kiritib boradi. XHF tomonidan maxsus nashrlar chiqariladi. «DP-Notes» va «P-
Notes» (Proekti predlojeniy) «Takliflar loyihasi» va «Takliflar». Bu nashlarda
108
turli mamlakatlardan UO‘K jadvaliga tashkilotlar tomonidan, olim va
mutaxasssislar tomonidan indekslarga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar,
to‘ldirishlar haqidagi taklif mulohazalar chop etiladi.
Bu takliflar 6 oy ichida boshqa mutaxassislar, tashkilotlar tomonidan rad
etilmasa, kuchga kiradi va XHFning maxsus «Extensions and Corrections to the
UDC» (UO‘K ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar) nashrida chop etiladi. Yiliga
ikkita soni chiqadi. 3 yillik seriya hisoblanadi. 6ta son.
Biror bo‘limiga qachon o‘zgartirish kiritiladiq
Fan va texnika tartibining bugungi kundagi mazmun mohiyatini to‘liq aks
eta olmagan indekslardagina qayta ko‘rib chiqiladi. UO‘Kni stabillashtirish, ya’ni
muqobillashtirish maqsadida indekslar o‘zgarishi, qayta ko‘rilishi haqidagi
takliflar to‘liq annotatsiyalangan holda, asoslangan holda qabul qilinadi.
Sobiq sovet tuzumining 1962 yil 11-may 445-qaroriga muvofiq «Mamlakatda
fan, texnika axborotlarini yaxshilash chora tadbirlari» qarorlaridan so‘ng 1963
yildan ilmiy-texnika jurnallar, ilmiy-axborot tashkilotlarida, ilm-texnika
kutubxonalarida barcha nashrlarni UO‘K asosida klassifikatsiya qilina boshlandi.
Bugungi kunda Universal O‘nlik klassifikatsiya yagona Xalqaro universal
sistemadir. 50 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llaniladi. Universal O‘nlik
klassifikatsiyaning rivojlantirishda Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi yetakchi
tashkilot hisoblanadi. Universal O‘nlik klassifikatsiyani taraqqiy ettirish borasida
bugungi kunda ham bir qator ishlar qilinmoqda. Bunda turli davlatlardan
mutaxassislar qatnashadilar. Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh,
Yaponiya, Polsha kabi davlatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘z hissalarini
qo‘shadilar.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |